Z nishanova, G. Alimova


RUS PSIXOLOGLARI TOMONIDAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI MUAMMOLARINING 0 ‘RGANILISHI



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə11/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

RUS PSIXOLOGLARI TOMONIDAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI MUAMMOLARINING 0 ‘RGANILISHI


3.1. L.S.Vigotskiyiiing madaniy-tarixiy kontseptsiyasi

L.S. Vigotskiy (1896-1934) eng mashhur rus psixologi va faylasuflaridan biridir. Olim o‘z ilmiy qarashlarida ilgari suigan ko‘plab g‘oyalar bevosita bolalarning psixik taraqqiyotiga oiddir. L.S.Vigotskiyning oliy psixik fimksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar tarbiyasi va ta’limini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti masalasi turadi. L.S. Vigotskiyning izlanishlari oliy psixik funksiyalar, ya’ni ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlami bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo‘lmasligini, ushbu fiinksiyalaming mohiyatini tushunish uchun ulaming ildizlarini oiganizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash lozimligini ko‘rsatdi. Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini aniqlashtirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.


L.S. Vigotskiyning fikricha, muhit oliy psixik funksiyalaming taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq-atvoming tug‘ma shakllari mavjud boim aydi. Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va usullarini o‘zlashtirish orqali kechadi. Miyaning morfofiziologik xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. L.S.Obuxovaning fikricha, L.S. Vigotskiyning katta xizmati shundaki, u bolalar psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyilini kiritgan. Ushbu tamoyilga ko‘ra, psixik hodisalar harakatdagi narsa sifatida o‘iganilishi lozim.


Madaniy-tarixiy kontseptsiya — L.S. Vigotskiy tomonidan XX asming 20-30 yillarida ishlab chiqilgan inson psixik taraqqiyoti haqidagi nazariyadir. K ontseptsiyaning asosiy m azm uni



www.ziyouz.com kutubxonasi

quyidagilardan tashkil topgan: mehnat qurolarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. Tabiatga ishlov berish uchun odam ushbu qurollardan foydalansa, o‘z psixikasiga ta’sir ko‘rsatish uchun u psixologik qurollami qo‘llaydi. Psixologik qurollar belgilardan iboratdir. Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik funksiyalar — ixtiyoriy diqqat va xotira, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlar va hokazolaming asosini tashkil etadi. Ixtiyorsiz psixik fimksiyalami L.S.Vigotskiy natural yoki tuban funksiyalar, deb atagan, ixtiyoriy psixik funksiyalar ijtimoiy kelib chiqishga ega, belgilar bilan vositalangan, odam tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan funksiyalardir. Ushu funksiyalr awal boshqa odamlar bilan hamkorlik shakli sifatida paydo bo‘ladi, so‘ngra individuallashib boradi. Psixologik qurol —belgilami egallash interiorizatsiya jarayonida amalga oshadi. Interiorizatsiya tufayli interpsixologik, munosabatlar intrapsixologik turdagi munosabatlarga aylanib boradi. Bu jarayon katta odamning tarixiy taraqqiyot davomida shakllangan madaniy belgilar —vositalar yordamida ta’sir ko‘rsatishi bilan boshlanadi. Keyinchalik bola atrof olamga (o‘yinchoqlarga, hayvonlaiga, bolalarga, kattalarga) ushbu belgilar bilan ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Shundan keyingina unda o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati shakllanadi. Bolaning tarbiya yoki o ‘quv faoliyatida orqada qolishi psixologik qurollarni o‘zlashtirmaganlik natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishda ketma-ketlikni buzishi xotirasining zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo lgan psixologik qurollami egallamaganligi tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bolaga kiyimlami to‘g‘ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin.


Madaniy-tarixiy kontseptsiyaning muhim g‘oyalaridan biri rivojlanishning eng yaqin zonasi haqidagi nazariy qarashdan iborat. Rivojlanishning eng yaqin zonasi —bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bo‘lgan taxminiy darajasi o‘rtasidagi vaqtinchalik masofadan iborat. Bu zonaga yetilmagan, ammo yetilish jarayonida bo‘lgan funksiyalar kiradi. Bolaning aktual rivojlanish darajasi uning bugungi kundagi taraqqiyot darajasini, bola rivojlanishining eng yaqin zonasi ertangi kunda bola o‘z



www.ziyouz.com kutubxonasi

taraqqiyotida erishishi mumkin bo‘lgan taraqqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojlanishning eng yaqin zonasini bola katta odam yordami bilan bajara oladigan vazifalar darajasi belgilaydi. Agar bola o‘zi uchun qiyin bo‘lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng yaqin zonasida joylashgan bo‘ladi.


L .S .V igotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ta’limdir. Ta’lim psbdk taraqqiyotni o‘z ortidan tortadi va uni tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bo‘lishi, ya’ni rivojlanishning eng yaqin zonasiga mo‘ljal olishi lozim.


L.S.Vigotskiy o‘z kontsepsiyasida bola psixik taraqqiyotining to‘rt asosiy qonunini ta’riflab berdi. Bu qonunlar quyidagilardan iborat:





  1. Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuni. Bu qonunga ko‘ra bolaning rivojlanishi o‘z sur’atlariga ega, bu sur’atlar vaqt ritmiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun chaqaloqlikdagi hayotning 1yili o‘smirlikdagi 1 yilga teng b lmaydi.




  1. Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni. Bu qonunga ко‘га, rivojlanish sifat o‘zgarishlaming zanjiridan iborat. Bola kamroq biladigan, qo‘Udan kamroq narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatdan kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir.




  1. Bola taraqqiyotining notekisUk qonuni. Bu qonunga ко‘га, bola psbdkasining har bir tomoni o‘z taraqqiyotining optimal davriga ega boiadi, har xU psbdk fimksiyalar notekis, noproportsional rivojlanadi.




  1. Oliy psixik funksiyalaming shakUanish qonuni. Bu qonunga ko‘ra, har qanday oliy psixik funksiya awal bolaning atrofdagUar bilan boigan munosabatida namoyon b oiadi, keyinchalik u individual sohaga ko‘chadi. Shuningdek, L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, bola taraqqiyotida barqaror davrlar inqirozU davrlar bUan almashadi. Inqirozlar ikki yosh davri tutashgan joyda, bola psbdkasi va xulq —atvoridagi eski xususiyatlaming yo‘qoUb, yangUari shakUanishi davrida ro‘y beradi.

Demak, L.S.Vigotskiy psixologiyada madaniy - tarixiy yondashuvga asos solgan. M azkur yondashuv bolalar psixologiyasidagi nazariy va amaliy muammolami hal qiUshda ham katta ahamiyatga egadir.



www.ziyouz.com kutubxonasi

A.N.Leontyev (1903-1979) — mashhur rus psixologi, faoliyat nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyiliga asoslangan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, faoliyat. sub’ektning predmetli olam bilan bo‘lgan ta’sirlashishi jarayoni bo‘lib, bu jarayon unga o‘z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi. Faoliyat - bu faol, maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Predmetlilik faoliyat bilan bog‘liq. Ehtiyoj - individdan tashqarida bo‘lgan, ammo individ normal hayot kechirishi, shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan narsalarga nisbatan zaruratni his etish holati. Motiv ehtiyojning namoyon bo‘lish shakli,insonni faoliyatga undaydigan sabab, y’ani faolyatning nima uchun amalga oshrilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsad sari undaydi. Maqsad - faoliyatdan kutilayotgan natija. Faoliyat quyidagi darajalaiga ega bo‘ladi:





  1. Maxsus faoliyat turlari darajasi.




  1. Harakatlar darajasi.

3.0peratsiyalar darajasi.


4.Psixofiziologik funktsiyalar darajasi.
Har qanday faoliyat ma’lum harakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan ongli faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bogiiq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operasiyalar deb ataladi. Operatsiyalar-avtomatlashgan, odatda anglanmaydigan harakatlaidir. Faoliyat o‘z motivini yo‘qotishi va harakatga aylanishi, harakat esa maqsadi o‘zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko‘zlangan maqsad butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va natijada maqsad motivga aylanib qolishi kuzatUadi.

Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyat inson ongi shakllanishining sharti va omili, ong faolligining shaklidir. A.N.Leontyev o‘z izlanishlarida faoliyatnng bola taraqqiyotiga ta’siri muammosini ham chuqur o‘igangan. Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida “yetakchi faoliyat” tushunchasi shakllandi.Yetakchi faoliyat deganda taraqiqotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o‘zgarishlarga sabab boiuvchi faoliyat tushuniladi.



www.ziyouz.com kutubxonasi



Maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat o‘yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yetakchi faoliyat turi o‘zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadning motivga aylanishi, A.N.Leontyev ta’biri bilan aytganda “motivning maqsadga ko‘chishi“ kuzatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bo‘lgach vujudga keladi. A.N.Leontyev fikrichaj shaxs ikki marta tug‘iladi, shaxsning birinchi tug‘ulishi maktabgacha yosh davriga to‘g‘ri keladi. Bu hodisa insonning o‘z impulsiv xatti-harakatlarini ijtimoiy meyorlaiga bo‘ysundirishga ilk bora urinishi, motivlar o‘rtasida ierarxik munosabatlaming tarkib topa boshlashi bilan bog‘liq b ladi. Shaxsning ikkinchi tu ulishi o‘smirlik davrida yuz beradi. Bu hodisa insonning o‘z motivlari va intilishlarini anglashi va ulami bo‘ysundirishi bilan bogiiqdir.*


Shunday qilib, A.N. Leontyevning ilmiy qarashlari jahon psixologiya fani taraqqiyotida ulkan xissa boiib qo‘shildi, ular bolalar psixologiyasi sohasida ko‘plab nazariy va amaliy muammolami hal etish uchun ham zamin boiib xizmat qilib kelmoqda.





Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə