Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekologik omillar ularning bo‘linishi



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64

 
1.3.Ekologik omillar ularning bo‘linishi 
 
Muhit tushunchasi fanda turli ma‘nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, 
falsafiy,  ijtimoiy  va  boshqalar.  Ekologiyada  muxit  deb  tirik  organizmni  o‗rab  turgan  fizik 
qurshovni e‘tiborga olinadi. Muxit tevarak-atrofdagi o‗zaro bog‗lanishlardagi shart-sharoitlar 
va ta‘sirlar majmuidir. 
Odatda  tabiiy  va  sun‘iy  muxitlar  ajratiladi.  Tabiiy  muxitni  suv,  quyosh,  shamol, 
xavo, er, o‗simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun‘iy muxit 
inson tomonidan yaratilgan bo‗lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy 
muxitlar  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‗lik.  Ularning  bog‗liqligini  ekologik  muxit 
tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muxit tabiiy va sun‘iy atrof-muxit bo‗lib, tirik mavjudotlar 
sub‘ekt  va  ob‘ekt  ta‘sirlar  sifatida  qatnashib,  ta‘sirlar  soni  esa  tevarak  atrofni  saqlab  qolish 
yoki  xavf  solish  sharoitini  keltirib  chiqaradi.  Ekologik  muxit  muayyan  ekologik  tizim 
xisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin. 
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera xayotni rivojlanishiga imkon beradigan erning tavsifi 
va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-
muxitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‗lgan munosabatini bildiradi. 
Ekologik  muxit  muvozanatda  yoki  muvozanat  buzilgan  xolatlarda  bo‗ladi.  Tirik 
organizmlarning xayoti o‗zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror xolatida muvozanat 
o‗zgarmaydi, aksincha, muxitning shart-sharoitlari va ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz xolat 
kelib chiqadi. 
Ekologik  muxitning  buzilishi  atmosferaning  yer  ostki  suvlarining  ifloslanishi,  qattiq 
chiqindi  moddalarning  to‗planishi  va  ozuqaning  zaxarlanishi,  shovqinlarning  ko‗payishi, 
radioaktiv  moddalar  va  boshqalarning  ta‘sirini  ortib  borishida  ko‗rinadi.  Inson  tabiat 
qonunlarini  chuqurroq  o‗rganish  o‗rniga  xayot  muxitini  tezkorlik  bilan  buzib  ifloslantira 
boshladi.  (Tirik  organizmlar  - to‗rtta asosiy muxitlarda tarqaladi. Ulardan ikkitasi,  ya‘ni suv 
va  xavo  muxitlari  o‗lik,  tuproq  muxiti  oraliq  va  organizm  (muxit  sifatida)  tirik  xususiyatga 
ega. Xar bir xayot muxiti o‗z navbatida organizmlar yashashi uchun xar xil yashash joylaridan 
iborat. Masalan suv muxiti quyidagi xolatda uchrashi mumkin, chunki va sho‗r suv, ko‗lmak 
va  oqar  suv,  chuqur  va  sayoz,  iliq  va  sovuq  va  xokazolar.  Xavo  va  tuproq  xam  nixoyatda 
xilma-xil  yashash  joylarini  tashkil  etadi.  Tirik      organizmlar  (o‗simliklar,  zamburug‗lar, 
xayvonlar) xam parazit va   simbiontlar uchun muxit sifatida o‗ziga xosdir. 
Moslashish 
Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o‗ziga xos to‗rtta 
muxitda  tarqalgan  ekan,  ulardan  biri  xisoblangan  suv  muxitida  dastlab  xayot  kelib  chiqqan. 
Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib, tuprok xosil bo‗lishida qatnashadilar va uni 
egallaydilar.  SHuningdek,  xavo  va  boshqa  bir  tirik  organizmni  ichida  yoki  sirtida  xam 
tarqalganlar. Demak, bizga ma‘lum bo‗lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari xisoblangan 
uvoqlilar,  zamburug‗lar,  o‗simliklar  va  xayvonlar  ana  shu  muxitlarda  yashashga 
moslashganlar.  Xush  moslashishni  o‗zini  qanday  tushunish  kerak?  Moslashish  yoki 
adaptatsiya ayrim individlar, populyasiyalar tur yoki jamoalarning morfofiziologik xulqiy va 
axborot  biotsenotik  xususiyatlarining  majmuidan  iborat  bo‗lib,  boshqa  individlar, 
populyasiyalar,  tur  yoki  jamoalar  bilan  yashash  uchun  kurashda  g‗olib  chiqishga  sababchi 
bo‗ladigan,  shuningdek  abiotik  muxit  omillarining  ta‘siriga  chidamliligini  ifodalaydi. 
Moslashish  turli  darajalarda  va  ko‗rinishlarda  namoyon  bo‗ladi.  Masalan  xarorat  omiliga 


moslashish  molekulyar  darajadan  boshlab  to  biotsenotik  darajagacha  kuzatilishi  mumkin. 
Kupchilik  o‗simliklar  ortiqcha  kizib  ketishdan  saqlanish  uchun  boshqa  o‗simlik  turining 
soyasida o‗sadi. Bu erda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‗lmokda. Asalarilarning 
uyalarini xaddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi 
moslashishga  misol  bo‗ladi.  Xayvonlarning  ter  bezlari  orqali  tanasini  sovutishi  yoki 
o‗simliklarni  transpiratsiya  orqali  barg  yuzasini  sovutishi  kabilar  organizm  darajasidagi 
moslanishlardir. Kuchli yorug‗lik ta‘sirida xloroplastlarning xujayra devori ostida ma‘lum bir 
tartibda  joy  olishi  xujayra  darajasidagi,  termofil  mikroorganizmlaring  oqsillarini  yuqori 
xarorat ta‘siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi moslashish xisoblanadi. 
Ekologik omillar va ularning tasnifi 
Muxit organizmning fizik qobig‗i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va 
boshqa  omillarning  majmui  bilan  namoyon  bo‗ladi.  Omil  tirik  organizmlarga  to‗g‗ridan-
to‗g‗ri  ta‘sir  etuvchi  muxitning  ayrim  bir  tarkibiy  qismidir.  SHunday  qilib,  ekologik  omilni 
tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart-
sharoiti deb qarash kerak. 
Ekologik  omillar  juda  xilma-xil.  SHuning  uchun  ularni  tasniflash  zarur  buladi. 
Ekologiyaning  tarixidan  ma‘lumki,  omillarning  tasnifi  ancha  murakkab  masalalardan  biri 
xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun  yoki birgalikda ta‘sir etadi. Ular 
ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta‘sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning 
xilma-xil  ta‘sir  etishi  emas,  balki  kelib  chiqish  manbaiga  qarab  ajratish  lozim.  Omilni 
aniqlashda  uni tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va o‗ziga xos ta‘siri muxim axamiyatga 
ega. 
Ekologik  omillarni  tasniflashda  uning  tabiati,  xarorat,  nurlanish,  bosim  muxitning 
reakyiyasi  va  boshqalar  doimo  o‗ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‗ladi.  D.N.  Kashkarov  (1933) 
omillarni  uch  guruxga  ajratadi:  iqlim,  edafik  va  biotik.  V.V.Alexin  (1950)  iqlim,  edafik, 
orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi. 
Ta‘rifga binoan omil  muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri   ta‘sir   etmaydi. SHubxasiz, ma‘lum bir joyning dengiz satxidan absolyut 
balandligi,  tog‗liklarning  qiyalik  burchagi  darajasi  yoki  suv  xavzasining  chuqurligi  kabilar 
xam  ana  shunday  xususiyatga  ega.  Ular  tirik  organizmlarga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ta‘sir  etmay, 
balki  bevosita  ta‘sir  etgan  xolda  boshqa  omillar,  ya‘ni    xarorat,  bosim  va  xokazolarni  ta‘rif 
etish xususiyatini o‗zgartiradi. 
Muxit  keng  ma‘noda  qaralib,  uning  tarkibida  faollik  ko‗rsatuvchi  omillar  mavjud. 
Omillarni  ta‘sir  etuvchi  va  xayot  sharoiti  uchun  zarur  guruxlarga  ajratish  mumkin.  Ta‘sir 
etuvchi omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta‘sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari 
yoki  boiqa  ko‗rinishlardagi  o‗zgarishlarini  keltirib    chiqaradi.  Bularga  xar  xil  mutagen 
omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‗rsatish mumkin.  
Xayot  sharoiti  uchun  zarur  bo‗lgan  omillar  o‗z  navbatida  tirik  organizmlarning 
yashashi uchun zarur bo‗lgan xayoti va o‗sishini ta‘minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti 
(ontogenszni ta‘minlovchi) omillariga bo‗linadi. 
YAshil  o‗simliklarning  xayoti  uchun  zarur  bo‗lgan  omillar  kosmik  (yorug‗lik, 
xarorat)  va  Erdagi  suv  va  ozuqa  omillarga  ajratiladi.  Ushbu  omillar  mavqei  jixatdan  bir-biri 
bilan  barobar,  shuningdek,    boshqa  omil  bilan  almashtirib  bo‗lmaydi.  Ilmiy-texnik  taraksiet 
tufayli  inson  yashil  o‗simliklar  uchun,  zarur  bo‗lgan  kosmik  omillarni  boshqara  olish 
imkoniyatiga ega bo‗ldi. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə