2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə1/15
tarix28.01.2023
ölçüsü81,84 Kb.
#99643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish


5-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim texnologiya fanidan milliy o‘quv dasturi va darsliklar tahlili (2 soat amaliy)
Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida texnologiya fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025 yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya xalq ta’limi tizimida texnologiya fanini o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Jumladan, ta’lim sohasini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish; texnologiya fani davlat ta’lim standarti talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; texnologiya fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; texnologiya fani maqomi, umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish; texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish; texnologiya fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullarini ishlab chiqish; ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va vositalarini keng joriy etish; o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda texnologiya fani bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish; texnologiya ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta’minlashda innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish; texnologiya fani moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotning rivojlanishi hamda tadbirkorlik, kasanachilik faoliyatini keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash; davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan baholash mezonlarini joriy etish.

Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə