Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish


Yoshlarni erkinlik tushunchasining



Yüklə 286,43 Kb.
səhifə3/4
tarix05.06.2018
ölçüsü286,43 Kb.
#47451
1   2   3   4

Yoshlarni erkinlik tushunchasining asl mohiyatini anglab yetishga va ogoh bo’lib yashashga o’rgatish
“ Biz mustaqil huquqiy davlatni barpo etishning asosiy maqsad va vazifalarni belgilar ekanmiz, O’zbekistonning sivilizatsiya va taraqqiyotning yuksak , yorqin cho’qqilariga erishishida madaniy va tarixiy merosning, xalqning insonparvarlik an’analarining yuksak marralarini egallagan, umuminsoniy qadriyatlar va me’yorlarga sodiq bo’lgan ozod va har tomonlama uyg’un kamol topgan shaxs asosiy tayanch bo’lishini qayta – qayta ta’kidlaganmiz “ I.Karimov ( O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida : xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T, “O’zbekiston”1997)

Shunday ekan, biz erkin fuqarolarni tarbiyalashimiz uchun ularning ongiga erkinlik tushunchasining asl mohiyatini singdirishimiz lozim. Har kim erkinlikni o’zicha tushunadi va qabul qiladi. Aslida erkinlik o’zi nima? Erkinlik-bu ahloq qoidalaridan chetga chiqib ketmay mustaqil xatti-harakatni amalga oshirish. Erkinlikka,mustaqillikka intilish har bir insonning tug’ma-tabiiy ehtiyoji hisoblanadi. Odam dunyaga kelishi bilanoq,o’zi mustaqil ravishda xatti-harakatlar qilishga urinadi,yoshi o’sib borgani sayin,yildan-yilga inson erkin bo’lish uchun ko’proq intiladi.Chunki faqat erkin insongina o’zi xohlaganday munosib turmush sharoitini o’zi uchun yaratadi,o’zidagi iste’dod va qobiliyatni namoyon etish imkoniga ega bo’ladi.

Har bir shaxs erkin bo’lib yashashni,hech bir tazyiqlarsiz, mustaqil hayot kechirishni istaydi.Kimdaki mustahkam iroda va o’z kuchiga ishonch bo’lsagina bunga erishadi.Erkin inson – mustaqil ravishda fikrlay oladigan,farovon hayotni orzu qiladigan va unga astoydil intiladigan haqiqatparvar insondir.Erkinlik va adolat tushunchalari teng shakllangan jamiyatda taraqqiyot va o’sish bo’ladi. Erkinlik har kim o’zi xohlagan ishni bajarishi kerak degani emas,erkinlik biz uni barcha insonlar uchun munosib ko’rganimizdagina haqiqiy erkinlikka aylanadi.

Erkinlik bilan beboshlikni ham bir-biridan ajratib olishimiz lozim.Ko’p hollarda beboshlik qilib turib buni erkinlik deb ataymiz.Yoki bo’lmasa,muntazam ravishda bir ishni boshini tutmay,bekorchilik bilan ko’ch-kuyda yurib ham o’zimizni erkin insonday his etamiz. Bekorchilik va erkinlik bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar.Aslida erkin inson vaqtdan unumli foydalangan holda o’zi istagan,qiziqqan kasbini tanlay olishi va u bilan shug’ullanishidir.

Shu o’rinda hozirgi dunyoda erkinlik, demokratiya tushunchalarini o’zlariga niqob qilib, yoshlarimizning sog’lom fikrlashi va ma’naviy dunyosiga xavf solayotgan turli g’oyalar haqida o’ziga xos bilimga ega bo’lishimiz zarur. Jumladan , bu haqida Prezidentimiz “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch “ asarida shunday fikrlarni yuritganlar: “ Erkinlik va demokratiya niqobi ostida amalga oshirilayotgan uzoqni ko’zlagan siyosat”. Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda, yana va yana bir bor xalqimizning ma’naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o’ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo’layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo’lish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, desak, hech qanday xato bo’lmaydi. Xorijdan bo’ladigshan har qanday “jonkuyarlik” ostida moddiy manfaatdorlik yotishi ma’lum. Demokratiyani eksport qilish ham aslida yurtimizdagi osoyishtalikka rahna solishdan iborat “.

Prezidentimiz o’z fikrlarini davom ettirgan holda har bir yurtdoshimizni ushbu xolatlardan xabardor bo’lishi va doimo ogoh va hushyor bo’lib yashashi to’g’risidagi o’zlarining qimmatli fikrlarini bildirganlar: “ Ma’naviy qashshoqlik, axloksizlikni keltirib chiqaruvchi illat loqaydlik, befarqlik. Ular aynan bir xil bo’lmasada bir-birini to’ldiruvchi tushunchalardir. Loqaydlikning ijtimoiy ildizi nimadan iborat? LOQAYD, ya’ni qayd etmaslik, e’tibor bermaslik, daxldorlikni xis etmaslik. Befarqlik esa “Menga nima” deb, o’zini chetga olish – bugungi kunda xalqimiz orasida eng keng tarkalgan ijtimoiy illatlar bo’lsa ehtimol. Tashqi goyaviy ta’sir ichki ma’naviy loqaydlik, zaiflik bor joyda ildiz otadi. Befarqlik avomni tarbiyalaydi va atrofga ham shu nuqtai-nazarda munosabatda bo’ladi. Faollikning kushandasi. Insonda didsizlik sayozlik bilan chiqishadigan holat. O’ziga yuksak talab qo’ya olmaslik, ruhan tushkunlik va xafsalasizlik.

Loqaydlik, befarqlik xafsalasizlikka sabab bo’ladi. O’z taqdirini o’zgartirishga, kurashishga kuch topolmaslik. Befarq odam boshqalar irodasiga tez bo’ysunadi. Bu hol ulardan turli maqsadlarda foydalanish, salbiy tomonga yetaklash imkonini beradi ”

Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.



Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, tahbir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.

Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug’laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan nomahqul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, korruptsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xalos etish to’g’risida o’ylashimiz lozim. Men bu o’ta muhim vazifa keng jamoatchiligimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adiblarimiz, sanhat va madaniyat ahli, o’zini ma’naviyat sohasiga bag’ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo’lishini istardim.

Lekin birovning hayotiga, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo’lib yashaydigan odamdan qo’rqish kerak. Ulardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. CHunki ularda na iymon, na iroda bo’ladi. Ular hatto o’z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qaraydi.Azaldan ma’lumki, beparvo odam dushmandan ham xavfliroqdir. CHunki dushmanning kimligi, asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo’ladi. Biroq loqayd va beparvo odamning qiyofasini birdaniga bilib bo’lmaydi. SHuning uchun u ichingizda yurib, sizga qarshi tish qayraydigan dushmanlar uchun imkoniyat yaratib beradi.

Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo’rqma nari borsa, ular seni o’ldirishi mumkin. Do’stlardan qo’rqma nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qurq ular seni o’ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo’laveradi».

Har bir inson hayotida g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan ana shunday fikrlarni unib-o’sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirish, ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatidagi, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir”. Shunday ekan, bugungi zamonda inson ma’lum kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning doimiy ta’sirini sezib yashaydi. Axborot asri, salohiyat asri, elektronika, informatsion texnologiyalar asri deb nom olgan bugungi zamonda — ogohlik, sezgirlik, hushyorlik fazilatlari burch va davr talabiga aylanmoqda.  Ya’ni ogohlik, sezgirlik, hushyorlik burchi va mas’uliyatini bola ongi va qalbida uyg’otish, shuningdek suhbat-muloqotlar davomida ogohlik, sezgirlik, hushyorlikni uyg’otuvchi birlamchi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish lozimdir 7”.

Demak, biz fuqarolar, shu yurtning ongli fuqarolari sifatida har doim ogoh va hushyor bo’lishimiz, atrofimizda bo’layotgan voqea – hodisalardan xabardor bo’lishimiz, ularni kuzatib borishimiz va tafakkur qilishimiz, xulosa chiqarishimiz zarur. Biz bir qarashda oddiy tuyulgan ushbu xatti – harakatlarimiz bilan Vatan ravnaqi va Yurt ichligiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. Va albatta, unib – o’sib kelayotgan yoshlarimiz ongida ogohlik, hushyorlik ko’nikmasini shakllantirib borish barchamizning burchimizdir. Zero bugungi axborot zamonida yashayotgan aziz farzandlarimiz erkinlik va demokratiya haqidagi bilimlarini kengaytirishlari va erkinlikni, demokratiyani niqob qilib olib ularning ma’naviy – ruhiy olamini izdan chiqarishga urinayotgan kuchlarning manbalarini faqrlay olishlari muhim ahamiyatga egadir. Bu boradagi biz pedagoglar va ziyolilar, har bir ota – ona avvalambor, o’zi erkinlik va demokratiya, uning tamoyillari va yo’nalishlari haqida chuqur bilimlarni egallagan bo’lishi shart.




e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\158.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\bola.png


Yoshlar ongida tinchliksevarlik ko’nikmasini kuchaytirish
Tinchliksevarlik – shaxs ma’naviyatining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Urush xavfidan xalos bo’lish, tinchlikka intilish har bir ma’rifatli mamlakatning bosh g’oyasidir.

Bashariyat o’z taraqqiyotining barcha bosqichlarida tinchlik – totuvlikka intilib kelgan. Biroq, har doim ham bu maqsadga erishilavermagan. Tarixga nazar tashlasak, inson ongli hayotining 6 ming yili davomida sodir bo‘lgan 14 ming 513 ta turli darajadagi urushlarda 3 mlrd 640 mln kishi qurbon bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar mana shu son-sanoqsiz urushlar natijasida barbod etilgan qiymat — qadriyat oltinga aylantirilganda, Yerning ekvator aylanasi bo‘yicha uni qalin- ligi 10 metr, eni 8 km boigan oltin kamar bilan aylantirib chiqsa bo‘lar ekan.

Bu narsa urush va tinchlik, xavfsizlikni ta’minlash masalasi hanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo bo‘lib kelayotganidan dalolatdir. Xolbuki, bashariyat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lgan taqdirdagina o‘z oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va ma’naviy yuksaklikka ko‘tariladi.

Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrga podshohlik qilgan 40 yil mobaynida mamlakatda tinchlik-barqarorlik ustuvor bo‘lgani sababli ilm-fan, madaniyat yuksak taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, ko‘hna zaminimiz gullab-yashnagan. Aksincha, urush nizolari insonni odamiylik qiyofasidan ayiradi, jami yatni butkul tanazzulga botiradi. 20 yildan ortiq o‘zaro harbiy mojarolar tufayli sivilizatsiyadan batamom uzilib, dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylanib qolgan Afg‘oniston buning yaqqol dalilidir.

Demak, tinch-totuv yashash ulkan siyosiy hamda ma’naviy masala bo‘lib, u davlatlarning o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlatning milliy mustaqilligi va suverenitetini hurmat qilish, zo‘ravonlik, kuch ishlatish siyosatidan voz kechish kabi qoidalarga asoslanadi.

Tinch-totuv yashash siyosati, avvalo, har bir davlatning to‘la teng huquqliligini, ularning bir-biriga tazyiq o‘tkazmasligini, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish, chegaralarning daxlsizligini e’tirof etishni nazarda tutadi.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatini jahon hamjamiyatiga tanitishda, xalqaro va tinchlik siyosatini yuritishda hamisha rahnamo bo‘lib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari sarasiga tashqi siyosat masalasi ham kiritilgan. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy qoidalari Konstitutsiyamizning 17 – moddasida bayon etilgan. Asosiy qoidalar: davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Bu qoidalar xalqaro huquqning tan olingan qoidalari talablari zaminiga qurilgan. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari mohiyati:



  • Mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar tashqi munosabatda oshkoralik;

  • Teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik;

  • O’zaro manfaatli aloqalarda to’la ishonch;

  • Ikki tomonlama va ko’p tomonlama tashqi aloqalar o’rnatish va rivojlantirish.

Bu prinsiplar tinchliksevar davlatlar bilan do’stona munosabatlarni mustahkamlash imkonini berdi va keng tashqi aloqalar yo’lga qo’yildi. Mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish va taraqqiyotimizning asosiy shartlaridan biri sifatida tinchlik va barqarorlik ustuvor vazifa sifatida belgilab qo’yilgan. Albatta, bu g’oyani amalga oshirish, uni yoshlar qalbi va ongiga singdirishda istiqlol mafkurasining ahamiyati benihoya kattadir.

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\163.jpg


e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\243.bmp

Vatanparvarlik - vijdon va tug’ilgan yurt oldidagi muqaddas burch
Vatan tuyg‘usi tushunchasini diliga jo qilgan har qanday inson mahalliychilikdan xoli bo‘lishi lozim. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Biz Vatan tuyg‘usini mana shun- day yaxlit holda, ya’ni dunyoda yagona o‘zbek millati bor, xorazmlik, farg‘onalik, surxondaryolik o‘rtasida hech qanday milliy farq yo‘q, ularning barchasi o‘zbek xalqining farzandi deb anglashimiz, yosh avlodimizni aynan shu ruhda tarbiya- lashimiz zarur».

Vatanparvarlik — insonning o‘z yurti manfaatlarini himoya qilish yoiidagi fidoyiligi, Vatanning har qarich tuprog‘i, har bir giyohini ko‘z qorachig‘iday asrashi, uning uchun zarur bo‘lganda jonini ham fido etishdir. Boshqacha aytganda, vatanparvarlik — Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatning e’tiqod va iymon dara- jasiga ko‘tarilishi, ona-yurt tarixi, milliy meros va qadriyat- larini bilish va e’zozlash, xalq va millat manfaatlari yo‘lida astoydil mehnat qilish, Vatan himoyasi yolida har doim shay turish, o‘z aql-zakovati, mehnati bilan uning boyligiga boylik, qudratiga qudrat qo‘shishdir.



Vatanparvarlik — o‘z vatanining mustaqilligini asrab- avaylash, uning yo'lida fidokorona mehnat qilish, Vatan posbonligiga tayyor bo‘lish, Vatan tarixi, madaniyatini bilish, faxrlanishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biri ham 0‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroni, birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik, el - yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini chuqur singdirishdan iboratdir.

Shiroqning o‘z Vatanini yovlardan ozod etish uchun jonini fido qilgani, To‘marisning tengsiz shijoati vatanparvarlikning yorqin ko‘rinishidir. Bunday insonlarning nomi xalq qalbida mangu yashaydi.

Bugungi 0‘zbekistonning eng buyuk vatanparvari Prezident Islom Karimovdir. Yurtboshimiz mamlakatimizni mustaqillikka boshlab, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashida mislsiz xizmatlar qilmoqda, eng og‘ir vaziyatlarda ham «Biz tanlagan yo‘limizdan qaytmaymiz!» deb xalqni olg‘a boshlamoqda.

Shuning uchun ham bugun yuksak natijalarga erishayotgan yurtdoshlarimiz Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga yoymoqda.

Vatanparvarlik — iymon-e’tiqodga aylangan yuksak ma’naviyatdir. Vatanparvarlik so‘z va ish birligidir. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat havoyi va’dalar, balandparvoz so‘zlarda emas, mehnatda, insonning bunyodkorlik faoliyatida namoyon bo‘ladi. Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida vatanparvar insonni tarbiyalash vazifalari chuqur tahlil qilingan. Demak, xalqimiz oldida turgan eng muhim, eng dolzarb vazifa — jamiyatimiz a’zolarining qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Vatanparvarlik — bu ona zaminni sevish, e’zozlash, o‘z ona-Vatani uchun jonkuyarlik qilish, o‘z xalqining milliy madaniyati, san’ati, me’morchilik yodgorliklarini asrab - avaylash, Vatan oldida mas’uliyatli bo‘lishdir.

Shu boisdan ham Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» nomli asarida: «Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonlik- lar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskimoslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga hijrat qilurlar edi».

Vatanparvarlikni tarbiyalashda avvalo xalq og‘zaki ijodi katta rol o‘ynaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobo- larimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi».

Inson uchun na davlat va na saltanat, na toj-u taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Zero, Vatandan judolik — inson uchun katta baxtsizlik. «O‘zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari: Davlat gerbi, Davlat bayrog‘i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ona-Vatan — O‘zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg‘usini tarbiyalaydi.

Xullas, insonparvarlik, vatanparvarlik va tinchliksevarlik Sharq xalqlari hayotiy tajribasi va taraqqiyotida asosiy ma’naviy mezonlardan bo‘lib kelgan. Bugungi demokratik huquqiy jamiyatni shakllantirishda ham bu tushunchalar e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Aksincha, bugungi yangi jamiyatning ham asosiy poydevori ayni shu tushunchalar zaminida qad rostlamoqda. Bu esa jamiyat a’zolaridan ma’naviy yetuklik va yuksak onglilikni talab qiladi.



e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\241.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\242.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\237.bmp

e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\222.bmp


Axborot xuruji” ga qarshi mafkuraviy immunitet
Axborot texnologiyalari beqiyos darajada rivojlanib, dunyo yagona axborot makoniga aylanishi barobarida lisonimizga “axborot xuruji”, “axborot-psixologik xavfsizlik”, “mafkuraviy immunitet”, “globallashuv” degan so’z va atamalar kirib keldi. Bu atamalar ma’nosi tegishli qonunlarda, qomusiy lug’atlarda va boshqa adabiyotlarda aniq bayon etilgan.

So’nggi yillarda “mafkuraviy immunitet” atamasi siyosat va mafkuraga oid adabiyotlarda keng qo’llanilmoqda. Unda shaxs, millat, jamiyat, davlatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoya qiluvchi g’oyaviy-nazariy qadriyatlar o’z ifodasini topgan.

Shu o’rinda bir mulohaza. Har bir fanni o’rganishda avvalo uning qisqacha tarixi va mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, ko’p fanlar ibtidosi oilada o’rgatiladi. Eshitgan ertaklarimiz – adabiyot fani ibtidosi bo’lsa, sanashni o’rganish – matematikaning ilk sabog’idir. O’simliklar dunyosi – botanika, jonivorlar – zoologiya, quyosh va oyning chiqib-botishi – astronomiya, chaqmoq chaqib, yomg’ir yog’ishi – tabiat va fizika fanlari haqida tasavvur uyg’otgan. Ota-onamiz ruhiyatimizga singdirishgan odob-axloq va tarbiya zamirida milliy g’oya, sharqona falsafa, etika-estetika fanlari ilk saboqlari mujassamligini anglash qiyinmas. Oilada hatto tarix, diniy qadriyatlardan ham saboq berishgan. Huquqbuzar qanday jazoga tortilishini ham qulog’imizga quyishgan: “o’g’irlik yo bezorilik qilsang, melisa qamab qo’yadi...”

Demak, qonunchilik qirralari ham go’daklikdayoq qalbimizga jo bo’lgan...
Shular qatorida turli xil “axborot xurujlari”dan himoyalanish uchun mafkuraviy immunitetni oshirish muammosi ham oila tarbiyasidan chetda qolmagan. Onalarimiz ilk bora nima yaxshi-yu nima yomonligini o’rgatishgan. Mana bu yaxshi, bunisi – yomon, uni og’zingga solma!.. Yomon bolalarga qo’shilma, mana bu gapdan ehtiyot bo’l, unga ishonma va hokazo. Shu tariqa murg’ak qalbimizda yomon narsalarga, bo’lmag’ur gap-so’zlarga salbiy hodisalarga qarshi immunitet paydo qilishgan!
Yana bir qiziq hol: go’dakligimizda ayrim qo’ni-qo’shnilarning oilamizga nisbatan “axborot xurujlari”ga qarshi kurash usullarini ham o’rgatishgan. Endigina tili va oyog’i chiqib, ko’chaga o’ynagani otlangan bolasining qulog’iga ayrim onalar “kerakli” gaplarni quyib qo’yadi...


Shu tariqa “axborot xurujlari”ga qarshi immuniteti yuqori darajada bo’lgan ayrim bolakaylarning ko’cha-ko’ylarda oilalari, qolaversa, qishlog’i, mahallasi, shahri shahnini qanchalik himoya qilayotganini kuzatgan bo’lsangiz kerak.

Oila – hayot beshigi. “Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi,– deb ta’kidalagan davlatimiz rahbari.– O’zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o’zining tarixan shakllangan qiyofasini yo’qotmadi”. Ko’rinib turibdiki, farzandlarida ilk mafkuraviy immunitet hosil qilinishi oila tarbiyasining tabiiy jarayoniga aylangan. Yaxshi va yomonni farqlash, yomon gaplardan ehtiyot bo’lish mavzusi quyidagi maqolu naqllarimizda ham o’z ifodasini topgan: “Yaxshiga ergashding – yetding murodga, yomonga ergashding – qolding uyatga”, “Qozonga yaqin yursang – qorasi yuqadi, yomonga yaqin yursang balosi uradi”, “Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og’izdan chiqadi”, “Mish-mishga ishongan – harom o’larmish”, “Yaxshi gap – jon ozig’i”, “Yaxshi gapdan ilon inidan, yomon gapdan qilich qinidan chiqar”, “O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir”, “Gapni gapir uqqanga – jonni jonga suqqanga”, “Bir yomonni ko’rmay yaxshining qadriga yetmaysan” va hokazo.

Bu maqolu naqllar zamirida odamning ongi zaharlanib qolishidan saqlanish g’oyalari ham mujassam. Oila tarbiyasi maktab ta’limiga payvasta bo’ladi. Ya’ni, oiladagi ilk tasavvurlar maktabda fan sifatida tushuntiriladi.
Sobiq mustabid tuzum davrida qardosh respublikalarda, jumladan, bizda ham tarix, falsafa kabi ijtimoiy fanlar butunlay o’zgacha tushuntirilar edi. Milliy ma’naviyat haqida gapirish ham mumkin emasdi. Xudo yo’q, din – afyun, degan soxta “nazariyalar” majburan yosh avlod ongiga singdirilardi. Shunday og’ir sharoitda mafkuraviy immunitet haqida gap bo’lishi mumkinmidi? Yurtboshimiz juda to’g’ri ta’kidlaganlaridek, “noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi”. O’sha davrda millatimizga, milliy g’ururimizga nisbatan mehr uyg’otish o’rniga aksincha unga qarshi davlat siyosati darajasida dahshatli “axborot xurujlari” qilinar edi. “Milliy o’zlikni anglashga bo’lgan tabiiy intilish johilona inkor etilar edi. Navro’z, Ramazon, Qurbon Hayiti kabi ko’plab muqaddas bayramlar taqiq etilgan edi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg’oniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmiddiy Kubro, Mahmud az-Zamahshariy, Xoja Ahrori Valiy, Abdulxoliq G’ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Mahmudxo’ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qilinar edi”.
Agarki bugungi chet el radiosidan tarqatiladigan ig’vo va boshqa buzg’unchi gaplarni “axborot xuruji” deb atasak, butun sobiq ittifoq miqyosida yuritilgan bunaqa “siyosat”ni nima deyish mumkin? O’sha davrda ongi shakllangan yoshlarda millatga mehr uyg’otish haqida gap bo’lishi ham mumkin emasdi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, sobiq imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashardi... “Bir eslang, sho’ro zamonida, 80-yillarda sobiq markaz “o’zbek ishi”, “paxta ishi” degan uydirmalarni bahona qilib, o’zbek millati vakillarini butun dunyoga qanday ko’rsatardi? Sochi taqir qilib olingan, qalpoq kiygan, belini bog’lagan, soqol qo’ygan odamlarni, mana, bularning basharasi, deb, peshonasiga tamg’a qo’yib, matbuot orqali namoyish etardi,– deb ta’kidlagan davlatimiz rahbari Islom Karimov.– Men o’sha paytda – 1989 yilda respublika rahbari bo’lib kelishim bilan, avvalambor, o’zbek xalqini shunday uydirma va tuhmatlardan saqlash, uning shahnini asrash maqsadida, millatni dog’ ostida qoldirishga qaratilgan urinishlardan xalos qilishga kirishdim. Va hozirgacha o’zbek millati hech qachon qul bo’lmagan, hech qachon bosmachi bo’lmagan, hech qachon qon to’kish tarafdori bo’lmagan, deb butun dunyoga shu fikrni anglatishga harakat qilib kelyapman. Bugun jahonda o’zbek nomi, o’zbek millatining obro’-e’tibori tan olingani shuning isboti emasmi?”.
Sobiq mustabid tuzum davrida ham millatimizga qarshi ommaviy tus olgan bunday “axborot xurujlari”ga qarshi ko’pgina ijodkorlar dadil kurashganlar. Jumladan, atoqli shoirlar Erkin Vohidovning “O’zbegim”, Abdulla Oripovning “O’zbekiston – Vatanim manim” shehrlari o’zbek elimizga otilgan toshlarga qarshi qaratilgan edi!

Yurtimiz istiqlolining dastlabki yillaridayoq milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, bobokalonlarimiz aslida qanday buyuk zotlar bo’lgani, betakror urf-odatlar, bayram va an’analarimiz haqida baralla ayta boshladik. Diniy qadriyatlarimiz ham ijtimoiy voqelikka aylanib ketdi. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutishi barobarida dunyo bilan bo’ylasha boshladi. Kompyuter texnologiyasining ajib mo’jizasi bo’lmish internet kurrai zaminni yagona axborot makoniga aylantirdi. Buning ko’pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham borligini angladik. O’sha salbiy holatlarning bitta ko’rinishi – “axborot xuruji”dir.


Oilada ana shu “axborot xuruji”ga qarshi qay tariqa immunitet paydo qilingan bo’lsa, Vatanga qarshi xurujlarga nisbatan ham o’z vaqtida yosh avlod ongida to’g’ri tasavvur hosil qilib borish ulkan zaruriyatga aylandi. Bu ijtimoiy hodisa ilmiy tadqiq qilinishi va o’z navbatida uning siru sinoati ta’lim muassasalarida yosh avlodga o’rgatilayotgani ham bejiz emas. Zero, davlat rahbarining iborasi bilan aytganda, “Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo’qotadigan mana shunday g’oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g’oya bilan kurashishimiz zarur. Bizning g’oyamiz kuchli bo’lishi lozim. Avvalombor, o’zimiz, hayotning o’zida sinalgan o’z g’oyamizga ishonib maydonga chiqishimiz darkor”.
Sinalgan g’oyalarimiz esa oilalarda mudom kurtak otadi. E’tibor bergan bo’lsangiz, nuroniylar yaratgandan asosan tinchlik-xotirjamlik tilab duo qiladilar. Oila – kichik Vatan, o’z navbatida Vatan – umumiy oilamizdir! Jonajon Vatan sarhadlari qanchalik bepoyon bo’lsa, undagi muammolar, turfa ishlar, hatto gap-so’zlar ham shunga yarasha bo’lishi shak-shubhasiz. Yurtimiz istiqloli tufayli beqiyos baxtga erishdik. Endi ana shu baxtimiz poydevorini har tomonlama mustahkamlash yo’lida qo’lni qo’lga berib, yelkama-elka turib kurashmog’imiz lozim. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qathiyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin,– deb alohida ta’kidlagan davlat rahbari.– El-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida bunday mashhum xatarlarni necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz”.


Demak, bunday fojiali o’tmish bugungi avlodlar uchun ham saboq bo’lishi tabiiy. Shunga yarasha yagona axborot makonida mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lish hayotiy zaruratga aylangan.
Shuni aytish joizki, mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligi yo’lidagi ulug’vor ishlarimizga to’g’anoq bo’ladigan, xalal beradigan qora kuchlar o’z maqsadlarini “axborot xurujlari” orqali amalga oshirishlari mumkinligini ayniqsa yoshlar teran anglab yetmoqlari zarur. Bu boradagi oila tarbiyasi ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonlariga ulanib ketayotgani ayni muddaodir.



e:\kere ma\'lumaot\malaka oshirish\расм\195.bmp


Yüklə 286,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə