Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Yosh davrlar psixologiyasi fan sifatida



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə4/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

Yosh davrlar psixologiyasi fan sifatida



Ob’ekt

Ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson

Predmet

Ontogenezda psixik rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan boshqasiga o‘tish bosqichlari va mexanizmlari, umumiy qonuniyatlar, tendensiyalar va yo‘nalganlikni aniqlash

Nazariy vazifalar

  • insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o‘rganish;

  • ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;

  • psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini o‘rganish;

ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish

Amaliy vazifalar

  • insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash;

  • psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish;

  • yosh va tibbiy diagnostika;

inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish

Yosh davrlar psixologiyasi boshqa psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy aloqador. Umumiy psixologiyaning shaxs psixikasi borasidagi bilimlariga tayanadi.
Psixologik rivojlanishning determinantlar muammolari
Determinantlar muammosi dastlab falsafa fanida ilgari surilgan. Psixologik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch sifatida asosan ikki omil: biologik (ichki, tabiiy, genetik) va ijtimoiy (tashqi, madaniy, atrof - muhit) omillar muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy tarzda rivojlanishning tabiiy (nasliy) va muhit (ta’lim – tarbiya) ta’siridagi turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Tabiiy yondashuv – nativizmJ.J. Russo (1712 - 1778) nomi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, rivojlanishning tabiiy qonuniyatlari mavjud va bolalarga kattalar tomonidan ta’sir ko‘rsatilsa bas. Biologiyada biogenetik dasturni kengaytirishga qaratilgan preformizm deb ataluvchi biologik yo‘nalish mavjud edi. Preformizmda inson organizmiga “biologik matryoshka” sifatida qaraladi. Ya’ni inson organizmi keyingi avlodni dunyoga keltiruvchi mexanizm, shuning uchun, hech qanday yangilanishlar ham, o‘zgarishlar ham, evolyutsiya ham sodir bo‘lmaydi. Psixologiyada nativist – preformistlar ko‘nikma va malakalar inson organizmi tuzilishiga kiradi, xususan, nasliylik – belgilovchi va asosiy faktordir.
Ingliz faylasufi Dj. Lokk (1632 – 1704) yangi tug‘ilgan chaqaloqni tabula rasa (toza yozuv tahtasi) ga qiyoslaydi hamda o‘rgatish va hayotiy tajribani inson rivojlanishining asosiy sharti sifatida belgilaydi. Biologiyada davomiy yangilanishlar paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonini epigenez deb nomlaydilar. Falsafada va psixologiyada bu yo‘nalishlarni empirizm va sensualizm deb nomlaganlar.
Zamonaviy psixologiyada tadqiqotchilar rivojlanish jarayonini tavsiflashga urindilar. Aksariyat hollarda metafora sifatida K. Uoddingt tomonidan taklif etilgan “epigenetik landshaft” iborasi qo‘llanilardi. Unga ko‘ra, rivojlanib boruvchi organizm tepalikdan pastga qarab dumalab ketayotgan va chuqurlikka tushib, undan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan dumaloq sharga o‘xshatiladi. Rivojlanishning asosiy tamoyili, egallanishi lozim bo‘lgan natija turli usullar va yo‘llar bilan erishilishi mumkin6.
Bolaning psixologik rivojlanishiga o‘zgacha yondashuvni L.S. Vigotskiy taklif etgan. Uning fikricha, bola rivojlanishini preformlanmagan ya’ni nasliy dasturdan tashqari bo‘lgan rivojlanish shaklidek qarash lozim.
1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya bo’yicha I s`ezd chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyondalari – A.P.Nechaev, N.E. Rumyantsev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta`lim-tarbiya jarayonining o’zida o’tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. YA`ni eksperimental ma`lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o’zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to’g`ri yo’llarini izlab topish lozim edi. SHu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va uning ta`lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo’lib qoladi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSH larida pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo’shadilar.
20 - 30 yillarda pedologiya “Bola haqidagi yagona marksistik fan” rolini da`vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi.
Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning o’quvchilarni “aqliy qobiliyat koeffitsenti”ni aniqlashga oid testlari asossiz bo’lib, psixologiya va pedagogikaga salbiy ta`sir ko’rsatdi hamda maktabga katta ziyon etkazdi. SHuning uchun 30 yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936 yil 4 iyulda VKP (b) MK ining “Xalq maorifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg`unliklar haqida” gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtai - nazarga zid ekanligi ta`kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. SHu tariqa pedologiya faniga barham berildi.
20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda ko’p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan bir qancha psixologik-pedagogik qontseptsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo’lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funktsiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. YOsh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko’zga ko’rinarli psixologlar shug`ullanganlar va shug`ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananev, L.I.Bojovich, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F. Talizina, D.B.Elqonin va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug`ullangan o’zbek olimlaridan: professorlar M.G. Davletshin, E.G`. G`oziev, M.Vohidov; R.I. Sunnatova, Z.T. Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, SH.A. Do’stmuhamedova, S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə