Ўзбекистон республикаси жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги



Yüklə 147 Kb.
səhifə6/7
tarix17.12.2023
ölçüsü147 Kb.
#149886
1   2   3   4   5   6   7
Халқ ўйинлари МАҚОЛА

Xotira mashqlari

Bola xotirasini mustahkamlash deganda nimani tushunasiz? Xotirani rivojlantirish, mustahkamlashga doir mashqlar necha yoshdan oʻrgatilishi kerak?
Agar farzandingiz kelgusida aql-idrokli, zehni oʻtkir boʻlib voyaga yetishini istasangiz, albatta uning xotirasini mustahkamlab boring. Onalarimiz qadimdan goʻdaklarga bejiz alla aytmaganlar. Alla nafaqat bolani uxlatish uchun aytiladigan qoʻshiq, balki bolada eshitish, eslab qolish kabi qobiliyatlarni shakllantiruvchi uslubdir. Demak, farzandlarimiz uchun chaqaloqligidan boshlab xotirani mustahkamlovchi mashqlarni olib borish lozim ekan. Bola 6 oydan boshlab atrofdagilarni idrok eta boshlaydi. U bilan soʻzlashib, turli oʻyinchoqlarni koʻrsatgan holda ular qanday atalishi, quloqlari, koʻzlari va hokazolarni oʻrgatish mumkin.
Bir yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun qoʻllaniladigan xotira oʻyinlari: Demak, birinchi navbatda turli hayvonlar koʻrinishidagi oʻyinchoqlarning qanday nomlanishini, u haqida qisqacha va qiziqarli boʻlgan maʼlumotlarni aytib oʻting.
Bola hayvonlar nomini oʻrganib olgandan soʻng, quyidagi oʻyin orqali uning xotirasini mustahkamlab borishingiz mumkin boʻladi.
Parda ortida.
Farzandingizga biror oʻyinchoq, masalan, ayiqchani koʻrsatib, uni tanishtiring. Deylik: “mana bu oʻrmonda yashovchi ayiqcha”. Soʻng birdan ayiqchani parda ortiga yashirib qoʻying va dilbandingizdan parda ortida nima berkinib turganini soʻrab koʻring. Agar javob bera olmasa, ilk safar oʻzingiz aytib oʻting va ayiqqa xos feʼl atvorni eslating. Ikkinchi bor soʻralganda ham farzandingiz javobni aytishga qiynalsa, birinchi safar aytib oʻtilgan ayiqqa xos feʼl-atvorni takrorlab, unga yordam bering. Shu tariqa nafaqat hayvonlarni, balki farzandingizning ham qoʻl yoki oyoqlarini berkitib, yopinchiq ortida nima borligini soʻrash mumkin. Eng asosiysi, shoshilmang! Bolaning eslab qolish qobiliyati astalik bilan rivojlanib boradi. Mashqlarni aslo toʻxtatmang. Hyindan tashqari bir yoki ikki yoshli bolalarni xotirasini mustahkamlash uchun hayotda turli vaziyatlar boʻladi, deylik, farzandingizni qoʻgʻirchoq teatriga olib bordingiz. Uyga qaytayotib farzandingizdan qayerga borganligini, nimalarni koʻrganligini, qoʻgʻirchoqlarning kiyimlari qanday ranglarda boʻlganligini soʻrashingiz mumkin. Hzi aytib bera olmasa, oʻzingiz eslating.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə