2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə6/15
tarix28.01.2023
ölçüsü81,84 Kb.
#99643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish

g) estetik talablar: imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi; matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi; bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi; rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
d) gigiyenik talablar:
matn va illustrasiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga mos bo‘lishi; harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va
shaffofligi) me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozim.

4-§. Texnologiya fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish
Texnologiya fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda integratsiyalash tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash; globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur, o‘quvchilarda bunday fikrlash modellarini shakllantirishda integratsiyalash funksiyalarini belgilash; yuqori kasbiy kompetentlikka ega,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash; texnologiya fanini rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, kasblar dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqish.
Texnologiya fanini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni tashkil etuvchi o‘quv modullari quyidagilarni tashkil etadi: ilmiy-texnik ma’lumotlar va texnologik hujjatlar to‘plami; texnologik jarayonlar va tizimlar;
materiallar va ularning tarkibini o‘rganish; modellashtirish va konstruktorlik loyihalash ishlari; konstruktorlik va ixtiro masalalarini yechish; yuqori texnologiyalar; texnologiyalarni boshqarish; loyiha ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Texnologiya fanini o‘qitishda variativ o‘quv modullari zamonaviy ishlab chiqarishning quyidagi uchta yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi:
injenerlik-texnologik; agrotexnologik;
servis-texnologik (xizmat ko‘rsatish sohasi); robototexnika, zamonaviy energetika, transport tizimlari va texnika.
Texnologik ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Texnologiya fani ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi kuch, O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, ijtimoiy madaniy o‘zgarishlar transformatsiyasi kadrlar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, texnologiya fani maqomi va nufuzini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash”, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, tuman, viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quvchi-yoshlar seleksiyasini tashkil etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Mazkur tizim: ta’lim muassasasi axborot muhitida o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyihalar, ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish; ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar), musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchilarga innovatsion loyihalarni taqdim etish; texnologiya fanini ommalashtirish uchun mashhur ixtirochilar, olimlar, biznesmenlar ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish;
“Yog‘ochga ishlov berish”, “Temirga ishlov berish”, “Kompozit materiallarga ishlov berish”, “Sonli dasturiy qurilmalar uchun dastur tuzish”, “Foydali robot”, “Foydali kompyuter dasturi”, “Eng zo‘r oshpaz”, “Eng zo‘r texnologik loyiha”, “Eng zo‘r konstruktor”, “Eng zo‘r yosh injenerlar jamoasi” va h.k. kabi nominatsiyalar bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida maktab, tuman, viloyat, respublika olimpiadalarini tashkil etish; musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari, shaxslararo munosabatlar va ish etikasi asoslarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi shakllarda tashkil etish;
Respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari bazasida “Bolalar texnoparklari”ni tashkil etish.



Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə