Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64

va  shu  belgilar  butun  guruhning  doimiy  funksiyalarini  aks  ettiradi.  Populyatsiya 
a'zolarining hayotiy belgilari:  
-tur vakillarining qalinligi,    -tug‘ilishi,   
-o‘lishi, -yosh bo‘yicha taqsimlanishi,        -ma‘lum hududda tarqalishi,  
 -organizmning biotik potensiali         
Populyatsiya  belgilarini  aniqlash  ekologik  tadqiqot  orqali  amalga  oshiriladi  va  umumiy 
ekologiya uchun katta ahamiyatga ega.  
Populyatsiyaning  belgilari  umumiy  genetik  xususiyatlari  bilan  ham  xarakterlanadi. 
Populyatsiya  o‘ziga  xos  ma‘lum  biologik  tashkiliy  tuzilishlarga  ega.  Laboratoriya  yoki 
tajriba  sharoitlarida  populyatsiyaning  guruhlik  belgilari  va  sonlarini  aniqlash  mumkin, 
tabiiy sharoitda ancha murakkab bo‘ladi.  
Populyatsiyalar  bir-birlari  bilan  asosan  eklogik  aloqalar  orqali  bog‘lanib  turadi. 
Populyatsiya  ichidagi  asosiy  qonun  bu  muhitdagi  juda  oz,  chegaralangan  resurslardan 
foydalanib, kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir.  Bunday holat populyatsiya a'zolarining 
miqdor o‘zgarishi, tur vakillarining o‘z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiriladi.  
 Populatsiyaning asosiy xususiyatlari: 

 
 Populatsiya  genetik  xususiyatlariga–organizmlarning  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ekologik 
moslashishi,  qayta  ko‘payishi  va  turg‘unligi  bo‘lib,  populatsiyning  turg‘unligi  uzoq  vaqt 
nasl qoldirish qobiliyatini saqlab qolishidir. 

 
Populatsiya  biologik  xususiyatlariga–populatsiya  a‘zolarining  hayot  sikli,  o‘sishga 
qobiliyati,  farqlanishi  va  o‘zining  son  sifatini  ushlab  tirish  xususiyatlari  kirib,  ular 
populatsiyni hosil qiluchi organizmlarga taaluqlidir.
  

 
Populatsiya guruhlik xususiyatlari Tur vakllarinig ma‘lum hududdagi  umumiy soni;  

 
Ma‘lum  maydon  uchun  tur  vakillarining  o‘rtacha  soni,  populatsiya  qalinligi  va 
makonda populatsyia a‘zolarinig massasi; 

 
Tug‘ilish-ma‘lum vaqt ichida tur vakllaridan hosil bo‘lgan yangi vakllar soni

 
O‘lish-ma‘lum vaqt ichida populatsiya ichidagi o‘lgan a‘zolar darajasi;  

 
Populatsiylarning o‘sish, tug‘ilish va o‘lisho‘rtasidagi farq; 

 
O‘sish tezligi-ma‘lum vaqt ichida populatsiya a‘zolari sonining o‘rtacha o‘sish tezligi.  
 
2.2.Populyatsiyalarning  klassifikatsiyasi  
 
Populyatsiyalarning  klassifikatsiyasi  
Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning 
makonda  tarqalishini  professor  N.P.Naumov  (1963)  quyidagicha  bo‘ladi:  elementar 
(boshlang‘ich, sodda),  ekologik  va geografik populyatsiyalar. 

 
Elementar populyatsiya – bu uncha katta bo‘lmagan, bir xil joyda uchraydigan 
tur  vakillarining  yig‘indisi.  Agar  biogeotsenoz  ichida  yashash  sharoiti  har  xil    bo‘lsa, 
populyatsiyalarning soni ko‘p bo‘ladi, tur ko‘p sonli populyatsiyalar hosil qiladi.  

 
Ekologik  populyatsiya  –  sodda  elementar  populyatsiyalar  yig‘indisidan  hosil 
bo‘ladi. Ular ma'lum biogeotsenozda tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi.  

 
Geografik populyatsiya – ekologik populyatsiyalarni o‘z ichiga oladi va bir hil 
geografik sharoitda, xududda uchraydi. Lekin geografik populyatsiyalar etarli darajada bir 
–  biridan  chegaralangan  bo‘lib,  katta-kichikligi,  ko‘payishi,  ekologik  moslanishlari, 
fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farq qiladi.  
 
2.3.Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillar    
Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ko‘p tabiiy omillar  ta'sir  qiladilar. Ular  
modifikatsiya va boshqaruvchi guruhlarga bo‘linadi. 



 
Modifikatsiya  (yoki  turlanuvchi)  omillarga  hamma  abiotik  omillar  kirib,  ular 
populyatsiyaning soni, sifati, zichligi, tuzilishi, ozuqa resurlariga faol ta'sir qiladi, ularning 
o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi,  ammo  o‘zlari  o‘zgarmay  qoladi.  Organizm  abiotik  omillar 
ta'sirini sezadi, ular qulay bo‘lganda populyatsiya a'zolari haddan ziyod ko‘payib ketadi.  

 
Boshqaruvchi  omillar  -  popuyatsiya  a'zolarining  miqdorini  o‘zgartiradi,  o‘zgarishni 
tezlashtiradi, 
optimal 
holatdan 
chetlashtiradi. 
Bunday 
boshqaruvchi 
omillarga 
organizmlarning  bir-birlari  orasidagi  biotik  munosabatlar  kiradi.  Organizmlar  bir-birlari 
bilan aoqada yashaydi, guruhlar hosil qiladi, bir-birlari sonini boshqarib turadi. 
 
Populyatsiya  biologik  birliklar  -  biotsenozlar  ichida  o‘rganiladi.  Ular  faqat 
laboratoriya  sharoitida  yoki  alohida  o‘ralgan,  chegaralangan  joylardagina  yakka-yakka 
o‘rganilishi mumkin.  
Tabiatda populyatsiyaning turli hil tiplari uchraydi:  

 
yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi);  

 
panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi);  

 
mendelcha  populyatsiya  (bir  geografik  arealda  tarqalgan,  ko`payish  va  boshqa 
xususiyatlari bir xil bo`lgan individlar majmui);  

 
izogen  populyatsiya  genetik  jihatdan  aynan  o`xshash,  ya`ni  barcha  lokuslar 
(xromosomaning  bir  gen  joylashgan  chiziqli  uchastkasi)  bo`yicha  ko`pchilik  hollarda 
gomozigota bo`lgan individlar guruhi;  

 
muvozanatlangan  populyatsiya  —  genlar  chastotasi  (takrorlanishi)  mutatsion  va 
seleksion  tazyiqlar  o`rtasidagi  muvozanatga  asoslanib  o`zgarib  turadi  va  tasodifiy 
juftlashish  prinsipiga  ko`ra  juftlashishda  hamda  lokuslararo  erkin  rekombinasiyalanishda 
genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga mos keladi.  
Fanda  mavjud  bo`lgan  ideal  populyatsiya  tushunchasi  tabiatda  uchramaydi  va  u  faqat 
matematik  modellarda  xisobga  olinadi.  Masalan,  zog`ora  baliq  yirik  ko`llarda  2  ta 
populyatsiya  hosil  qiladi,  ulardan  biri  qirg`ok,  yaqinida  yashab,  mayda  xayvonlar  bilan 
oziqlanadi  va  sekin  o`sadi;  ikkinchisi  suvning  chuqur  qismida    yashab,  baliqlar  bilan 
oziqlanadi  va  tez  o`sadi;  g`o`zaning  yovvoyi  turlari,  shuningdek,  ekiladigan  navlari 
populyatsiyasi  harorat,  yorug`lik,  suv  rejimi,  oziqlanish  va  boshqalarga  nisbatan  turlicha 
reaksiyalar bilan xarakterlanadigan juda ko`p guruhlardan tashkil topgan. 
Populatsiyaning tuzilishi 

 
Populatsiya a‘zolarining jins yosh bo‘yicha, morfologik ko‘rinishi, fiziologik jarayoni, 
xulqiy xolatlari, genetik xususiyatlari va xududlar bo‘yicha taqsimlanishi populatsiyaning 
tuzilishini aks ettiradi.  
Populatsiyalar quyidagicha tuzilishda bo‘ladi; 

 
Populatsiyalarning  yoshiga  qarab  tuzilishi;  Populatsiyaning  yosh  boyicha    tuzilishi 
uning  muhim  belgisi  bo‘lib,  populatsiyaning  tug‘ilishi  va  o‘lishiga  ta‘sir  qiladi.tezkor 
ko‘payayotgan populatsiyalarning asosiy qismini yosh vakllar tashkil qiladi.  

 
Populatsiyaning  jins  boyicha  tuzilishi;  populatsiya  a‘zolarining  yosh  boyicha  va  jins 
bo‘yicha tarkibi doim bir-birlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Populatsiya vakllarinig hayoti uning 
yosh bo‘yicha tuzilishiga qaramdir. 

 
Populatsiyaning  makonda  tuzilishi;  populatsiyani  hosil  qiladigan  tur  vakllari  har  xil 
makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. Bu bilan ular o‘zlari  yashaydigan joy va 
ozuqa  bilan  ta‘minlanadi  hamda  o‘sish,  ko‘payish  va  rivojlanish,  nasl  qoldirish  uchun 
muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo‘ladi.  

 
Populatsiyaning  etiologik  tuzilishi-  uning  a‘zolari  ortasidagi  qonuniy  aloqalar  bo‘lib, 
uning asosida hayvonlar xulqlarini o‘rganadigan ish yotadi.  
 
 
 
 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə