2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Texnologiya fanining amaldagi joriy holati va mavjud muammolar



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə2/15
tarix28.01.2023
ölçüsü81,84 Kb.
#99643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish

2-bob. Texnologiya fanining amaldagi joriy holati va mavjud muammolar
Hozirgi vaqtda texnologiya fanining amaldagi joriy holati va to‘plangan tajribalar tahlilidan quyidagilar ma’lum bo‘ladi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy innovatsion uslublarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti keyingi 10 yil ichida dunyoning taraqqiy etgan industrialtexnologik lokomotivlari qatoriga kirishi, ya’ni 2030 yilga kelib iqtisodiyotning sanoat va texnologik tarmoqlari bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratishda muhim shartlardan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqda ekanligi alohida ta’kidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, shuningdek ortiqcha harajatlarni kamaytirishi, natijadorlikni oshirishi, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkinligi asoslab berildi.
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va joriy etish vaziflari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o‘zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imidjiga zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o‘rta bo‘g‘in rahbar va xodimlarining past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag‘batning yo‘qligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro‘sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o‘z yechimini kutmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar o‘z iqtisodiy doktrinalarida tashqi tahdidlarga qarshi kurashishga, rivojlanayotgan mamlakatlar esa ichki tahdidlarga qarshi kurashishga ko‘proq e’tibor berishadi. O‘zbekiston uchun tashqi tahdidlardan biri ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida ortda qolishdir. Tashqi va ichki tahdidni bartaraf qilish, sanoat rivojlanishining 4.0 industriyasiga barqaror o‘tishning eng muhim omillaridan biri – bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishni yangi bosqichga ko‘tarishdir.
Sanoatda texnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko‘plab an’anaviy o‘sish omillarining ta’sirini kamaytiradi.
Eng yangi avlod texnologiyalarining rivojlanishidagi kechikish milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini pasaytirishi, shuningdek, o‘sib borayotgan geosiyosiy raqobat sharoitida uning zaifligini oshirishi mumkin.
Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi texnologik o‘zgarishlar sharoitida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitish o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyati va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda maktabdan keyingi ta’lim bosqichi yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan bazaviy kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologiya fanini o‘zlashtirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir so‘z bilan aytganda, yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajaradi.
Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham texnologiya fani umumiy ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida 11 yillik ta’lim joriy qilinishi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining funksiyalari o‘zgarishi hisobiga texnologiya fanini o‘qitishning institutsional rivojlanishida ayrim bo‘shliq va kamchiliklar yuzaga kelgan, shu jumladan:
texnologiya fanining ilmiy metodik ta’minoti (darslik, o‘qituvchi kitobi, ish daftari, multimedia ilovalar, didaktik materiallar va boshqa) yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan amaldagi texnologiya fani mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan texnologik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish uchun yetarli emasligi; texnologiya fanini o‘qitishda metapredmet kompetensiyalar va fanlararo bog‘liqlikning kamligi; texnologiya fani me’yoriy hujjatlarida baholash mezonlarining faqat bitiruvchi kompetensiyasi uchun ishlanganligi, darslik, ishchi daftar hamda o‘qituvchi kitobi, multimedia ilovalari, didaktik materiallarning yetishmasligi;
texnologiya fani mazmuniga mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika, arduino kabi O‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji uchun zarur bo‘ladigan elementlarning kiritilmaganligi bo‘lajak maktab bitiruvchisi va mutaxassislarning kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish uchun o‘quvchilarda zamonaviy texnika, mexatronika, robototexnika, elektrotexnika, avtomatika sohasidagi taktil kompetensiyalarni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan jihoz va uskunalarning yetishmasligi; texnologiya fani moddiy-texnika bazasining eskirganligi, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlanmaganligi hamda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmaganligi; pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash, texnologiya fani o‘qituvchilari va mentorlari uchun masofadan o‘qitish kurslarining joriy etilmaganligi;
mavjud oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiya fani yo‘nalishida o‘qituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi texnologiya fanini o‘qitishni tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon talabiga mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda.

Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə