Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64

Kuzatishlar bir haftada soat 6 dan 13  gacha va 14 dan 21  gacha olib boriladi,  asosiy 
kuzatishlar  avtomobillar  ko'p  yuradigan  vaqtlarda  olib  boriladi,  kechalari  1—2  marta 
o'tkaziladi. 
Kuzatish  nuqtasi  qiiib  shahar  ko'chalarining  har  joyidan  eng
:
  ser-qatnov  uchastkaiari 
olinadi. Ko'chalar kesishgan joyda va ko'priklar tagida zararli moddalar juda ko'p bo'ladi. 
O'lchov asboblari odam  yuradigan  yo'laklarga joylashtiriladi,  yo'lning bir tomonidagi 
harakat o'lchanadi. 
Idoralarga  tegishli  avtotransportiar,  gazoanalitik  va  diagnostik  usku-nalar  bilan 
yetarlicha  jihozlanmaganligi,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  masalalari  bilan  shug'ullanuvchi 
xodimlaniing  bilim  darajasi  pastligi,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  muammoiariga  yagona 
yondashuv  yo'qligi  sababli,  ekoiogik  jihatdan  noqulay  vaziyat  yuzaga  kelmoqda.  Bunday 
ekoiogik vaziyat, kechiktirmay  hal  etishni talab etuvchi ko'plab muammplar bilan to'g'ridan-
to'g'ri bog'liqdir. 
6.2. Suv manbalarning ifloslanishi
 
Suv manba‘lari. Sanitariya holati.    
Gidrosfera  biosferani  muhim  elementi  hisoblanib,  tabiatda  kechadigan  jarayonlar    va 
kishi hayotini ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi. Gidrosferani hajmi 1389 mln. kub. kilometrni 
tashkil etadi. Okean va dengizlar er shari yuzasining 70 % ko‗prog‗ini egallagan. Botqoqliklar 
erning  6  mln.  km
2   
qismini  egallagan.  Bularning  hammasi  planetamizda  suv  zahiralarni 
ko‗pligini isbotlasa ham, chuchuk suv  bor yo‗g‗i 2 % ni tashkil etadi. Uning ham katta qismi 
Grelandiya va Antarktida muzliklariga to‗g‗ri keladi.  
Suv  yerdagi  tirik  organizmlarni  yashashi  va  ularni  hayot  faoliyatinig  rivojlanishini 
ta‘minlaydi. 
Demak,  suv  planetamizga  jon  ato  etuvchi  «hayot  eliksiri»,  planetamizga  shakl  beruvchi 
«buyuk skulptor», iqlim va ob-havoni «harakatlantiruvchi g‗ildiraqdir». 
Suv tabiatda doimiy harakatda bo‗ladi. Quyoshdan kelayotgan issiqlik natijasida u okean, 
dengiz, daryo va ko‗llar yuzasidan bug‗lanadi, so‗ngra yana yomg‗ir bo‗lib erga qaytadi. 
Har qanday xom-aщyoni boshqa turdagi  mahsulot  bilan almashtirsa bo‗ladi,  lekin suvni 
o‗rnini  hech  narsa  bosa  olmaydi.  Suv  ta‘minoti  inson  hayoti  va  taraqqiyotida  o‗ta  muhim 
muammolardan biri bo‗lib qolmoqda. Mutaxassislarni fikricha planetamizda daryo va er osti 
suvlari tobora kamayib bormoqda. 
Amerikalik  mutaxassislarni  fikricha  AQSHda  tabiat  in‘om  etgan  chuchuk  suv  2020 
yilgacha  etar  ekan  xolos.  Amerikada  eng  qimmatbaho  mahsulot  bu  suvdir,  ba‘zi  bir 
shaharlarda  suv  etishmaganligi  uchun  haftada  bir  kun  «suvsiz  kun»  deb  e‘lon  qilinar  ekan. 
SHu  kuni  maishiy  ehtiyojlar  uchun    suvdan  foydalanilmas  ekan,  hamma  sohalarda  suvni 
istemol qilish ustidan nazorat o‗rnatilar ekan. 
Industriyalashtirish, qishloq xo‗jaligini rivojlanishi, yangi shahar va qishloqlarni qurilishi 
bilan turli ifloslikdagi oqova suvlar yuzaga kelmoqda.  
O‗zbekiston  Respublikasining  ekologik  xavfsizligini  ta‘minlash  nuqtai  nazaridan 
qaragandan  eng  dolzarb  muammo  suv  resurslarining  (er  usti  va  er  osti)  tanqisligi  va 
ifloslanganligidir. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari 
turli antropogen ta‘sirlar ostiga tushib qolgan. 
O‗tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab yangi erlarni keng ko‗lamda o‗zlashtirish, 
sanoatning, chorvachilikning ekstensiv rivojlanishi, urbanizatsiya, 
kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining sug‗orish uchun 
olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv ravishda 
yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni, ayniqsa 
daryo o‗zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi. 
Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‗sib borishi suvlarning tarkibi 
va tuzilishidagi chuqur o‗zgarishlarga olib kelmoqda.  
Er usti suv sifati 


Er usti suvining ifloslanishi keng tarqalgan bo‗lib er osti, jumladan quduq suvining sezilarli 
darajada  ifloslanishiga  olib  keladi.  Suvning  ifloslanishi  kasallik  (buyrak  kasalliklari, 
onkologiya  va  o‗tkir  infeksiyali  kasalliklar)  ko‗rsatkichi  o‗sib  borishida  muhim  rol 
o‗ynayapti.  
Ichki suv havzalarini sanoat va maishiy oqova suvlari bilan ifloslanishi oxirgi paytda ortib 
bormoqda.  
Er osti ichimlik suvi 
Ichimlik  suvi  ta‘minotining  katta  qismini  er  osti  suvi  beradi.  Er  osti  chuchuk  suvi 
zaxiralari  notekis  joylashgani  tufayli  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  Xorazm,  Buxoro 
viloyatlari,  Samarqand,  Qashqadaryo,  Jizzax  va  Surxondaryo  viloyatlarining  g‗arbiy 
hududlarida  ichimlik  suvi  taqchil.  Davlatning  maqsadi  markazlashgan  suv  ta‘minoti  tizimi 
orqali butun aholiga sifati yaxshi 
ichimlik  suvi  etkazib  berish  va  shahar  va  posyolkalarda  suvga  bo‗lgan  kommunal  talabni 
qondirishdan iborat. 
Maydoni 330 km2, aholisi 2,3 million bo‗lgan va 99 foiz qamrab olingan Toshkentda 
ichimlik suvi ta‘minoti uch asosiy manbadan iborat, ulardan ikkitasi er osti suvi zaxirasi va 
bir er usti manba bo‗lib 3.500 km tarmoq orqali kuniga 2,3 million m3 suv etkazib beriladi. 
Garchi xom suv tiniq keladigan davrlar 
bo‗lsa-da, milliy va xalqaro standartlarga javob berish uchun suvni filtrlash va xlorlash orqali 
tozalash zarur. Ichimlik suvini sanoatda ishlatishga yo‗l qo‗yilmaydi, kichik korxonalar uchun 
ba‘zi istisnolar bor. 
Yer  osti  suvi  zaxiralari  aholiga  etkaziladigan  ichimlik  suvining  80  foizini  ta‘minlab 
beradi.  Umuman,  mavjud  er  osti  chuchuk  suv  zaxiralari  aholining  ichimlik  suviga  bo‗lgan 
talabini qondiradi.  
 Yer osti suvi ko‗rsatilgandek asosan uylarga suv berish va ichimlik suvi (173,5 m3/s), 
sug‗orish va suv zaxirasini rivojlantirish (70,5 m3/s) va sanoat va texnik suv ta‘minoti uchun 
(29,6m3/s), foydalaniladi. 
Biroq,  shuni  aytish  lozimki,  oxirgi  bir  necha  yil  davomida  er  osti  suvining  sifati 
yomonlashib bormoqda, oqibatda ichimlik suvi manbai sifatida foydalanib bo‗ladigan er osti 
suvi zaxirasi kamayib bormoqda. 
CHuchuk er osti suvi asosan Farg‗ona vodiysida (34,5 foiz) va Toshkent 
(25,7  foiz),  Samarqand  (18  foiz),  Surxondaryo  (9  foiz)  va  Qashqadaryo  (5,5  foiz) 
viloyatlarida  jamlangan,  qolgani  esa  sho‗rtang  yoki  sho‗r  bo‗lib  ularni  ishlatish  imkoniyati 
kam. Qolgan hududlardagi chuchuk suv jami 7 foizni tashkil qiladi. 
Er osti suvi sifati 
Mamlakatning  g‗arbiy  qismida  (Zarafshonning  quyi  oqimi  va  Qashqadaryo,  Sirdaryo, 
Amudaryo va Markaziy Qizilqum basseyni)da er osti suvi yuqori darajada minerallashgan va 
qattiqdir.  Yirik  daryolar  (Amudaryo  va  sug‗orish  kanallari)  oqimi  bo‗lab  hosil  bo‗lgan, 
Xorazm  viloyati  va  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida  ichimlik  suvi  etkazib  berish  uchun 
ishlatilayotgan  er  osti  chuchuk  suv  linzalarining  suvi  oxirgi  10-15  yil  mobaynida 
minerallashuv va qattiqligi ortib borganligi 
(sug‗orish ta‘siri) tufayli milliy standartlar talabiga javob bermaydi. 
Suv  omborlari  O‗zbekiston  suv  resurslari  tizimini  boshqarishni  shakllantirishda  muhim 
ahamiyatga  ega  ekanligini  alohida  ta‘kidlamoq  maqsadga  muvofiq.  Mamlakatda  suvning 
kamayishi  va  ko‗payishi  (gidrologik  ekstremum)  hamda  suv  resurslarining  hajmi  doimiy 
nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda  ko‗p suv omborlari mavjud. 
O‗zbekiston  Respublikasi  uchun  jami  ajratilgan  suvning  92,5%i  qishloq  xo‗jaligiga, 
5,2%i maishiy xizmat sohasiga, 1,4 %i sanoat sohasiga, 0,7 %i baliqchilikka va qolgan 0,2%i 
energetika  sohalariga  ishlatiladi.  Demak,  respublikamizningdehqonchilik  qilinadigan  erning 
98 foizi yoki  4,3 mln. gektari sug‗oriladigan maydonlar bo‗lib,  jami ajratilgan suvning 92,5 
foizi  sug‗orishga  ishlatiladi  va  sug‗orish  natijasida  paxta,  don,  makka,  meva  va  sabzavot, 
kartoshka, uzum va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtiriladi.  


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə