Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə14/16
tarix25.03.2018
ölçüsü1,45 Mb.
#33322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Sinf jihozlarini yuqoridagi meyoriy ko’rsatkichlar bilan taqqoslab daftarga yozing.

3 Ish. Dars jadvali va darsni gigiyenik baholash.

Mashg’ulot anjomlari: Jadval.

Mashg’ulot maqsadi:

Toliqishni oldini olishda dasrlar jadvali muhim rol o'ynaydi. Uni tuzishda qo’yidagi asosiy gigiеnik talablarga amal qilish zarur:

1. Jadvaldagi o’quv darslarini kunlik va haftalik ishlash qobiliyatiga mos holda taqsimlash, o'ta og’ir dasrlar optimal ishlash qobiliyati bor soatlarga, ya'ni 2, 3, 4 – soatlarga to'g’ri kеlishi lozim.

2. Og’ir va yеngil darslarni, o’quv prеdmеtlarini faoliyatning har xil turlari bilan almashtirib turish lozim.

3. Bitta fan bo’yicha darslarni ikki martadan takrorlab o'tishga tavsiya etilmaydi.

4. Turli fanlar bo'yicha o’quv uy mashg’ulotlari hajmini hisobga olish zarur. O’qish kuni oxirida dars jadvaliga chizmachilik, jismoniy tarbiya kabi fanlarni qo’yish maqsadga muvofiqdir. Nazorat ishlarini birinchi va oxirgi darslarda o’tkazish tavsiya etilmaydi.

O'quv kuni mobaynida faoliyatning bir xilligidan qochish (qutilish) kеrak. Tabiiy - matеmatikasida 2 yoki 3 fanlarni almashtirib o’tish tavsiya etilmaydi (fizika, matеmatika, ximiya), yaxshisi ijtimoiy fanlar bilan almashtirib o'tish o’rinlidir (tarix, adabiyot, gеografiya).



Tajribani o’tkazish tartibi

O’quv yurtlarida o'rganilayotgan barcha fanlar qiyinlik darajasiga ko'ra 3 guruhga bo'linadi: qiyin fanlar (matеmatika va informatika – 11 ball, rus va chеt tillar – 10 ball, fizika va tarix - 9 ball), o’rtacha qiyinlikdagi fanlar (biologiya – 8 ball, ximiya – 7 ball, ona tili – 6 ball, adabiyot – 5 ball, gеografiya - 4 ball), va oson fanlar (chizmachilik – 2 ball, jismoniy tarbiya - 3 ball, boshlang’ich harbiy tayyorgarlik - 1 ball).



Ishni rasmiylashtirish: Haftaning barcha kunlari ballar yig’indisi tеng bo’lganda yoki dushanba va shanba kunlari yig’indisi o'ta yuqori bo’lganda jadval "nooqilona" baholanadi.

Hafta mobaynida turli o’quv soatlarining "bahosini" aniqlashni bir muncha yеngillashtirish uchun har xil sinflar o’quvchilari ishlash qobiliyati dinamikasiga asosan S.L.Usishchеva (1982 y.) tomonidan barcha darslarni taqsimlash amalga oshirildi. Shu sinf o’quvchilarining o’ta yuqori ishlash qobiliyatiga ega soatlar "1" ga, eng yomoni "10" bahoga tеng. Qolgan soatlar ishlash qobiliyati darajasiga ko’ra 2 dan 9 ballgacha bahoga ega (1 – jadval).

O’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, turli yoshdagi o’quvchilarning fiziologik holati kun va hafta davomida ularning o'zlariga xos bo’lgan o'zgarishlarga uchraydi. Yuqori maktab yoshidagi o’quvchilarning ishlash qobiliyatining hafta mobaynida bir qadar barqaror darajada saqlanishi va uning o’quv kuni davomida juda yomonlashmaganligi qator faoliyatlarning boshqarishni kuchayishi bilan sodir bo’ladi, qon bosimi, rеflеktor rеaksiyalarining tеzligi kabi ko’rsatkichlarning noqulay dinamikasi bundan dalolat bеradi. Bu yana bir bor darslar jadvalini tuzishdan o’quvchilarning ishlash qobiliyati dinamikasini hisobga olish zarurligini tasdiqlaydi.

Haftaning barcha kunlarida har xil dasrlarda o’quvchilarning ishlash qobiliyati bo'yicha kеltirilgan jadval bu murakkab ishda yordam bеrishga undaydi.

O’quvchilarning o’qish kuni davomida dam olishlari uchun tanaffuslar bеlgilangan. Maktabda va litsеyda 2 va 3 soatlardan kеyin 15 daqiqalik 2 ta katta tanaffus bo’lishi zarur, qolganlari 10 daqiqadan. 5 daqiqalik tanaffuslarni o'tkazish mumkin emas, chunki bu vaqtda o’quvchilar dam ololmaydi, sinf xonalari еtarlicha shamollatilmaydi. Tanaffuslar nafaqat еtarli uzoq bo’lish balki to’liq aqliy ishdan ozod bo'lishi darkor. Tanaffuslarni ochiq havoda o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki bu narsa tеzda toliqishni oladi.

8-Jadval.


Hafta

Kunlari


Darslar

Yoshi


15

16

17

Dushanba

1

2

3



4

5

6



2

3

5



8

7

10



3

4

5



8

7

10



4

3

5



8

7

10



Seshanba

1

2

3



4

5

6



3

2

4



7

6

9



3

1

3



9

5

8



3

2

4



6

7

8



Chorshanba

1

2

3



4

5

6



3

1

2



6

5

9



3

2

4



7

6

9



2

1

3



5

6

9



Payshanba

1

2

3



4

5

6



2

1

1



6

4

9



2

1

2



6

5

9



2

1

3



5

7

9



Juma

1

2

3



4

5

6



3

2

3



6

5

9



3

2

4



7

6

10



3

2

4



7

8

10



Shanba

1

2

3



4

5

6



3

2

4



7

6

10



2

2

3



6

5

10



3

2

4



7

8

10



Dars jadvalini tuzishda har xil predmentlarni almashtirib o'tilishiga e`tibor beriladi. Shunday qilinganda o'quvchining faoliyati bir turdan ikkinchisiga o’tadi. Natijada miya yarimsharlari po'stlog’idagi funksional xujayralarning ishchanlik qobiliyati tiklanadi. Ikkinchi signal sistemasini ko'proq ishlatishga to’g’ri keladi. Ichki ko'nikish davrida birinchi darsga o'rtacha qiyinchilikdagi predmetlar, ikkinchi va uchinchi darslarga, ya`ni optimal ishchanlik davriga keyin premetlarni, oxirgi darslarga esa yengil predmetlarni kiritish kerak. Aqliy mehnatni ko’p sarflash faqat o’qitiladigan fan xususiyatlarigagina emas, balki o'quvchining yoshiga ham bog’liqdir. Masalan, 1-4 sinflarda yozuv darslaridan keyin nerv sistemasining funksional holatida ancha o'zgarishlar bo’lishi qayd qilinadi.

Maktablarimizda o'quv yilining doimiyligi boshlang’ich sinf o'quvchilarida qisqaroq bo'ladi. Bir smenali maktablarda o'qishni soat 9. 00 dan, ikki smenali maktablarda esa 8. 30 da darsni boshlash tavsiya etiladi. O’zbekistonda 1, 2, 3 sinflarda bir haftalik dars 24 soat, 4 sinfda - 27 soat, 5 – 6 – 7 sinfda esa 32 soat, 8 sinfdan – 33 soat, 9 – 11 sinfda 35 soat bo'lishi kerak. Fakultativ darslar (mashq) yuqori sinflarda 4 soat bo'lishi kerak. 7 yoshli bolalarni 45 minutlik darslar charchatib qo’yadi, shuning uchun 1 sinfda darslar 35 minut dars o’tib, 10 minutni ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish tavsiya etiladi. 1 chi darslarda bola organizmida mashg’ulotlarga moslashish ro'y beradi, shuning uchun bu darsda o'quvchining ish qobiliyati ancha past bo’ladi: o'quvchilar ish qobiliyati 2 – 3 darslarda nisbatan barqaror darajadagi qulay fiziologik ko'rsatkichlar kuzatiladi. Haftaning seshanba, chorshanba kunlari eng yuksak fiziologik ko'rsatkichga ega bo'ladi. 4 chi soatda charchashning dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaydi, asab tizimi zo’riqishini talab qiladigan matematika, fizika, ximiya, chet tili darslarini 2 – 3 soatda quyilishi kerak. Dars jadvalini tuzishda har xil darslarni almashtirib o’tilishi kerak.

Dars gigienasida, darsni to’g’ri tashkil qilishda, uning davomiyligi, tartibi, dars o’tiladigan joydagi asosiy gigienik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi. Darslar hamma sinflarda 45 minutdan oshmasligi kerak, 1 chi sinf o'quvchilari esa 30 – 35 minutdan oshmasligi kerak.

4. Ish: Kun tartibini gigiyenik baholash.

Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga bolaning kun tartibini mos ravishda tuzishni o'rgatish.

Mashg’ulot anjomlari: Jadval.

Tashqi muhitning ta`sirida bola va o’smirlar organizmi o’sib boradi. Kun tartibi to’g’ri tashkil qilinganda bola charchamaydi, asab tizimida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bo'ladi. Kun tartibiga rioya qilinmaganda bola toliqib qoladi, uyqusi, ishtahasi yomonlashadi, asabi buziladi va ish qobiliyati pasayib ketadi.

Jadval-10.



Mashg’ulot turi

Vaqt

15yoshdagi o’quvchilar

16-17yosh o’quvchilar

Ertalabki uyqudan turish

6.30

6.30

Ertalabki badantarbiya chiniqish muolajalari artinish o’rin yig’ish

6.30-7.00

6.30-7.00

Ertalabki nonushta

7.00-7.20

7.00-7.20


Maktabdan oldingi sayr maktabga yo’l olish

7.20-7.50

7.20-7.50

Maktabdagi darslar

8.00-13.00

8.00-14.00

Maktabdan qaytish yoki sayr

14.00-14.30

14.00-14.30

Tushlik

14.30-15.00

14.30-15.00

Ochiq havoda sayr ko’ngil ochar o’yinlar

15.00-16.30

15.00-16.30

Tolma choy

16.30-16.45

16.30-16.45

Uy vazifalarini tayyorlash

16.45-19.00

16.45-19.00

Kechki ovqat

19.00-19.30

19.00-19.30

Erkin mashg’ulotlar[kitob o’qish musiqa uy ishlariga yordam engliz tili bilan shug’illanish]

19.30-21.00

19.30-21.30

Uyquga tayyorlanish[xonani shamollatish

21.00-21.30

21.30-22.00

Uyqu

21.30-06.30

22.00-06.30

Uy vazifalari yoshga mos bo'lishi kerak. 1 chi sinf o’quvchilariga 45 minut, 2 chi sinf o’quvchilariga esa 1 – 1,30 soat, 3- 4 chi sinflar uchun 2 – 2 30 soatlik, 5 – 11 chi sinflarda 3 – 3 30 soatlik uy vazifalari berish tavsiya etiladi. O’quvchi uyda maxsus jihozlangan xonada, maxsus joyda, kaddini tik tutib, boshini qiyshaytirmasdan dars tayyorlashi lozim. Agar yorug’lik etarli bo’lmasa ko’z muskullari charchab koladi, shuning uchun yorug’lik etarli bo’lishi va chap tomondan tushishi kerak. O’qiyotganda kitob bilan ko’z orasidagi masofa 40 sm bo’lishi shart. 7 – 10 yashar bola tinimsiz 10 minut, 10 – 12 yashar o’quvchi 15 minut, 12 – 15 yashar bola 20 minut, 15 – 18 yashar o’quvchi 25 minut yozishi mumkin.

Har kuni bir vaqtda ovqatlarnishi kerak. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmga sarflangan energiyani qoplashi kerak. Bola uxlashidan 2 – 2.30 soat oldin ovqat yeyishi kerak. Toza havoda biroz aylanib, so'ng uxlashi kerak.

Televizorni o'quvchilar 3-4 marta 1 – 1 30 soatdan, yuqori sinf o’quvchilari esa 4 – 5 marta 2 – 2. 30 soat qurishi mumkin. Undan 2 – 2,5 metr uzoqda tirib, qaddi-qomatini tik tutib turishi kerak.

Boshlang’ich sinf o'quvchilari soat 8 – 9. 00 da, yukori sinf o'quvchilari soat 10. 00 da uyquga yotishlari kerak. Xona temperaturasi 18 – 20 gradusni tashkil kilishi kerak.

Pedagoglar o’quchilarning kun tartibini bajarish ko’nikmasini xosil qilishlari kerak. Har o'quv yilining boshida sinf rahbari ota – onalarini va o'z sinf o'quvchilarini taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar va bu tartibga ko’ra o'quvchi o’zining kun tartibini belgilaydi.



5. Ish: Shaxsiy gigiena qoidalari.

Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga shaxsiy gigiena qoidalarigni va unga amal qilishni o'rgatish.

Mashg’ulot anjomlari: shaxsiy ggiyena uchun kerakli jixozlar.



Shaxsiy gigiena deganda ertalabki, kunduzgi va kechki gigienik zaruriyatlarni tushunamiz. Shaxsiy gigiena odam sog’ligini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish qonun qoidalari majmui. Shaxsiy gigiena har bir kishining o'ziga , yoshiga bog’lik bulib aqliy va jismoniy mehnatni tug’ri yo'lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish ovqatni vaqtida yeyish, uxlash, dam olishni to'g'ri tashkil etishdan iborat. Shaxsiy gigiena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga molik bo'ladi. Agar har bir odam shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmasa, bu o'z oilasida, u o'qiydigan, ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarni tarqatishga sababchi bo'lishi mumkin. Maktab o'quvchisining uyg’un kamol topishi uchun oqilona kun tartibi, ovqatlanish, jismoniy tarbiya, kasbga yo’naltirish, maktabda o'qish va mehnat jarayonlari gigienasining muhimligini nazarda tutuvchi tadbirlarni o'tkazishda ilmiy yondashuv talab etiladi.

Teri gigienasi: terining normal faoliyati va uni kasalliklardan asrash uchun uni parvarish qilish zarur. Teri organizmni zararli ta`sirotlardan: sovuqdan, issiqlab ketishdan himoya qiladi, moddalar almashinuvida, organizmning issiqlikni idora etishda qatnashadi, uni kasallik qo’zg’ovchi mikroblarning o'tishidan ehtiyot qiladi. Teridagi yog’ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 gr yog, ter bezlari esa 3,5-7 litr ter ishlab chiqarar ekan, shuning uchun muntazam yuvinib turish kerak aks holda turli xil yiringli yaralar paydo bo'ladi. Avalom bor qo’l tozaligi, tirnoq tozaligiga etibor berish zarur. Badanni toza tutishning asosiy vositasi sovun va suvdir. Har kuni dush qabul qilib turish kerak, suv harorati 37-38 gradus bo'ladi. Xammomga haftada bir marta tushish kerak . Har bir kishining alohida sovun, mochalka, sochigi bo'lishi kerak. Sochiqlar 3ta: yuzga, badanga va oyoqlarga alohida bo'lishi kerak. Har bir oila a`zolarining o'rin-ko'rpasi, sochig’i, tish cho'tkasi alohida bo'lishi kerak. Sovun teri ustidagi chang aralash yoni eritadi, teshiklarni ochadi va mug’uz xujayralarning yuqori qavatini unga yopishgan kir bilan yuvib tushadi, bunda teri sovun bilan mexanik ravishda ishqalanganda uning ta`siri kuchayadi. Biroq sovunning yomon ta`sirini ham hisobga olish kerak, ayniqsa terisi juda sezgir o'smirlar sovunni tez-tez ishlatmasliklari kerak. Sovun terini zararsizlantirar ekan uni quritib yuboradi, teri yorilib ketadi. Shuning uchun sovunning sifati va uni navi katta ahamiyatga ega. Tishlarni ikki marta kechkurun va ertalab ovqat yegandan so'ng yuvish kerak. Agar og’iz hidlansa vrachga murojaat qilish kerak.

Sog’lom tishlar salomatlik garovi, darhaqiqat tishlar barcha insonlarning salomatligiga, kayfiyatiga, mimikasiga ta`sir qiladi. Tish kasalliklari ichida karies, ya`ni tish yemirilib ichida qavat paydo bo’lishi ko'p uchraydi. Agar bunday tishlar vaqtida davolanmasa tishlarning yemirilishi davom etadi, chidab bo’lmaydigan og’riq paydo bo’ladi. Bunga sabab tish asab tolalarining yallig’lanishidir. Karies ovqat qoldiqlarining tish orasida bevosita qolishi sababidir. Natijada ogiz bo'shlig’ida mikroblar ko'payadi, qo'lansa hid paydo bo’ladi, ovqatni yaxshi chaynamaganligi tufayli oshqozon yallig’lanishi va xatto yara bo'lishiga olib keladi. Karies tishlari bor bolalar ko’pincha parishonxotiir, kayfiyatlari beqaror, tezda toliqadigan bo'lib qoladilar, shu tufayli yaxshi o'qiy olmaydilar.



Qo’l gigienasi. Odatda qo’lni tozalash uchun vodaprovod suvidan sovunlab yuvish kifoya. Qo’l juda kir bo’lganda esa 39-40 gradusli issiq suvda yuvish kerak. Ayniqsa, barmoqlar orasini, burmalarini yaxshilab tozalash zarur, chunki bu joylarda ko’pincha og’ir kasallik qo’zg’ovchi mikroblar o’rnashib olgan bo'ladi. Shuning uchun qo'lni kuniga bir necha marta kechqurun, ertalab albatta, hojatxonadan chiqqandan keyin, hamda ovqatlanishdan oldin sovunlab yuvish kerak.

Soch gigienasi. Sochlar har kuni e`tibor bilan parvarish qilishni talab etadi. Boshni yumshoq, iliq suvda sovunlab yuvganda yaxshi tozalanadi va teri hamda soch tagi chang mikrorganizmlarni zararsizlantiradi. Biroq boshni tez-tez yuvish yaramaydi, chunki soch va bosh terisi ko’rib ketadi. Agar bosh va soch juda kirlanib ketmasa, uni xaftada bir marta sovunlab yoki shampun bilan yuvsa bo’ladi. Ortiqcha yog’ni salfetka yoki doka bilan artish kerak. Sochni avval tishlari siyrak taroq bilan, keyin mayda tishli taroq bilan tarash kerak. Sochni jingalak qilaman deb kechasi unga bigudi takish yaramaydi. Bigudi uyquni buzadi, boshni ogritadi, sochni turmagini saqlash uchun sepiladigan lakni kamroq ishlatish kerak.

Oyoqni parvarish qilish: Oyoqni gigienik jihatdan parvarish qilish, qo’l terisi parvarishidan hech qanday farq qilmaydi. Ko’pchilik o'smirlar, yigitlar va ba`zi qiz-juvonlar oyog’i qattiq terlaydi. Yassi oyoqlik, tor poyabzal, sentitik paypoq oyoqni terlatib yuboradi. Oyoqni yuvib turmaganda, paypoqni tez-tez almashtirib turmaganda oyoq terlashi kuchayadi. Bunda yomon hid kelishidan tashqari, barmoqlar orasi shilinishi mumkin. Har kuni bir kishining qo’l-oyoq, yuzini yuvish uchun 6-8 gramm, bir oyda 200-250 gramm sovun ishlatishi lozim.

Shaxsiy gigiena qoidalari barchaga tegishli, u kishining yoshiga, jinsiga, anatomo-fiziologik xususiyatlariga bog’liq. Bolani yoshligidanoq shaxsiy gigiena qoidalariga o'rgatib borishimiz kerak. Bola 5-6 yoshidan bu qoidalarni o'rgatiladi.

Har bir kishining pardoz ashyolari, tarog’i, ichki kiyimlari alohida bo'lishi lozim. Boshqa o'ringa yotish shaxsiy gigiena qoidalariga to'g'ri kelmaydi. Oqliklar haftada bir marta almashtirilib turishi kerak.

14

Xorijiy manbalar


  1. “Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” David Verner

  2. “Travnik” zolotiye resepti narodniy medisini Moskva 2007

  3. “Neotlojnaya pomosh v pediatrii” E.K.Sibulkina

15

Kurs ishlari mavzulari

  1. Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi fani va vazifasi.

  2. O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.

  3. Irsiyat va muhit

  4. Nerv sistemasining umumiy fiziologiyasi.

  5. O’quv tarbiya ishlari gigiyenasi.

  6. Analizatorlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

  7. Tayanch harakat apparatini yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

  8. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi.

  9. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari.

  10. Nafas olish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

  11. Ayiruv tizimini yoshga xos xususiyatlari va gigiyenasi.

  12. Salomatlik haqida tushuncha.

  13. Bolalar salomatligi va uni nazorat etish.

  14. O’quv xonalarini yoritilishi, isitish va shamollatishni gigiyenik baholash.

  15. Kun tartibini gigiyenik baholash.

  16. Shaxsiy gigiyena qoidalari.

  17. Dars jadvali va darsni gigiyenik baholash.

  18. Faol diqqat va ixtiyoriy diqqat tezligini aniqlash.



16

Anotatsiya

“Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi” fanidan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan ta’lim texnologiyalari majmuasi zamon talablari asosida, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash texnikasi keng yoritib berilgan holda ishlab chiqilgan.

Kurs bo’yicha o’quv rejasida ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlari rejalashtirilgan bo’lib, har bir mavzu bo’yicha dars mashg’ulotlarini o’tkazish batafsil izohlab berilgan bo’lib, majmuada “Namoyish qilish”, Tur”, “Aqlihujum”, ”Klaster”, ”Muammo”, ”Qor uyumi”,”Tushunchalar tahlili”,”Blist so’rov” kabi interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydananilgan.

“Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi” fanidan “Tibbiy bilim asoslari” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuani tayyorlangan ta’lim texnologiyasi majmuasi qo’yilgan barcha talablarga javob beradi va ta’lim tizimida talabalarni o’qitishda qo’llash o’z samaradorligini beradi.

Respublika o’rta tibbiyot va dorishunos

xodimlarini malakasini oshirish va

ixtisoslashtirish markazi Navoiy viloyat

xududiy bo’limi direktori

dotsent A.S. Ilyasov
17

Mualliflar haqida ma’lumot

Quvandiqova Dilbar Ergashevna- 1966. 27.12.

Uy manzili: Navoiy shahar Ibn Sino 16-47

Ish manzili: Bosh bino “Jismoniy tarbiya” fakulteti

Tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri

Tibbiyot fanlar nomzodi

Telefon:

Uy: (99879) 22-3-97-90

Mobil: (+99891) 308-09-67

Davlatova Mahbuba Egamovna 1967. 10. 06.

Uy manzili: Navoiy shahar X. Do’stligi 40-12

Ish manzili: Bosh bino “Jismoniy tarbiya” fakulteti

Tibbiy bilim asoslari kafedrasi o’qituvchisi

Telefon:


Uy: (99879) 22-5-12-85

Mobil: (+99891) 309-15-16



18

Foydali maslaxatlar.


  1. Abu Ali ibn Sino aytishicha , asab sistemasini davolash uchun ertalabki badantarbiya va yaxshi kuy, qo’shiq katta ahamiyatga ega deb hisoblagan.

  2. Abu Ali ibn Sino tavsiyasiga ko’ra, asab sistemasini davolash va tinchlantirish uchun qo’yidagi muolaja amalga oshiriladi: 1 osh qoshiq miqdordagi quritilgan ismaloqni barg uqalanmasi, 200 gramm suvda 10 daqiqa davomida qaynatiladi, keyin 1 soat davomida tindirib qo’yiladi.Song dokadan suzib sharbatidan yarim piyoladan 3- mahal ichiladi.

  3. Limono’t asabni tinchlantirib, yurak o’ynog’iga xotima beradi, ishtaxani ochadi.

  4. Qattiq xafachilik natijasida bosh qg’risa kishi yotar oldidan 1- qoshiq shakarni suv bilan ichishni bashoratchi Vanga tabsiya etgan.

  5. Turli xil faoliyatni bajaruvchi bezlari xastalangan bemorlar doimo oq jo’xoridan go’ja, guruchli ovqatlar, bo’lka non va jigar iste’mol qilib turishlari tavsiya etiladi.

  6. Bosh og’rig’ini davolashda tog’rayhon o’simligidan, bo’ymadaron o’simligidan va bodom urug’idan iste’mol qilish ham foydali.

  7. Buyrak xastaliklarini davolashda shifobaxsh ne’matlardan loviya, qovoq, boymadaron, semizo’t, qovun, behi,va uzumdan foydalanish mumkin.

  8. Abu Ali ibn Sino Gulxayri o’simligining ildizi, bargi va urug’idan damlama tayyorlab, buyrak kasalliklarini davolashda ishlatgan.

  9. Buyrak kasalliklarida va buyrak tosh kasalliklarini davolashda Sariqzira, achambiti, sovuno’t va qirqbo’g’imdan foydalanish tavsiya etiladi.

  10. Bo’y o’stirish uchn jiyda daraxtining mevasidan foydalanish mumkin.

  11. Vitaminlar yetishmasa qoyidagi tavsiyalarni amalga oshirish mumkin: -------- Vitamin B1 yetishmasa- go’ja osh, suli, arpa non, qo’y go’shti va boshqa mahsulotlar istemol qilish lozim.

  • Vitamin B2 yetishmasa- tuxum, qo’y go’shti, xamirturish va pishloq istemol qilishi lozim.

  • Vitamin B6 yetishmasa- arpa non, karam, sabzi, qovoq,suzma pishloq va baliq yeyishi kerak.

  • Vitamin C yetishmasa- karam, kartoshka, bulg’or qalampiri, qulupnay, limon va apelsin istemol qilishi kerak.

  • Vitamin D yetishmasa- sut mahsulotlari va baliq istemol qilish lozim.

  • Vitamin K yetishmasa- piyoz, karam, qovoq, ko’k no’xat, loviya, ko’katlar, jigar va tuxum istemol qilishi lozim.

  1. Gastrit kasalligini davolashda Aloe osimligidan keng foydalanish mumkin.

  2. Gipertoniya kasalligini davolashda qoyidagi usul yaxshi natija beradi:

1-piyola sabzi sharbati, 1 piyola turp sharbati, 1 dona limon va 1 piyola asalni olib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu aralashmadan kuniga ovqatdan oldin 3 mahal 1 osh qoshiqdan 2 oy davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi

19
NORMATIV HUJJATLAR
Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə