Kuzatishlar bir haftada soat 6 dan 13 gacha va 14 dan 21 gacha olib boriladi, asosiy
kuzatishlar avtomobillar ko'p yuradigan vaqtlarda olib boriladi, kechalari 1—2 marta
o'tkaziladi.
Kuzatish nuqtasi qiiib shahar ko'chalarining har joyidan eng
:
ser-qatnov uchastkaiari
olinadi. Ko'chalar kesishgan joyda va ko'priklar tagida zararli moddalar juda ko'p bo'ladi.
O'lchov asboblari odam yuradigan yo'laklarga joylashtiriladi, yo'lning bir tomonidagi
harakat o'lchanadi.
Idoralarga tegishli avtotransportiar, gazoanalitik va diagnostik usku-nalar bilan
yetarlicha jihozlanmaganligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug'ullanuvchi
xodimlaniing bilim darajasi pastligi, atrof-muhitni muhofaza qilish muammoiariga yagona
yondashuv yo'qligi sababli, ekoiogik jihatdan noqulay vaziyat yuzaga kelmoqda. Bunday
ekoiogik vaziyat, kechiktirmay hal etishni talab etuvchi ko'plab muammplar bilan to'g'ridan-
to'g'ri bog'liqdir.
6.2. Suv manbalarning ifloslanishi.
Suv manba‘lari. Sanitariya holati.
Gidrosfera biosferani muhim elementi hisoblanib, tabiatda kechadigan jarayonlar va
kishi hayotini ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi. Gidrosferani hajmi 1389 mln. kub. kilometrni
tashkil etadi. Okean va dengizlar er shari yuzasining 70 % ko‗prog‗ini egallagan. Botqoqliklar
erning 6 mln. km
2
qismini egallagan. Bularning hammasi planetamizda suv zahiralarni
ko‗pligini isbotlasa ham, chuchuk suv bor yo‗g‗i 2 % ni tashkil etadi. Uning ham katta qismi
Grelandiya va Antarktida muzliklariga to‗g‗ri keladi.
Suv yerdagi tirik organizmlarni yashashi va ularni hayot faoliyatinig rivojlanishini
ta‘minlaydi.
Demak, suv planetamizga jon ato etuvchi «hayot eliksiri», planetamizga shakl beruvchi
«buyuk skulptor», iqlim va ob-havoni «harakatlantiruvchi g‗ildiraqdir».
Suv tabiatda doimiy harakatda bo‗ladi. Quyoshdan kelayotgan issiqlik natijasida u okean,
dengiz, daryo va ko‗llar yuzasidan bug‗lanadi, so‗ngra yana yomg‗ir bo‗lib erga qaytadi.
Har qanday xom-aщyoni boshqa turdagi mahsulot bilan almashtirsa bo‗ladi, lekin suvni
o‗rnini hech narsa bosa olmaydi. Suv ta‘minoti inson hayoti va taraqqiyotida o‗ta muhim
muammolardan biri bo‗lib qolmoqda. Mutaxassislarni fikricha planetamizda daryo va er osti
suvlari tobora kamayib bormoqda.
Amerikalik mutaxassislarni fikricha AQSHda tabiat in‘om etgan chuchuk suv 2020
yilgacha etar ekan xolos. Amerikada eng qimmatbaho mahsulot bu suvdir, ba‘zi bir
shaharlarda suv etishmaganligi uchun haftada bir kun «suvsiz kun» deb e‘lon qilinar ekan.
SHu kuni maishiy ehtiyojlar uchun suvdan foydalanilmas ekan, hamma sohalarda suvni
istemol qilish ustidan nazorat o‗rnatilar ekan.
Industriyalashtirish, qishloq xo‗jaligini
rivojlanishi, yangi shahar va qishloqlarni qurilishi
bilan turli ifloslikdagi oqova suvlar yuzaga kelmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligini ta‘minlash nuqtai nazaridan
qaragandan eng dolzarb muammo suv resurslarining (er usti va er osti) tanqisligi va
ifloslanganligidir. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari
turli antropogen ta‘sirlar ostiga tushib qolgan.
O‗tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab yangi erlarni keng ko‗lamda o‗zlashtirish,
sanoatning, chorvachilikning ekstensiv rivojlanishi, urbanizatsiya,
kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining sug‗orish uchun
olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv
ravishda
yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni, ayniqsa
daryo o‗zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi.
Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‗sib borishi suvlarning tarkibi
va tuzilishidagi chuqur o‗zgarishlarga olib kelmoqda.
Er usti suv sifati
Er usti suvining ifloslanishi keng tarqalgan bo‗lib er osti, jumladan quduq suvining sezilarli
darajada ifloslanishiga olib keladi. Suvning ifloslanishi kasallik (buyrak kasalliklari,
onkologiya va o‗tkir infeksiyali kasalliklar) ko‗rsatkichi o‗sib borishida muhim rol
o‗ynayapti.
Ichki suv havzalarini sanoat va maishiy oqova suvlari bilan ifloslanishi oxirgi paytda ortib
bormoqda.
Er osti ichimlik suvi
Ichimlik suvi ta‘minotining katta qismini er osti suvi beradi. Er osti chuchuk suvi
zaxiralari notekis joylashgani tufayli Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro
viloyatlari, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining g‗arbiy
hududlarida ichimlik suvi taqchil. Davlatning maqsadi markazlashgan suv ta‘minoti tizimi
orqali butun
aholiga sifati yaxshi
ichimlik suvi etkazib berish va shahar va posyolkalarda suvga bo‗lgan kommunal talabni
qondirishdan iborat.
Maydoni 330 km2, aholisi 2,3 million bo‗lgan va 99 foiz qamrab olingan Toshkentda
ichimlik suvi ta‘minoti uch asosiy manbadan iborat, ulardan ikkitasi er osti suvi zaxirasi va
bir er usti manba bo‗lib 3.500 km tarmoq orqali kuniga 2,3 million m3 suv etkazib beriladi.
Garchi xom suv tiniq keladigan davrlar
bo‗lsa-da, milliy va xalqaro standartlarga javob berish uchun suvni filtrlash va xlorlash orqali
tozalash zarur. Ichimlik suvini sanoatda ishlatishga yo‗l qo‗yilmaydi, kichik korxonalar uchun
ba‘zi istisnolar bor.
Yer osti suvi zaxiralari aholiga etkaziladigan ichimlik suvining 80 foizini ta‘minlab
beradi. Umuman, mavjud er osti chuchuk suv zaxiralari aholining ichimlik suviga bo‗lgan
talabini qondiradi.
Yer osti suvi ko‗rsatilgandek asosan uylarga suv berish va ichimlik suvi (173,5 m3/s),
sug‗orish va suv zaxirasini rivojlantirish (70,5 m3/s) va sanoat va texnik suv ta‘minoti uchun
(29,6m3/s), foydalaniladi.
Biroq, shuni aytish lozimki, oxirgi bir necha yil davomida er osti suvining sifati
yomonlashib bormoqda, oqibatda ichimlik suvi manbai sifatida foydalanib bo‗ladigan er osti
suvi zaxirasi kamayib bormoqda.
CHuchuk er osti suvi asosan Farg‗ona vodiysida (34,5 foiz)
va Toshkent
(25,7 foiz), Samarqand (18 foiz), Surxondaryo (9 foiz) va Qashqadaryo (5,5 foiz)
viloyatlarida jamlangan, qolgani esa sho‗rtang yoki sho‗r bo‗lib ularni ishlatish imkoniyati
kam. Qolgan hududlardagi chuchuk suv jami 7 foizni tashkil qiladi.
Er osti suvi sifati
Mamlakatning g‗arbiy qismida (Zarafshonning quyi oqimi va Qashqadaryo, Sirdaryo,
Amudaryo va Markaziy Qizilqum basseyni)da er osti suvi yuqori darajada minerallashgan va
qattiqdir. Yirik daryolar (Amudaryo va sug‗orish kanallari) oqimi bo‗lab hosil bo‗lgan,
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‗iston Respublikasida ichimlik suvi etkazib berish uchun
ishlatilayotgan er osti chuchuk suv linzalarining suvi oxirgi 10-15 yil mobaynida
minerallashuv va qattiqligi
ortib borganligi
(sug‗orish ta‘siri) tufayli milliy standartlar talabiga javob bermaydi.
Suv omborlari O‗zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta‘kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning
kamayishi va ko‗payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy
nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‗p suv omborlari mavjud.
O‗zbekiston Respublikasi uchun jami ajratilgan suvning 92,5%i qishloq xo‗jaligiga,
5,2%i maishiy xizmat sohasiga, 1,4 %i sanoat sohasiga, 0,7 %i baliqchilikka va qolgan 0,2%i
energetika sohalariga ishlatiladi. Demak, respublikamizningdehqonchilik qilinadigan erning
98 foizi yoki 4,3 mln. gektari sug‗oriladigan maydonlar bo‗lib, jami ajratilgan suvning 92,5
foizi sug‗orishga ishlatiladi va sug‗orish natijasida paxta, don, makka, meva va sabzavot,
kartoshka, uzum va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtiriladi.