21
5. Auditorlik dalillarini olish usullarining amaliy axamiyatini o’rganib chiqish mobaynida
auditorlik dalillarini xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini testdan o’tkazish va
moxiyati bo’yicha tekshirish amallarini o’tkazish yo’llari bilan olish maqsadga muvofiqdir.
Shu orqali auditrolik tashkilotlari faoliyatini barqarorlashtirishga erishishga xissa qo’shish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Audit o’tkazish bosqichlari va ularda qo’llanaladigan amallar yanada rivojlantirish
bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Bular quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
1)
respublikamizda auditorlik faoliyatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va
o’ziga xos bo’lgan amallarlar mavjudligi asoslab berish ;
2)
auditorlik faoliyatining ob’ekti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati, shu
faoliyatdagi aniq jarayonlar tushuniladi. Korxona qaysi faoliyat bilan shug’illanmasin
uning
asosida mablag’, birinchi galda pul, ulardan samarali foydalanish masalasi yotadi. Xar bir
korxona o’z oldida turgan maqsad va vazifalarga qarab faoliyat yuritadi. Ushbu faoliyat
davomida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslardan oqilona foydalaniladi.
Natijada korxona
daromad (foyda) oladi. Ushbu natijaga erishish mijozlarning ham manfaatlari e’tiborga olingan
xolda amaldagi qonun talablari asosida erishiladi. Auditorlik faoliyatining amallari va usullari
korxonava xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga,
xuquqiy-me’yoriy normalar asosida ekanligiga qaratilgan bo’lishi kerak.
3)
Global moliyaviy inqiroz sharoitida auditorlik faoliyatini takomillashtirish yanada
kuchayadi. Ko’proq sifatli xizmatlar ko’rsatish, tashkilot faoliyatini qaytadan yangilash,
zamonaviy jixozlar bilan ta’minlashga bog’liq bo’ladi. Bu o’z
navbatida takomillashtirish
jarayoni uni hisobga olinish tartibini ilmiy jihatdan to’liq asoslash, ya’ni uning kontseptsiyasini
ishlab chiqishni taqozo qiladi.