2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. TEXNOLOGIYA FANINING O‘QUV-METODIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə4/15
tarix28.01.2023
ölçüsü81,84 Kb.
#99643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish

1-§. TEXNOLOGIYA FANINING O‘QUV-METODIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRISH
Texnologiya fanining ilmiy metodik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida texnologiya fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini ishlab chiqish;
texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish; umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida belgilangan texnologiya fani o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti yuzasidan takliflar tayyorlash; tayanch o‘quv rejaga muvofiq texnologiya fanining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish; texnologiya fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish
(1-ilova);
texnologiya fanining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish; xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablarini ishlab
chiqish.
Texnologiya fani bo‘yicha sinflar kesimida o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi; o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga
qaratilganligi; umumiy o‘rta ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:

Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə