Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə43/57
tarix12.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#105313
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Hiqildoq – bir-biriga birikkan harakatchang tog`aylardan iborat bo`ladi. Bolalarda hiqildoq tana uzunligiga nisbatan kattalarga qaraganda uzunroq bo`ladi. hiqildoq bolaning besh yoshida va jinsiy balog`at davrida intensiv rivojlanadi. Qizlarning 3 yoshida hiqildoq, shu yoshdagi o`g`il bolalarga nisbatan kichiqroq, va torroq bo`la boshlaydi. Ayollar hiqildog`i, erkaklarnikiga nisbatan 1/4 qismga kichiqroqdir. Hiqildoqning o`sishi odamning 20-30 yoshigacha davom etadi. Yosh bolalarda ovoz yorig`i tor, hiqildoq va ovoz boylamlari mo`staqil ovoz mushaqlari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. o`g`il bolalarning 12 yoshidan boshlab qizlarga nisbatan ovoz boylamlar tori uzunroq, bo`la boshlaydi. Shuning uchun o`g`il bolalarda ovoz pastroq bo`ladi.
Traxeya-bo`yinning oldingi qismida joylashgan bo`lib, hiqildoqning pastga qarab yunalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5-6 ko`krak umurqasi damiga kelib, ikkita bronxga bo`linadi.
Traxeya tutashmagan tog`ay halqalardan tashkil topgan, ularning uchlari orasiga biriktiruvchi to`qima pardasi tortilgan. Kichiq yoshdagi o`quvchilarda bu parda, kattalardagiga qaraganda kengrok bo`ladi, chunki halqalarning tog`ayi to`la rivojlanmagan bo`ladi.
Traxeyaning ichki tomonidan nozik shillik parda bilan qoplangan. Uning yo`li shu qadar torki, shilliq pardasi yallig`langanda yoki traxeya ichiga yot jismlar to`shib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab bo`ladi.
Traxeyaning uzunligi yangi to`g`ilgan bolalarda 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3sm, 15 yoshda 7,5 sm, kattalarda esa 9-12 sm ga to`g`ri keladi. Bolalarda traxeyaning shilliq qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan juda yaxshi ta`minlangan. Shuning uchun ba`zida kattalarga nisbatan chang zarralari mikroblar bola traxeyasining shilliq qavatiga tez o`rnashib qoladi.
Bronxlar-traxeya 2 ta o`ng va chap bronxga bo`linadi. O`ng bronx o`z navbatida 3 bo`linsa, chap bronx esa 2 bo`lakka bo`linadi. O`ng tomondagisi go`yo traxeyaning davomi bo`lsa, chap tomondagisi, o`tni burchak ostida chiqadi. O`ng bronx ikkinchisidan kaltaroq bo`ladi. Yot jismlar ko`pincha o`ng bronxga tushib qoladi.
Kichiq yoshdagi o`quvchilarning bronxlari tor, tog`aylari yumshoq, mushak va elastik tollalari ancha sust rivojlangan bo`ladi. Bronxlarni qoplab turgan shilliq parda, qon bilan mo`l-ko`l ta`minlanadiyu, lekin bir muncha quruq turadi. Bronxlarning o`sishi kichiq maktab davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.
Bronxlar mayda bronxchalarga, undan so`ng esa bronxiollalarga bo`linib, har bir bronx, bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib oxirida o`pka hujayralari al`viollalar bilan tugaydi,
O`pka-ko`krak qafasining tegishli yarmida joylashgan bo`lib, o`ng va chap o`pkadan iborat bo`ladi. Har bir o`pka qono`ssimon bo`lib, o`stki qismiuchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. O`pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo`ladi. Plevraning bir varag`i ko`krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag`i o`pqani o`rab turadi va bu varaqlar o`pka ildi yonida bir-biri bilan bilinmay ko`shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasidatirqishsimon bo`shliq plevra bo`shlig`i bo`ladi, unda bir oz miqdorda suyo`qlik bo`ladi, shu suyo`qlik varaqlarni namlab turadi va bir -biriga ishqalanishga yo`l kuymaydi.
Bolalarning yoshi orta borishi bilan o`pqaning og`irligi va hajmi ortib boradi. Yangi to`g`ilgan bolalarda ikki o`pqaning og`irligi 50-57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5 6 yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690-700 g, kattalarda esa 1000 g. bo`ladi. O`pka hajmi yangi to`g`ilgan bolalarda 70 sm3, 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamda esa 1400 sm3 bo`ladi.
O`pkaning o`sishi asosan, al’violla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo`ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta`sir qiladi.

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə