Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64

Quruqlik  yuzasining  asosiy  qismini  tuproq  biogeotsenozlari  egallaydi.  Tuproqning  hosil 
bo‗lishi  juda  murakkab  jarayon  bo‗lib,  uning  tarkib  topishida  tog‗  jinslari  birlamchi 
axamiyatga  ega.  Tog‗  jinslariga  mikroorganizmlar,  o‗simlik  va  hayvonlarning  taosirida 
Erning  tuproq  qatlami  asta-sekin  shakllanadi.  Organizmlar  o‗zining  tarkibida  biogen 
elementlarini  to‗playdi.  O‗simlik  va  hayvonlar  o‗lganidan,  parchalanganidan  keyin  ulardagi 
elementlar tuproq tarkibiga o‗tib, biogen elementlar to‗planib boradi. SHuningdek oxirigacha 
parchalanib  ulgurmagan  organik  moddalar  xam  tuprokda  tuplanadi.  Tuprokda  tirik 
organizmlar  xam  zich  joylashgan.  Masalan,  1t    qora  tuproqda  mikroorganizmlarning  soni 
25x108 ga etishi mumkin, 1 ga tuproqda 2,5 millionga yaqin  yomg‗ir chuvalchangi yashashi 
mumkinligi  aniqlangan.  Tuproqda  gazlar  almashinishi  xam  tinmasdan  davom  etib  turadi. 
Havo tarkibidagi kislorod o‗simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot 
esa  ayrim  bakteriyalar tomonidan o‗zlashtiriladi. Kunduzi  tuproq qiziganda  undan karbonat 
angidrid,  vodorod  sulg‗fid,  ammiak  ajraladi.  SHunday  qilib,  tuproq  biogen  usulida  xosil 
buladi.  U  anorganik  va  organik  moddalardan  xamda  tirik  organizmlardan  tashkil  topadi. 
Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo‗lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning 
yashash  muxiti  bo‗lib,  undan  o‗simliklar  o‗ziga  oziq  moddalar  bilan  suvni  oladi.  Tuproqda 
kechadigan  jarayonlar  moddalarning  biosferada  aylanishining  tarkibiy  qismini  tashkil  etadi. 
Odamning  xo‗jalik  faoliyati  ko‗pincha  tuproq  tarkibining  tobora  o‗zgarishiga,  undagi 
mikroorganizmlarning nobud bo‗lishiga olib kelishi  mumkin. SHuning uchun xam  tuprqdan 
oqilona foydalanish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurdir. 
 
Okean  biomassasi.  Suv  biosferaning  muxim  tarkibiy  qismlaridan  bo‗lib,  tirik 
orgnizmlarning  yashashi  uchun  eng  zarur  omillardan  biri  hisoblanadi.  Suvning  asosiy  qismi 
okean, dengizlardayu Okean va dengiz suvi tarkibiga 60 ga yaqin kimyoviy elementdan iborat 
bo‗lgan  mineral  tuzlar  kiradi.  Organizmlar  xayoti  uchun  juda  zarur  bo‗lgan  kislorod  va 
karbonat  angidrid  gazlari  suvda  yaxshi  eriydi.  Suvdagi  xayvonlar  nafas  olish  jarayonida 
karbonat angidrid ajratadi. O‗simliklar  fotosintezi natijasida esa suv kislorod bilan boyiydi. 
Okean suvlarining 200 m  gacha bo‗lgan eqori qatlamida bir xo‗jayrali suv o‗tlari juda ko‗p 
bo‗lib, ular mikroplanktonni (yunoncha «planktos» - sayyor, ko‗chib yuruvchi degan so‗zdan 
olingan) xosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foizga yaqin suvda kechadi.  
Suv o‗tlari quyosh energiyasini qabul qilib, uni kimyoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi. 
Suvda  yashaydigan  xayvonlarni  oziqlanishida  plankton  asosiy  axamiyatga  egadir.  Suvning 
tupiga  yopishib  xayot  kechiradigan  organizmlar  bentos  deb  ataladi  (  yunoncha  «bentos»  - 
chuqurdagi degan so‗zdan olingan). Okeanning tupida juda ko‗p bakteriyalar mavjud bo‗lib, 
ular organik moddalarni onorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera xam biosferaga kuchli 
taosir    ko‗rsatadi.  Gidrosfera  sayyorada  issiqlik  va  namlikning  taqsimlanishida,  moddalar 
aylanishida muxim rol o‗ynaydi.  
 
3.Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, 
konsumentlar, redutsentlarni. 
 
Biosferaning  eng  asosiy  funksiyalaridan  biri  kimyoviy  elementlarning  davriy 
aylanishini tahminlashdir. Biosferadagi biotik aylanish Erda hayot kechiradigan hamma tirik 
organizmlar  ishtirokida  kechadi.  Kimyoviy  elementlarning  bir  birikmadan  ikkinchisiga,  er 
qobig‗i  tarkibidan  tirik  organizmlarga,  keyin  esa  ularning  anorganik  birikmalarga  va 
kimyoviy  elementlarga  parchalanib,  yana  er  qobig‗i  tarkibiga  o‗tishi  moddolar  va 
energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish tinmay davom etadigan jarayondir. Biotik 
aylanish  natijasida  kimyoviy  elementlarning  miqdori  cheklangan  bo‗lishiga  qaramay, 
hayotning  mavjudligi  va  uzoq  yillar  davomida  rivojlanishi  tahminlanadi.  Haqiqitan  ham 
Erdagi organizmlar uchun zarur bo‗lgan kimyoviy elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu 
elemenglar faqat istehmol qilinganda ertami-kechmi ular tugab, hayot to‗xtab qolishi mumkin 
edi.  Akademik  V.  R.  Vilg‗yamsning  tahbiri  bilan  aytganda,  kam  miqdorning 
cheksizligini  tahminlovchi  birdan-bir  usul  uni  yopiq  halqa  buylab  aylanishga  majbur 


etishdir.  Hayot  xuddi  usha  usulni  tanlab  olgandir.  YAshil  o‗simliklar  quyosh  energiyasidan 
foydalanib, anorganik moddalardan organik moddalarni barpo etadi. Boshqa tirik organizmlar 
istehmol  qiluvchi  geterotroflar,  parchalovchilar  esa  bu  moddalarni  parchalaydi.  Organik 
moddalar  parchalanishi  natijasida  hosil  bo‗lgan  mineral  moddalardan  esa  yangi  o‗simliklar 
yangi  organik  moddalarni  sintezlaydi.  Erdagi  moddalarning  davriy  aylanishini  tahminlovchi 
birdan-bir manba quyosh energiyasidir.  Bir  yil davomida erga tushadigan quyosh energiyasi 
10,5X1020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Erdan koinotga qaytadi, 58 foizi esa 
atmosferaga va tuproqqa yutiladi, buning 20 foizini er o‗zidan qaytarib turadi. Erga yutilgan, 
quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni buglantirish uchun sarflanadi. Har bir 
minutda  1  milliard  tonnaga  yaqin  suv  er  yuzasidan  bug‗lanib  turadi.  Suv  havzalari  bilan 
quruqlik  o‗rtasida  suvning  tinmasdan  aylanib  turishi  Erdagi  hayotni  tahminlovchi  hamda 
o‗simlik  va  hayvonlarning  jonsiz  tabiat  va  munosabatini  tahminlovchi  asosiy  omillardan 
biridir.  Erga  etib  keladigan  quyosh  energiyasining  0,1—0,2  foizidan  yashil  o‗simliklar  foto-
sintez  jarayonini  amalga  oshirishda  foydalanadi.  Bu  energiya  suvni  bug‗lantirish  va  er 
yuzasini  isitishga  sarf  bo‗ladigan  energiyaga  nisbatan  juda  kam  bo‗lsa  ham  kimyoviy 
elementlarning aylanishini tahminlashda juda katta rol uynaydi. 
  
Atomlarning  biogen  migratsiyasi.  Moddalarning  doimiy  davriy  ayla-nishi,  yahni 
atomlar biogen migratsiyasi va energiya oqimi tirik orga-nizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, 
ko‗payishi, organik moddalarni sintezlashi, to‗plashi va parchalanishi hisobiga amalga oshadi. 
Moddalar  davriy  almashinishida  tirik  organizmlar  tarkibiga  kiruvchi  kimyoviy  elementlar 
uglerod,  vodorod,  azot,  kislorod,  fosfor  va  boshqalar  qatnashadi.  Kimyoviy  elementlarning 
izotoplari juda ko‗p bulishiga, tirik organizmlar tarkibiga faqat mahlum izotoplargina o‗tishi 
mumkin.  Masalan,  vodorodning  1N,  2N,  3N  izotoplaridan  eng  faoli  1N  bo‗lib,  faqat  shu 
izotopgina  organizmlarga  xosdir.  Organik  moddalar  tarkibiga  12S  izotopi,  anorganik 
kimyoviy  birikmalar  tarkibiga  esa  13S  izotopi  kiradi.  Kislorodning  16O,  17O,  18O 
izotoplarining  ichida  16O  izotopigina  suv  va  karbonat  angidrid  gazi  tarkibiga  kirib,  yuksak 
biologik faollikka egadir. 
Kimyoviy  elementlar  doimiy  ravishda  bir  organizmdan  ikkinchisiga  tuproqdan, 
atmosferadan,  gidrosferadan  tirik  organizmlarga,  ulardan  esa  yana  atrof-muhitga  o‗tib, 
biosferaning jonsiz moddalari tarkibini to‗ldiradi. Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib 
turadi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil davomida, karbonat angidrid gazi 
200-300  yil,  biosferadagi  borliq  suv  esa  2  million  yil  davomida  tirik  modda  orqali  o‗tadi. 
Tirik  organizmlar  faqat  tabiatda  keng  tarqalgan  kimyoviy  elementlarnigina  to‗plamay,  juda 
ham  kam  miqdorda  uchraydigan  elementlarni  ham  to‗play  olish  xususiyatiga  ega.  Ko‗p 
kimyoviy  elemevtlarning  konsentratsiyasi  o‗simlik  va  hayvonlarda  tashqi  muhitdagiga 
nisbatan ancha yuqori bo‗ladi. O‗simliklarda uglerodning konsentratsiyasi er po‗stlog‗idagiga 
nisbatan  200  marta,  azotniki  esa  30  marta  yuqoridir.  Biogen  migratsiya  natijasida  tirik 
organizmlar  tahsirida  ayrim  kimyoviy  elementlarning  valentligi  o‗zgaradi.  Natijada  yangi 
kimyoviy birikmalar hosil bo‗ladi.  Bizga mahlum bo‗lgan kimyoviy elementlarning 40 taga 
yaqini biogen migratsiyada faol ishtirok etadi. 
Avtotrof  organizmlar  quyosh  energiyasini  yutib  anorganik  moddalardan  organik 
moddalarning birlamchi o‗simlik moddalarini hosil qiladi. Geterotroflar esa o‗simliklar bilan 
oziqdanib o‗simlik mahsulotlarini ikkilamchi hayvon mahsulotlariga aylantiradi. Bakteriyalar 
va  zamburug‗lar  esa  o‗simlik  va  hayvonlar  organik  mahsulotlarini  mineral  tuzlargacha, 
avtotrof o‗simliklar istehmol qila oladigan darajagacha parchalaydi. Biogen migratsiyasining 
ikki turi mavjud: birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchisini esa ko‗p hujayrali organizmlar 
amalga oshiradi.  Birinchi  turdagi  migratsiya ikkinchi  turdagisiga qaraganda ustunroq keladi. 
Hozirgi vaqtda atomlar biogen migratsiyasida insoniyatning roli ham tobora ortib bormoqda. 
Quyida  bahzi  biogen  elementlarning  davriy  aylanishi  bilan  to‗likroq  tanishib  chiqamiz. 
Karbonat  angidrid  o‗simliklar  tomonidan  yutilib  fotosintez  jarayonida  uglevodlarga, 
lipidlarga, oqsillarga va boshqa organik moddalarga aylanadi. Bu moddalar. boshqa hayvonlar 
tomonidan  istehmol  qilinadi.  Hamma  tirik  organizmlar  nafas  olish  jarayonida,  atmosferada 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə