Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»


Transport oqimining asosiy grafigi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

Transport oqimining asosiy grafigi 
Yo‘l harakatining qonuniyatlarini tahlil qilishda, shuningdek, harakatni 
boshqarishning amaliy masalalarini yechishda transport oqimi tavsiflarining o‘zaro 
ta’siridan foydalanish kerak bo‘ladi. 
Bir turdagi avtomobillardan iborat bo‘lgan transport oqimi bitta tasmadan 
harakatlansa, unda harakat miqdori «
N
», tezlik «
V
» va zichlik 
«q» 
orasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikni quyidagi transport oqimining asosiy grafigida ko‘rsatish mumkin.
13-rasm. Transport oqimining asosiy diagrammasi. 
Bu yerda: V
erk
– avtomobillarning erkin tezligi, Q
erk
– erkin tezlikdagi zichlik, 
V
0
– maksimal harakat miqdoridagi tezlik, q
0
– maksimal harakat miqdoridagi 
zichlik. 
Transport oqimining asosiy diagrammasidan ko‘rinadiki, transport 
oqimining zichligi oshgan sari uning tezligi kamayadi va q
max
qiymatga 
erishganda V=0 bo‘ladi. Bunday holatni zator – turib qolish (tirbandlik) deyiladi. 
Harakat miqdori avvaliga zichlik oshishi bilan orta boradi va ma’lum «q» 
qiymatidan so‘ng N
max
ga erishadi, so‘ngra esa «q» orta borgan sari «N» kamayib 
boradi. N
max
qiymati tasmaning o‘tkazish qobiliyatini ko‘rsatadi. 


Diagrammaning koordinata boshidan tangens burchagi ostida o‘tkazilgan 
chiziq 
oqimning o‘rtacha tezligini 
va bu o‘rtacha tezlikdagi 
harakat oqimining 
miqdorini ko‘rsatadi

 
Harakat 
havfsizligini 
tashkil 
etishda 
o‘rganilishi kerak bo‘lgan 
ko‘rsatkichlardan biri bu - transport vositalarining harakat miqdoridir[22]. 
Olimlarning tadqiqot ishlari[20,21,25,26,19]shuni ko‘rsatadiki, harakat miqdori 
sutka soatlari, xafta kunlari, oylar va yillarga nisbatan o‘zgarib boradi. SHahar 
aholisining o‘sib borishi bilan shahar xududi kengayib, transport vositalarining 
harakat miqdori va aholining harakatchanligi o‘sib bormoqda. Masalan, 1970 
yillarda butun dunyoda 250 mln dona transport vositasi hisobga olingan bo‘lsa, 
2017 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 500 mln tani tashkil etgan[39]. 2005 yildan 2017
yilagacha Moskva shahri transport vositalari 3,5 mln taga oshgan[40]. O‘zbekistan 
Respubliksida esa 2011 yildan boshlab xususiy sektorda avtomobil transportining 
soni yildan-yilga ortib bormoqda va bu o‘sish ko‘rsatkichi (11-jadval) keyingi olti 
yil ichida o‘rtacha 5% tashkil etdi[18]. 
16-jadval 
Yillar 
2011 
2011 
2013 
2014 
2015 
2017
Xususiy 
sektordagi 
avtomobillar 
soni 
1095928 
1211713 
1235879 
1269115 
1330230 
1402333 
Hozirgi kunda respublikamiz avtomobil yo‘llarida 1634,6 mingdan ortiq 
avtomobillar harakatlanmoqda va ularning yarmidan ko‘pi jismoniy shaxslarga 
tegishlidir[ 23]. 
Bunday avtomobillashtirish jarayoni harakat havfsizligini ta’minlashda 
muammolarni keltirib chiqaradi va YTHlarni ko‘payishiga olib keladi. SHu bilan 
birga, piyodalarning shahar ko‘cha va yo‘llarida havfsiz harakatlanishni 
ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbirlarni belgilash kerak. 


Bunday sharoitlarda havfsiz harakatni tashkil etish avtomobil yo‘llarini va 
shahar ko‘chalarini ikki bo‘lakka bo‘lib olib borilishini talab qiladi. Birinchi bo‘lak 
chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak chorraha va tutashmalar oralig‘idagi 
yo‘l bo‘yidagi mintaqa[23]. O‘zbekiston yo‘l tarmoqlarining 55-95% i aholi 
yashaydigan punktlardan o‘tgan bo‘lib, Rossiya va Ukraina yo‘l tarmoklaridagi 
xuddi shunday ko‘rsatkichga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p demakdir[20]. Harakat 
miqdori aholi yashaydigan joydan o‘tgan uchastkalarda 8-15, ayrim hollarda esa 20 
ming avt/sut bo‘lishi mumkin. Jamlovchi halokatlik koeffitsientlar yig‘indisi ba’zi 
bir hollarda 180-350 miqdorga etadi yoki bu me’yordagi ko‘rsatkichdan 4,5-7,0 
marta ko‘pdir. YAna shuni aytib o‘tish kerakki, Samarqand viloyatida avtomobil 
yo‘llari yokasida aholi punktlarining joylashib borishini 1980-2010 yil ichida 
bajarilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aholi punktining yo‘l yoqasida yildan-yilga 
o‘sib borishi yo‘lning ahamiyatiga qarab 1,5-4.0% tashkil qilgan ekan[16]. 
Harakat miqdori (jadalligi) - yo‘lning biron bir ko‘ndalang kesimidan vaqt 
birligi ichida o‘tgan transport vositalari soni bilan tasniflanadi (avto/sutka yoki 
avto/soat) - bu ko‘rsatkichni kuzatish va avtomatik usullar bilan o‘lchash mumkin. 
Avtomobillar harakat miqdori o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u oylar, xafta 
kunlari va sutka soatlari ichida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgarib turadi hamda 
ko‘chaning ahamiyatiga bog‘lik. Masalan, yirik shaharlarning markaziy 
ko‘chalarida 5-6 ming avto/soat miqdorida kuzatilsa, tuman ko‘chalarida esa 1000-
2000 avto/soatni tashkil etadi[16]. Transport vositalari va piyodalar harakat 
miqdorini aniqlash uchun kuzatish usuli orqali Samarqand viloyatining «Dahbet » 
chorraxasi qismida tadqiqot ishlari olib borildi. 
«Dahbet » chorraxasi qismida 2017 yilning 17 iyundan 23 iyungacha harakat 
miqdorini kun davomida ertalabki 8
00
dan 20
00
gacha hisob-kitob ishlari olib 
borildi. So‘ng kuzatish natijasidan olingan ma’lumotlarga ishlov berilib, ular 
umumlashtirildi. Kuzatish vaqti xar besh minut bo‘lganligi uchun bir soatda o‘tgan 
harakat mikdorini aniqlash uchun ularga ma’lum usulda kayta ishlov berildi.
17-jadval 



Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə