Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64

iloji  boricha  ko‗proq;  va  tez  fonda  olishga  harakat  qilib  kelgan.  U  tabiat  hodisalariga 
insonning  aralashishi  keyinchalik  qanday  natijalarga  olib  kelishi  haqida  o‗ylab  ham 
ko‗rmagan.  Inson  o‗z  mavjudligining  eng  dastlabki  bosqichlaridan  boshlaboq  hayvonlar 
ayrim  turlarining  yuqolib  ketishiga  (oziqlanish  uchun  keragidan  ham  ortiqcha  miqdorda) 
sabab  bo‗lgan.  Tosh  asrida  yashagan  odamlar  mamontlar  kabi  yirik  sut  emizuvchilarning 
yo‗qolib  ketishiga  sababchi  bo‗lgan.  Inson  ham  biosferaning  tarkibiy  qismidir.  O‗zi  uchun 
kerak  bo‗lgan  narsalarning  hammasini  inson  biosferadan  oladi,  biosferaga  esa  faqat  sanoat 
chiqindilarini  ajratib  chiqaradi.  Uzoq  vaqtlar  davomida  odam  faoliyati  biosfera 
muvozanatining  buzilishiga  olib  kelmagan,  chunki  inson  tomonidan  olingan  tabiiy 
mahsulotlar  yana  biosferaga  qaytariladi.  Ammo  keyingi  asrda  insonning  biosferaga 
kursatadigan  tahsiri  juda  kuchayib  ketdi  va  o‗tkir  muammolarning  kelib  chiqishiga  sabab 
bo‗ldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko‗plab o‗simlik va hayvonlarning turlari 
yo‗qolib  ketdi.  Muhit,  sanoat,  turmush  chiqindilari,  zaharli  kimyoviy  moddalar  tomonidan 
ifloslanmoqda  va  zaharlanmoqda.  Tabiiy  ekosistemalar,  ko‗llar,  o‗rmonlar  buzilmoksa. 
Biosferadagi bunday noqulay o‗zgarishlar o‗simliklar va hayvonot olamiga, insonning o‗ziga 
ham kuchli tahsir ko‗rsatmoqda. 
Biosferaning  o‗zgarishi  qonuniyatlarini  insonning  yaxshi  tushunib  etmasligi  tashqi 
muhitning juda ayanchi o‗zgarishlariga olib kelishi mumkin. 
Insonning  gidrosferaga  va  atmosferaga  tahsirining  tobora  kuchayib  borishi  biosfera 
doirasida  iqlimning  o‗zgarishiga  olib  kelmoqda.  Ayniqsa,  keyingi  yillarda  atmosferada 
karbonat  angidridning  miqdori  tobora  ortib  bormokda.  Organik  yoqilg‗ilardan  foydalanish 
kislorodning  yonib  kamayishiga,  karbonat  angidridning  esa  ko‗payishiga  sabab  bo‗lmoqda. 
Atmosferada karbonat angidridning ko‗payishi esa «parnik effektiga» olib kelmokda, bu esa 
Er  yuzasi  haroratining  ko‗tarilishiga  sabab  bo‗lmoqda.  Keyingi  100  yil  davomida  Er 
yuzasining  harorati  o‗rtacha  0,6°S  gacha  ko‗tarilganligi  aniqlangan.  Iqlim  o‗zgarishi  esa 
cho‗l-dashtlar maydonining tobora ortib borishiga, tog‗lardagi muzliklarning erishiga, okean 
va  dengiz  suvlari  sathining  kamaya  borishiga  olib  keladi.  YUqorida  aytib  o‗tganimizdek 
atmosferada  ozon  katlami  bo‗lib,  uning  maksimal  konsentratsiyasi  Er  yuzasidan  20-25  km 
baland-likdadir.  Atmosferaga  azot  II  oksid  va  freonning  o‗tishi  natijasyda  bir  necha  yillar 
davomida .ozon qatlami  yupqalashib  bormoqda.  Freon lak va buyoqlarni  purkovchi  sifatida, 
sovitgichlar va konditsionerda sovutgich modda sifatida keng qo‗llanib kelinmoqda. So‗nggi 
yillarda Antraktida atmosferasida ozonning juda kamayib ketishi natijasyda «ozon teshiklari» 
hosil  bo‗lishi  kabi  ayanchli,  xavfli  hodisalar  kuzatilmoqda.  Bu  hodisaning  va  ozon  qatlami 
buzilishining  oldini  olish  maqsadida  1987  yilda  Kanadaning  Monreal  shahrida  50  mamlakat 
vakillari  freonlar  ishlab  chiqarishni  o‗rtacha  50  foizga  kamaytirish  tug‗risidagi  xalqaro 
bitimga  qo‗l  qo‗ydilar.  Atmosferaning  ifloslanishi  tinmasdan  davom  etib,  yildan-yilga  ortib 
bormoqda.  Atmosferaning  ifloslanishi  sanoat  korxonalarining  chiqindilari,  transport  vosita-
lari  ajratib  chiqaradigan  birikmalar,  ayniqsa  N2S  uglerod  va  og‗ir  metallardan  qurg‗oshin, 
mis,  kadmiy,  nikel  va  boshqa  metallar  zarrachalari  hisobiga  tobora  ortib  bormoqda. 
Atmosferaga  har  yili  yuz  mil-lionlab  tonna  ifloslanuvchi  moddalar  ajratiladi.  Havoda  N2S 
ning  ortib  borishi  kislotali  yomg‗irlarning  ko‗payishiga  sabab  bo‗lmoqda.  O‗zbekistonda 
mevali  daraxtlar  hosildorligining  kamayishi,  uzumzorlarning  kasallanib  yildan-yilgacha  kam 
hosil bulishining asosiy sabablaridan biri ham kislotali yomg‗irlarning ko‗payib borishidir. 
Tojikistonning  M.  Tursunzoda  shahri  atrofida  kurilgan  alyuminiy  zavodi  chiqindilari  ham 
Surxondaryo  viloyatidagi  mashhur  anorzorlar  hosilining  keskin  kamayishiga,  mevalarining 
maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko‗payishiga olib keldi. 
Navoiy  shahridagi  kimyo  zavoddari  chiqindilari  ham  atrof-muhitni  za-rarlashda  katta  rolg‗ 
o‗ynamokda. Sug‗orish  va sanoat  korxonalari  uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish 
kichik  daryolarning  qurib  qo-lishiga,  yirik  daryolar  suvining  keskin  kamayib  ketishiga  olib 
kelmoqda.  Bunday  ayanchli  hodisalarning  tipik  misoli  Orol  dengizi  muammosidir. 
Sug‗oriladigan paxta maydonlarini haddan tashqari ko‗paytirish bu dengizning qurib qolishi 
xavfini  tug‗dirmoqda.  Suvni  nazoratsiz,  ksragilan  ortiqcha  ishlatish  natijasida  Amudaryo  va 


Sirdaryo kabi buyuk daryolar Orol dengiziga etib bor olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy 
ekologik  sistemalarining  buzilishiga,  shu  regionda  yashovchi  odamlar  sog‗ligining  tobor 
yomonlashib  borishiga  sabab  bulmoqda.  Mineral  o‗g‗itlarning,  chorvachilik  chiqindilari  va 
kanalizatsiyaning  suv  havzalariga  qo‗shilishi,  suvda  azot  va  fosforning  ortib  ketishiga,  suv 
o‗tlarining  ko‗payib  ketishiga,  kislorod  zaxirasi  kamayishi  natijasida  suvdagi  hayvonlar, 
ayniqsa  baliqlar  qirilib  ketishiga  olib  bormoqda.  Keyingi  paytlarda  o‗rmonlarining  kesilib, 
kamayib  ketishi  juda  ayanchli  natijalarga  olib  kelmoqda.  Lichosfsraning,  suv  havzalarining, 
tuproqning  tobora  iflosnishi  natijasida  o‗rmonlardagi  daraxtlar  kaslanib  qurib  qolmoqda. 
O‗rmonlarning  yo‗qolishi  iqlimning  keskin  o‗zgarishiga,  suv  boyliklarining  kamayishiga, 
tuprok,  holatining  yomonlashishiga  olib  kelmoqda.  Hozirgi  vaqtda  xo‗jalikni  energiya  bilan 
tahminlash uchun ko‗plab kssiqliq, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqliq elektr 
stansiyalari  tabiiy  yoqilg‗ilardan  foyda-langanligi  uchun  atmosferlni  ifloslantirmoqda,  suv 
eyaektr  stansiyalari  katta-katga  suv  omborlarinining  qurilishini  talab  etadi,  buning  natijasida 
serhosil  erlar,  tuproqlar  suv  ostida  qolib  ketmoqda.  Ilgari  ekologik  jihatdan  eng  toza  va 
xavfsiz  deb  xisoblangan  atom  elektr  standiyalari  ham  katta  xavf  tug‗dirishi  mahlum  bo‗lib 
qoldi. Ukrainadagi CHernobil AESning falokati juda katga hududda ekologik inqiroz holatiga 
olib  keldi,  o‗simliklar  va  hayvonot  olamiga  katta  zarar  etkaz-di.  Aholining  o‗rtasida  har  xil 
kasalliklarning  ko‗laynb  ketishiga  sabab  bo‗ldi.  SHunday  qilib,  odamning  ekologik 
sistemalarga  kuchli  tahsiri  kutilmagan  ayanchli  hodisalarga  olib  kelishi  mumkin.  Natijada 
ekologik o‗zgarnshlar zanjiri vujudta keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat ekologik inqiroz xavfi 
ostida turibli. Agar zarur choralar ko‗rilmasa, biosferaning ko‗p joylari hayog uchun yaroqsiz 
bo‗lib  qolishi  mumkin.  Tabiatni  muhofaea  qilish,  hozirgi  vaqtda  eng  dolzarb  masalalardan 
biriga aylanmoqda 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə