Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64

qishloq xo‗jaligida, o‗rmonchilikda aviatsiya yordamida sepish keng ko‗lamda atrof-muxitni  
ifloslanishiga  olib  keladi.  Pestitsidlar  atmosferada,  uzoq  masofalarga  tarqalishi  shuningdek 
suv  orqali  dala,  daryo,  ko‗llardan  o‗tib  dunyo        okeanlarida  to‗planadi.  Eng  xavfli  joyi 
shundaki  ular  ekologik  oziq      zanjiriga  qo‗shilib,  tuprokdan  va  suvdan  o‗simliklarga,  undan 
xayvonlarga  va  qushlarga,  nixoyat  oziq  va  suv  bilan  odam  organizmiga  o‗tadi.  Xar    bir   
bug‗inda  pestitsidlar  zararli  va  ziyon  keltiradi.  Pestitsidlarning  tirik      tabiatga  va  odamga 
ko‗rsatadigan zararli va jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muxit omillariga nisbatan barqaror 
moddalar xisoblanadi. Pestitsidlarning    zaxarli ta‘sirini oldini olish uchun quyidagi tadbirlani 
o‗tkazish lozim:  
1. Kukun xolda tayyorlashdan ko‗ra donador xolatda tayyorlash
2. Xayvonlar va odamlarga ta‘sirini susaytirish; 
3. Tuproq va suvlarda to‗planishning oldini olish; 
4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash
5. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlardan sintez qilish
6. Agrotexnik, seleksion xo‗jalik va tashkiliy ishlarni qo‗llash;   
7.  O‗simliklarni biologik ximoya qilish. 
Tirik  tabiaidagi  o‗simlik  va  xayvon  turlari  sonining  qisqarishi  muammosi.  O‗simliklar 
dunyosi,  ayniqsa  Er  yuzidagi  xayotni  ta‘minlashda  o‗rmonlarning  axamiyati  juda  katta. 
Xozirgi vaqtda quruqlikning 30%, ya‘ni 3,8 mlrd. Gektar er o‗rmonlar bilan qoplangan. Ular 
shimoliy  yarim  sharda  va  tropik  zonalarda  tarqalgan.  O‗rmonlarning  tabiatda  va  insonning 
xo‗jalik faoliyatidagi axamiyati ko‗pchilik uchun ma‘lum. 
Yirik  shaxarlarning  vujudga  kelishi,  axoli  sonining  va  sanoat  markazlarining  ortishi 
bilan  kishilarning  tabiat  quchog‗ida  dam  olishga  extiyojlari  xam  ortib  bormoqda.  Ayniqsa 
o‗rmonlar  ana  shunday  dam  olish  maskanlariga  aylanib  bormokda.  Dunyo  bo‗yicha 
o‗rmonlarning xolati  yaxshi emas. Xar yili 3 mlrd. m
2
  xajmda  o‗rmonlar qirqilmoqda.  FAO 
ma‘lumotlariga  ko‗ra  bu  ko‗rsatkich  2000  -  yilga  borib  1,5  martaga  ortadi.  Ynsoniyatni, 
ayniqsa  tropik  va  subtropik  o‗rmonlar  muammosi  tashvishga  solmoqda.  U  erlarda  yiliga 
dunyo  miqyosidagi  qirqilishi  kerak  bo‗lgan  o‗rmonlarning  yarmidan  ko‗pi  kesib 
tashlanmoqda.  160  mln.  gektar  maydaon  tiklanmoqda.  Floraning  kamayib  ketishi  ―Qizil 
kitob‖  yaratilishiga  sabab  buladi.  Axoli  sonining  ortishi,  xo‗jalik  faoliyatining  kengayishi 
tufayli  tabiatning  inson  qo‗li  tegmagan  joyi  qolyapti.  Xayvonlarning  asosiy  ko‗payish 
xududlari, migratsiya qiluvchi yo‗llari, dam olish joylari, tuyoqli xayvonlarning oziqlanuvchi 
maydonlari  sun‘iy  qoplamlarga  aylangan,  suvlar  bosib  mol  boqib  yoki  xaydab  yuborilgan. 
Ayniqsa nam tropiqlarda ko‗pchilik xayvon turlarining qirilib ketishi ko‗zatilmovda. 
O‗simlik  va  xayvon  turlarini  davlat  muxrfazasiga  olish  qonunlar  orqali  ovchilikni 
tug‗ri yulga quyish shuningdek qo‗riqxonalar zakazniklar,    milliy bog‗lar, botanika bog‗lari 
va ―Kizil kitob‖ lar o‗simlik va xayvon turlarini saqlashda katta rol uynaydi.   
Mintaqaviy  ekologik  muammolar.  Er  yuzasining  muayyan  mintaqasi  o‗ziga  xos 
tabiiy  -  iqlim,  ijtimoiy  ekologik,  etnografik  xususiyatlari  uni  tabiat  bilan  inson  o‗rtasidagi 
o‗zaro  aloqa  munosabatlari  xarakterni  belgilab  beradi.  Mintaqaviy  ekologik  muammolarga 
baxam berishning me‘zoni xavo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, 
o‗rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar xisoblanadi. 
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muximi Orol va Orol 
bo‗yi  ekologik  muammosidir.  Orol  dengizi  yaqin  vaqtlargacha  dunyodagi  eng  yirik 
dengizlardan  biri  xisoblangan.  U  msxim  baliqchilik,  ovchilik,  transport  va  reaksion 
axamiyatga  ega  edi.  Sug‗oriladigan  dexqonchilikning  rivojlanishi  natijasida,  shuningdek 


qurg‗okchilik  natijasida,  shuningdek  qurg‗okchilik  yillari  Amudaryo  va  Sirdaryolar  suv 
quyishi 1970  yilga kelib 37,8 km  , 1980  yilda esa 11,1 km
3
  ga kemayib  ketdi. 80  yillarning 
boshlarida ushbu daryolarning dengizga quyilishi butunlay tuxtadi. 
Suvning sho‗rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37g/l gacha ortdi. Xozirgi kunda dengiz 
satxining  yillik  o‗rtacha  pasayishi  80-110-sm  Orolning  qurigan  tubi  yirik  chang-tuzon 
makoniga  aylandi.  Axoli  ichadigan  suv  pestitsidlar  bilan  ifloslangan,  keyingi  10  yil  ichida 
o‗lish  ikki  marta  ortgan.  Bolalar  o‗limi  1000  kishi  xisobiga  45-90  taga  to‗g‗ri  keladi. 
Ayollarning  80%  dan  ortig‗i  kamqonlik  xastaligiga  mubtalo  bo‗lgan.  Bolalarning  90%  zida 
siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. YUqumli kasalliklar tez-tez takrorlanib turadi. 
Orol  va  Orol  bo‗yida  murakkab  ekologik  muammolar  majmui  shakllanib  bo‗lib, 
kelib chiqishi va oqibati darajasi jixatidan davlatlararo xarakterga ega. 
Kelajakda  ushbu  mintaqaviy  muammoni  xal  etilishi  Markaziy  Osiyoni  ijtimoiy 
ekologik  va  iqtisodiy  axvoli,  shuningdek  demografik  xolat,  sug‗oriladigan  erlarni  meliorativ 
xolati va maxsuldorligini oshirish, axolini ichimlik suv bilan ta‘minlish kabilar bilan bog‗lik. 
Uzbekistondagi  ekologik  muammolar.  Bugungi  kunda  Mustaqil  O‗zbekistan  yirik 
sanoat  va  agrar  mintaqa  bo‗lib,  kelajakda  dunyoga  yuz  tutgan  mashinasozlik,  energetik, 
kimyo,  oziq-ovkat  sanoati,  transport    majmuini  yanada  rivojlantirish  ko‗zda  tutilmovda. 
Xolbuki,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi  Respublikada  ijtimoiy  ekotizimlarning 
xolatiga  muayyan  darajada  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Respublikada  keskin  bo‗lib  turgan 
ekologik va tabiatni muxrfaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 
1.  Yirik  xududiy-sanoat  majmuilari  joylashgan  rayonlarda  (Angren  -  Olmalikq  - 
CHirchik, Fargona - Margilon, Navoiy va xokazo) tabiatni muxofaza qilish muammolari. 
2.  Orol  va  Orol    bo‗yi  muammolari,  suv  resurslarini  muxofaza  qilish  va  ulardan 
maqbul tarzda foydalanish. 
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.  
4.  Tabiatdagi  suvlvrning  sanoat  yaiqindilari,  pestitstdlar  va  mineral  o‗g‗itlar  bilan 
ifloslanishi.  
5.  O‗simlik  va  xayvonot  dunyosini  mux‘ofaza  va  qayta  tiklash  muammolari, 
qo‗riqxonalar va milliy bog‗lar tarmog‗ini kengaytirish.  
YUqorida  keltirilgan  muammolarni  e‘tiborga  olib,  Respublikada  noqulay  ekologik 
vaziyat yuzaga kelgan tuman va xududlarni aniqlab ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish 
va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.  
3.  Ekologik  muammolarni  oldini  olish  borasida  olib  borilayotgan  ishlar. 
Ma‘lumki, har qanday davlatning rivoji, aholi turmush farovonligining oshirib borishida uch 
tamoyilga  rioya  qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi:  iqtisodiy  o‗sish,  ijtimoiy  himoya  va 
nihoyat, ekologik xavfsizlikdir.  
Bu  borada  mamlakatimizda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  kuchli,  uzoqni 
ko‗zlovchi  siyosat  amalga  oshirilayotganligini  bugun  nafaqat  o‗zbekistonliklar,  balki 
jahondagi rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar ham ochiq e‘tirof etmoqda. YUqoridagi 
uch  tamoyil  O‗zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  rivojiga  asos  qilib  olingan 
desak,  xato  qilmaymiz.  Kengroq  fikr  yuritadigan  bo‗lsak,  Prezidentimizning  ―O‗zbekiston 
XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖ 
kitobiga yana bir bor murojaat etamiz. Dunyoning ko‗plab mamlakatlarida chop etilgan ushbu 
kitobda  O‗zbekistonning  ekologik  xavfsizligi  masalasiga  alohida  o‗rin  berilgan.  Umuman, 
O‗zbekistonda  ekologik  xavfsizlikka,  bu  xavfsizlikka  tahdid  solayotgan  va  endilikda  global 
muammoga  aylanib  qolgan  Orol  va  Orolbo‗yi  ekologik  fojiasi  oqibatlarini  bartaraf  etish, 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə