Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64

Jamoaning  tizimi  ma‘lum  vaqt  ichida  asta-sekinlik  bilan  shakllanadi.  Bunga  m  iso  I  qilib, 
vulqonlar ta‘sirida hosil bo'lgan yalong'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil 
bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi 
sababli  ularda  daraxtsimon  o'simliklar  o'sa  olmaydi.  Biroq,  har  xil  yo'llar  bilan  bu  verlarga 
kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini 
shakllantiradilan  Sekin-asta  halok  bo'lgan  va  parchalangan  suvo'tlari  va  lishayiiiklaming 
qoldiqlari  bu  yerlarda  tuproq  qatlamining  hosil  bo'lishiga  olib  keladi,  natijada,  bunday 
joylarda  moxsi-  monlar  va  paporotniklarning  o'sishi  va  rivojlanishi  uchun  imkoniyat  vu- 
judga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklaniing o'tsimon, 
bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan 
sxemalardagidek  ma‘lum  davr  ichida  bir  turlarning  ikkinchi  bir  turlar  bilan  almashinishi 
ekologik  sulcsessiya  deyiladi.  Shunday  jamoalarning  hayvonlar  dunyosida  ham  bir  turning 
ikkinchi  tur  bilan  almashinib  turishi  kuzatiladi.  Bunday  almashinib  turishga  turlarning 
almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning mi- gratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi. 
Tog'  jinslaridagi  dastlabki  paydo  bo'lgan  suksessiyalar  birlamchi  sukses-  siyalar  deyiladi. 
Birlamchi  suksessiyadan  farq  qilib  ikkilamchi  suksessiya  deb  ilgari  tirik  organizmlar 
yashagan  qoldiqlari  bo'lgan,  biroq  hozirgi  kunda  o'simliklari  juda  kam  rivojlangan  joylarda 
boshlanayotgan  suksessiyaga  ayti-  ladi.  Ana  shunday  ikkilamchi  suksessilarga  misol  qilib, 
kesilgan  o'rmonlarni,  qishloq  xo'jaligida  foydalanib  keliiigan,  biroq  kuygan  va  tashlab 
qo‗yilgan  yerlarni  olish  mumkin.  Ana  shunday  joylarda  o'simliklarning  sporalari,  uaig'lari, 
vegetativ  ko‗payish  organlari  (Udizpoyalar,  piyozboshlar)  saqlanib  qolib,  suksessiyaning 
shakllanisliiga  ta‘sir  ko'rsatadilar.  Birlamchi  va  ikkilamchi  suksessiyalarda  ham  uni  o‗rab 
turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni o‗ynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar bo‗lib 
turadi. 
 
Turlararo raqobatlilik 
Populatsiyalar va ularning individlari orasida ozuqa (ovqat), yorug'lik, issiqlik, maydon  yoki 
yotoq joylari uchun doimo kurash bo'lib turadi. U yoki bu joyda yashaydigan ikkita tur bir xil 
trofik  (ozuqa)  darajada  bo'lsa  (bir  xil  ovqatlansa),  ular  orasidagi  oziqlanish  uchun  kurash 
(konkurensiya)  kuchli  bo'ladi,  natijada,  bir  tur  ikkinchi  tumi  asta-sekin  siqib  chiqarishi 
mumkin.  Masalan,  o'zimizda  ekilgan  bedazorlarda  bir  necha  yil  begona  o'tlarga  qarshi 
kurashilmasa, sekin-asta begona o'tlar bedani siqib chiqaradi, uning o'sishiga to'sqinlik qiladi. 
Yoki ekilgan g'o'za begona o'tlardan tozalanmasa, ular orasida yomg'lik, namlik, ozuqa uchun 
kurash  bo'lib,  g'o'zaning  o'sishi,  rivojlanishi  va  hosildorligini  keskin  kamaytirib  yuboradi. 
Got/zening  1934-yilda  infuzoriyalar  bilan  olib  boFgan  tajribalarga  murojaat  qilsak,  ya‘ni 
ikkita  infuzoriya  turi  bir  xil  sharoitda  parvarish  qilin-  ganda  bir  turi  (Paramecium  auretia) 
raqobatbardosh  bo'lib,  ikkinchi  turdan  (Paramecium  Saudadum)  asta-sekin  ustun  kela 
boshlagan va oxirgi turning soni kamayib 20 kundan keyin mutlaqo yo'qolib ketgan. 
Gauze  asoslagan  bu  prinsip,  ya‘ni  konkurent  (raqobatlik)  yo'qolish  prinsipi  keyinchalik 
hayvonlarda  o'tkazilgan  boshqa  xil  tajribalarda  ham  o'z  isbotini  topdi.  Xuddi  shunday 
konkurentlik  bclgilari  yuqorida  keltiril-  gan  misolimizdagidek  o'simliklar  populatsiyalarida 
ham uchraydi. 
Raqobatlik  oqibatlari  turli  xil  bo'ladi.  Turlararo  raqobatlilik  shu  ikki  tur  o'rtasidagi 
muvofiqlikni  tiklaydi  yoki  ular  orasidagi  kurash  keskin  borsa,  unda  bir  populatsiya  turlarini 
ikkinchi  bir  popopulatsiya  turlari  bilan  almashtirishga  olib  kelishi  mumkin  yoki  bir  tur 
yo'qolib  uning  o'mini  ik-  kinchisi  egallaydi  yoki  bo'lmasa  raqobatda  bo'lgan  turlarning  biri 
boshqa  yashash  joyiga  ko'chishi  yoki  boshqa  xil  ozuqa  bilan  oziqlanishiga  o'tishi  mumkin. 
O'simliklar  o'rtasidagi  raqobatlilik  darajasini  Dj.L.Xarper  (1961,  1962,  1963)  Sebarganing 
ikki turi misolida o'rganib isbotlab berdi. 
Trifolium  repens  tez  o'sib  maksimal  barg  hosil  kiluvchi  tur,  ikkinchisi  trifolium 
fragiferumning  barg  dastasi  uzun  bo'lib,  uning  barglari  asosan  poyaning  uchida  joylashadi. 


Shu sababli ham bu tur tez o'suvchi T.repens ga nisbatan yuqori yarusni oson egallab oladi va 
quyoshdan to'liq foydala- nadi. 
Ikki  tur  aralashtirib  ekilganda  har  biri  ikkinchisining  o'sishiga  to'sqinlik  qiladi,  biroq  ikkala 
tur ham hayot siklini tugallab urug‗ hosil qi- lishga ulguradilar. Lekin maydonda har ikkala 
turning zichligi past dara- jada bo'ladi. 
Ko'rinib turibdiki, ikki tur orasida raqobatlik kurash keskin bo'lib tursa ham ular morfologik 
belgilari  va  maksimal  o'sish  davrlaridagi  farq  qiluvchi  xususiyatlari  bilan  bemalol  birga 
yashash  imkoniyatiga  egadirlar.  Xarper  1961-yilda  ana  shu  tajribalarga  asoslanib  ushbu 
xulosaga keladi: 
Ikki  tur  orasida  quyidagi  mexanizmlar  mavjud  bo‗lgan  taqdirda  ular  birga  yashash 
imkoniyatiga ega bo‗ ladiIan 
1.
 
har xil ozuqa bilan oziqlansalar (misol, dukkaklilar va dukkakli bo'lmagan turlar); 
2.
 
hayvonlaming yeyishiga turlarning har xil sezgirlik darajasi mavjud bo'lganda; 
3.
 
har xil toksik moddalarga turlarning turlicha ta‘sirchanligi ku- zatilganda; 
4.
 
yorug'lik, suv va shu kabi omillapga turlarning ijobiy ta‘siri mavjud bo'lganda. 
 
3.3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar    
 
Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. Ana 
shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‗lib ular quyidagilardan iborat: 
/.  Neytraliim  —  (0:0)  bunda  ikki  populatsiyadagi  asatsiatsiyalarda  o'zaro  ta‘sir  sezilmaydi, 
ikki  populatsiya  individlari  ham  deyarlik  bir  xilday  yashaydi.  Masalan,  sherlar  o‗tlar  bilan 
oziqlanmasalar  ham,  savannalardagi  yaylovlaming  holati  ular  uchun  befarq  cmas.  Chunki, 
ulaming ovqati bo'lmish antiloplar hosildor yaylovlarda ko‗p boladi. 
5.
 
Konkurensiya (raqobatlilik)  bunda  ikki  populatsiyalar  bir-  birlariga  to‘sqinlik 
qiladilar. Ya‘ni bir poplatsiya ikkinchi populatsiya bilan defitsit (yetishmaydigan) resurslarni 
o'zlashtirishda kurashadilar. (Bu ma- sala populatsiyalar mavzuyida batafsil yoritilgan). 
Amensalizjm (-.0) — bunda bir populatsiya o'ziga zarar keltirmasdan ikkinchi populatsiyaning 
yashashiga  to'sqinlik  qiladi  yoki  uni  o'sishga  qo‗ymaydi.  Amensalizmga  tipik  misol  qilib 
antibiotik  zamburugMar  —  akti-  nomitsetlar  yoki  o'simlik  fitonsidlarining  parazit 
mikroorganizmlarga ko'rsatgan ta‘sirini olish mumkin. Amensalizm hodisasini suvning gu 
 
lashida  ham  ko'rish  mumkin,  ya‘ni  ko'payib  chiriyotgan  ko‗k-yashil  suvo'tlardan  ajralib 
chiqqan  toksinlar  (zaharli  moddalar)  ko'pchilik  zoo-  planktonlarning  oiimiga  sabab  boiadi 
yoki ularni siqib chiqaradi. 
6.
 
Parazitizm va yiritqichlik (+,-)— bunda bir populatsiya ikkinchi populatsiyaga hujum 
qilib  uning  yashashishga  zarar  keltiradi,  biroq  o‗zining  kelgusidagi  hayoti  ham  o‗ljasiga 
bevosita  bog'liqdir.  Agar  ja-  moadagi  bir  populatsiya  yirtqich  (birlamchi  konsument)  — 
odatda,  hay-  vonlar  o'ljasi  yoki  «xo‗jayini»  —  birlamchi  produtsent  (o‗simlik)  bo'lsa  ular 
o‗simlikxo‗rlar  deyiladi.  Agar  bir  populatsiya  ikkinchi  populatsiya  uchun  zararli  bo'lgan 
moddalarni ishlab chiqsa, bunda allelopatiya yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi. 
Biz  hammamiz  yirtqich  va  parazitlarga  nisbatan  g‗arazgo‗yligimiz  ku-  chli,  biroq 
odamlarning o'zlari ham tipik yirtqichlar hisoblanadi. 
Ular tabiiy epidemiyalarga ko'pincha o'zlari sabab bo‗ladilar. To‗g‗ri yirtqichlar va parazitlar 
o'simliklar  bilan  oziqlanib,  allelopatiyada  esa  bir  populatsiya  individlari  ikkinchi  bir 
populatsiya  individlariga  salbiy  ta‘sir  etib,  ulami  halok  qiladilar  yoki  zarar  keltiradilar, 
populatsiyalaming  o'sishini  susaytiradilar,  ularning  miqdorini  kamaytiradilar  va  hokazo. 
Lekin  yirtqichlarsiz,  parazitlarsiz  va  allelopotiyasiz  populatsiyalar  yashay  oladimi  yo'qmi, 
buni chuqur tahlil qilib 0‗rganilganda shu narsa aniq ravshan bo'ldiki, bu xildagi organizmlar 
populatsiyalar zichligini normal ta‘minlash imkoniyatini yaratadilar. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə