Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64

transchegaraviy  daryolar  suvidan  oqilona  foydalanish  masalalariga  faqat  bugun  e‘tibor 
qaratilayotgani yo‗q. Bu masalalar YUrtboshimiz tomonidan o‗tgan asrning 80- yillari oxirida 
ham ko‗tarilgan va mustaqillikka erishilgandan keyin yanada rivojlantirilgan edi.  
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, Orol ekologik fojiasini to‗xtatish va yumshatish 
yo‗lida keng ko‗lamdagi mislsiz ishlar amalga oshirildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning tashabbuslari bilan Orolbo‗yi genofondini  muhofaza qilish hayriya jamoat 
fondi tashkil etildi.  
Xalqaro  donorlarni  Orol  va  Orolbo‗yi  muammolarini  yumshatish  borasidagi 
harakatlarga  jalb  qilish  maqsadida  2008  yilning  11-12  martida  Toshkent  shahrida  Xalqaro 
konferensiya  o‗tkazildi.  Unda  ―Orolbo‗yi  mintaqasida  iqlim  o‗zgarishi  oqibatlarini 
yumshatish  maqsadida  amalga  oshirish  uchun  xalqaro  donorlarga  taklif  etilayotgan 
majmuaviy harakat dasturi‖ qabul qilindi.  
Orol  va  Orolbo‗yi  muammosini  hal  qilishda  O‗rta  Osiyo  davlatlari  hamkorligi  1993 
yili  Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg‗armasining  (OQXJ)  tashkil  etilishida  namoyon  bo‗ldi. 
Uning doirasida ―Orol dengizi havzasi Dasturi‖ hayotga tatbiq etildi.  
2009  yil  aprelida  Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg‗armasiga  a‘zo  davlatlar  rahbarlari 
uchrashuvida  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  jahon  hamjamiyatini  Orol 
dengizi  havzasi  muammolarini  hal  etishga  yanada  kengroq  jalb  qilishga  qaratilgan  Orolni 
qutqarish xalqaro jamg‗armasiga a‘zo mamlakatlarning 2011-2015 yillardagi faoliyati Dasturi 
konsepsiyasini taklif etdi.  
Mintaqada  ekologik  muvozanatning  buzilishi  oqibatlarini  yumshatish  maqsadida 
Amudaryo  deltasida  kichik  suv  havzalarini  yaratish,  to‗qayzorlarni  saqlab  qolish, 
Orolbo‗yining olis aholi yashash joylarida quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan bir 
qator xalqaro va davlatlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.  
To‗qayzorlar,  qamishzor  o‗simliklari,  tabiiy  yaylovlar  maydonining  hamda  noyob 
turdagi jonivorlar va qushlar sonining qisqarishi yoki ularning butunlay  yo‗qolishi natijasida 
etkaziladigan  umumiy  ziyon  eng  kamida  yuzlab  million  AQSH  dollariga  baholanmoqda. 
Ammo  flora  va  faunadagi  haqiqiy  qayta  tiklab  bo‗lmaydigan  yo‗qotishlarni  moliyaviy 
jihatdan o‗lchab bo‗lmaydi.  
Bu  sohada  mavjud  vazifalar  ko‗lamining  kengligi,  murakkabligi  hamda  miqyosi 
mintaqadagi  ekologik  vaziyatni  yaxshilash  muammolarini  kompleks  ravishda  hal  etishda 
nafaqat  davlat  organlarining,  balki  jamoat  birlashmalari,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining 
sa‘y-harakatlarini  birlashtirishni  talab  etadi.  SHu  bois  O‗zbekistonda  bu  ishga  keng 
jamoatchilikni jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish  davlat, jamiyat va har bir fuqaroning 
ishiga aylanishi yo‗lida jiddiy qadamlar tashlanib, keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  
SHu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza 
qilish,  tabiiy  resurlardan  oqilona  foydalanish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 
mustahkam, yaxlit qonunchilik bazasi yaratildi.  
Jumladan,  O‗zbekiston  Respublikasi  ―Tabiatni  muhofaza  qilish  to‗g‗risida‖gi  (1992 
y.),  ―Suv  va  suvdan  foydalanish  to‗g‗risida‖gi  (1993  y.),  ―Veterinariya  to‗g‗risida‖gi  (1993 
y.), ―Er osti boyliklari to‗g‗risida‖gi (1994 y.), ―O‗simliklar karantini to‗g‗risida‖gi (1995 y.), 
―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi (1996 y.), ―O‗simlik dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to‗g‗risida‖gi (1997 y.), ―Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan  foydalanish  to‗g‗risida‖gi  (1997  y.),  ―O‗rmon  to‗g‗risida‖gi  (1999  y.),  ―Ekologik 
ekspertiza  to‗g‗risida‖gi  (2000  y.),  ―CHiqindilar  to‗g‗risida‖gi  (2002  y.),  ―Muhofaza 


etiladigan  tabiiy  hududlar  to‗g‗risida‖gi  (2004  y.)  qonunlari  atrof-muhitni,  tabiiy  resurslarni 
huquqiy jihatdan muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Jumladan,  O‗zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasining  50-moddasida 
―Fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‗lishga  majburdirlar‖,  54-
moddasida,  ―Mulkdor  mulkiga  o‗z  xohishicha  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni 
tasarruf  etadi.  Mulkdan  foydalanish  ekologik  muhitga  zarar  etkazmasligi,  fuqarolar,  yuridik 
shaxslar  va  davlatning  huquqlarini  hamda  qonun  bilan  qo‗riqlanadigan  manfaatlarini 
buzmasligi  shart‖,  55-moddasida  esa  ―Er,  er  osti  boyliklari,  suv,  o‗simlik  va  hayvonot 
dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  zaxiralar  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish 
zarur  va  ular  davlat  muhofazasidadir‖,  deya  alohida  ta‘kidlangan.  Qonunchilikdagi 
yangiliklar,  ayniqsa,  atrof  tabiiy  muhit  muhofazasi  masalalariga  doir  qonun  hujjatlariga 
kiritilgan o‗zgartish va qo‗shimchalarning mazmun-mohiyatini o‗sib kelayotgan yosh avlodga 
etkazish  yoshlarning  ekologik  bilim  va  ko‗nikmalarining  oshishida,  ekologik  tafakkur  va 
ongining yanada rivojlanishida  muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
 
6-mavzu: Atmosfera havosi va suv manbalarning ifloslanishi va muxofaza 
qilish yo‘llari 
 
Reja: 
 
 1. Atmosferani havosini ifloslantiruvchi manbalar 
 2. Suv manbalarning ifloslanishi. 
 3. Atmosferaga va suv chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari 
 
Tayanch 
iboralar: 
Atmosfera, 
troposfera, 
stratosfera, 
mezosfera,  
termosfera. 
 
6.1. Atmosferani havosini ifloslantiruvchi manbalar 
Atmosfera – Yerning gazsimon qatlami bo‘lib, yerdagi tirik organizmlar hayotida katta 
rol  o‘ynaydi.  Atmosfera  yer  po‘stiga  fizikaviy,  kimyoviy  va  biologik  ta‘sir  ko‘rsatib,yer 
yuzasida  issiqlik  va  namlikni  tartibga  solib  turadi.  Atmosfera  Yerning  himoya  qobig‘i 
hisoblanib,yerdagi  tirik  organizmlarni  turli  ultrabinafsha  va  infraqizil  nurlar  va  kosmosdan 
tushadigan meteroitlarning  zarralari ta‘siridan himoya qiladi. Atmosfera qatlami yer yuzasini 
kunduzi  +100 ºC qizib ketishdan, kechasi esa -100º C sovub ketishdan saqlaydi. 
Yer  yuzasining  o‘rtacha  harorati  +14ºC  ga  teng  bo‘lib,atmosfera  quyosh  issiqligini 
yerga o‘tkazib,undagi issiqlikni saqlaydi.  Atmosfera qatlami biosferada moddalar va issiqlik 
almashnuvida asosiy rol o‘ynaydi.  
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖gi hamda 
1996- yil 27 dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‟g‟risida”gi 
Qonunlari  asosida atrof muhitning tabiiy holati va hududlar ekologik muvozanatining 
buzilishi ko‘p jihatdan atmosfera havosining tarkibi buzilishiga hamda uning turli  ishlab 
chiqarish ta‘siridagi salbiy o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. 
Respublikada  havoni  bulg‘ayotgan  3500  doimiy  manba  bo‟lib,  ularning  yarmiga 
yaqini  chang  va  turli  xil  zararli  gazlarni  tutib  qoluvchi  va  tozalovchi  moslama  ega.  Bu 
moslamalarning  4,1  qismi    samaradorligi  juda  past.  Atrof-  muhitning  me‘yoridan  ortiqcha 
ifloslanishi,  ayniqsa,  yirik  shaharlarga  xos.  O‘zbekiston  Respublikasida  Olmaliq,  Farg‘ona, 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə