Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
DINSHUNOSLIK

TARKIDUNYOcHILIK
odamlardan, tashqi dunyodan, 
shuningdek, jamiyat va oiladan ajralib yashash, kimsasiz joylarga 
bosh olib ketish, darbadarlikda kun kechirish. Islomdan boshqa 
yirik dinlar (braxmanizm, buddaviylik, xristianlik)ga ham 
xos xususiyatdir. Uning mohiyati din yo‘lida riyozat chekish. 
Tarkidunyo qilganlar odamlardan uzoqda va g‘orlarda hayot 
kechirishgan, o‘zlarini xilma-xil uqubatlarga duchor qilganlar
och-yalang‘och yashaganlar va hokazo. Ayniqsa, uylanish, avlod 
qoldirishga, kundalik hayot tashvishlari bilan yashashga nafrat 
bilan qarashgan.
TASAVVUF 
(sufiylik) – ijtimoiy-falsafiy oqimlardan biri.
Ko‘pchilik olimlar sufiy so‘zi arabcha «suf» so‘zidan hosil 
bo‘lgan, uning lug‘aviy ma’nosi jun va jundan to‘qilgan matodir 
deb, sufiylar ko‘p hollarda jun chakmon va qo‘y terisidan tikilgan 
po‘stin kiyib yurganligi uchun ularni jun kiyimlilar, ya’ni sufiylar 
deb yuritganlar.
Bu oqim VII asr oxiri VIII asr boshlarida Islom dini asosida 
vujudga kelgan va o‘z ta’limotini, Qur’on va hadislarga asoslanib 
rivojlantirgan.
TOSHKENT ISLOM INSTITUTI – 
Imom al-Buxoriy 
no midagi Toshkent Islom instituti – oliy diniy o‘quv yurti. 
1970-yil tashkil etilgan. 1971-yil oktabrdan faoliyatini bosh lagan. 
O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va 


112
nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, 
arab tilida so‘zlasha oladigan mutaxassislar, imom xatiblar 
tayyorlaydi.
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
– oliy o‘quv 
yurti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 7-apreldagi 
Farmoniga binoan tashkil etilgan.
Asosiy vazifasi va maqsadi – islom diniga oid boy va 
noyob ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-
avaylash, kelajak avlodga yetkazish, shu sohada yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlash. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə