Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64

5. Tabiatda oz uchraydigan va yo‗qolib borayotgan o‗simlik va xavonlarni muxofaza 
qilish, ko‗paytirish yo‗llarini ishlab chiqish lozim.  
6.  Ekologshik  kulfatlar  chegara  bilmasligini  nazarda  tutgan  xolda  jaxon  jamiatchiligi 
e‘tiborini  mintaqaning  ekologik  muammolariga  qaratish  lozim.  Orol  muammosi  bugungi 
kunda  chinakam  keng  ko‗lamli,  butun  sayyoramizga  daxldor  muammo  bo‗lib  qolganligini, 
uning  ta‘siri  xozirning  o‗zidayoq  biologik  muvozanatni  buzayotganligini,  bepoyon 
xududlarda  aholining  genofondiga  xalokatli  ta‘sir  ko‗rsatayotganligini  nazarda  tutish  lozim. 
Xalqaro  tuzilmalarning  zaxiralari,  imkoniyatlari  va  investitsiyalarini  ana  shu  muammolarni 
xal qilishga jalb etish – birinchi darajali vazifadir.  
7.  Ekologik  ong,  ekologik  ma‘naviyat,  ekologik  ta‘lim  va  tarbiya  tizimlarini 
shakillantirish va bu soxada ommaviy axborot vositalari ishini fasillashtirish lozim bo‗ladi.  
Atrof-muhitni  muxofaza  qilish  borasidagi  yuqorida  qayd  etilgan  ta‘sirchan  chora-
tadbirlarni amalga oshirish yaqin vaqt ichidayoq olingi tizimdan yosh respublikaga mos bo‗lib 
qolgan  ekologiya  soxasidagi  ko‗pgina  illatlar,  kamchiliklar  va  xolatlarni  bartaraf  etish 
imkoniyatini  yuzaga  keltiradi.  SHuningdek,  keng  ko‗lamdagi  ekologik  tenglik  taxdidini 
barxam  toptirish,  respublika  axolisi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  hamda  ekologik  jixatdan 
musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.  
Ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi  
Rossiyada  ekologiyaning  rivojlanishida  K.F.Rule  asarlari  katta  rol  o‗ynagan.  Uning 
asarlarida  xayvonlarni  boshqa  ornanizmlar  va  obiotikmuxit  bilan  o‗zaro  bog‗liq  xolda 
o‗rganish zarurligi ta‘kidlangan. XIX asr o‗rtalarida agrokimyo fani katta yutiqlarga erishdi. 
Ekologiyaning  mustaqil  fan  sifatida  shkaillanishaga  CH.Darvinning  ―Turlarning  kelib 
chiqishi...‖ (1859) asari katta ta‘sir ko‗rsatdi.  
XX  asr  boshlarida  o‗simlik  va  xayvonlarning  abiotik  muxit  bilan  birgalikda  o‗zaro 
ta‘sirini  tekshirish  masalasi  qo‗yildi.  Bu  masala  xao  etilgach,  ichki  suv  xavzalarini 
o‗rganishda  katta  muvaffaqiyatlarga  erishildi.  Suvli  muxitdagi  xar  xil  formali  xayot 
to‗g‗risidagi  fan  gidrobiologiya  deb  ataldi.  Gidrobiologlar  tabiatdagi  moddalar  aylanishi  va 
energiya  trasfarmatsiyasida  organizmlarning  rolini  birinchi  bo‗lib  o‗rgana  boshladilar.  Ular 
ekologiyaning  rivojlanishi  uchun  muhim  bo‗lgan  biomassa  (nkmis  olimi  R.Demol)  va 
biotsenoz mahsuloti (R.Demol va nemis olimi A.Tineman) tushunchalarini ta‘riflab berdilar.  
Quruqlikda  moddalar  aylanishini  miqdoriy  jixatdan  o‗rganish  ishlari  keyinroq  (XX 
asrning 
30-50-yillaridan) 
boshlandi. 
Bu 
ishlarning 
rivoj 
topishiga 
Rossiyada 
tuproqshunoslikning  paydo  bo‗lishi,  xususan,  XIX  asr  oxirida  V.V.Dokuchaevning  tuproq 
muxitning abiotik va biotik tarkiblari o‗zaro ta‘siri natijasida vujudga kelgan maxsus jisimlar 
deb  talqin  etgan  tasavvuri  asos  bo‗ldi.  XX  asr  boshlarida  quruqlikdagi  ekologik  tadqiqot 
ishlarini  botaniklar  va  zoologlar  aolhida-aloxida  olib  bordilar.  O‗simlik  guruxlariga  katta 
e‘tibor  berildi.  O‗simlik  guruxlarining  tuzilish  qonuniyatlarini  o‗rganuvchi  fitosotsiologiya 
(keyinroq  fitotsenoloiya)  fani  paydo  bo‗ldi.  SHu  davrda  guruhlarning  almashinish  protsessi 
qonuniyati 
–  suksessiya  jadal  tadqiq  etildi.  O‗simlik  guruxlarini  o‗rganishda 
G.F.Morozovning  ―O‗rmon  to‗g‗risida  ta‘limot‖  (1912)  va  V.N.Sukachyovning  ―O‗simlik 
guruxlari  xaqidagi  ta‘limotiga  kirish‖  (1915)  asarlari  muhim  rol  o‗ynadi.  Nazariy 
ekologiyaning  rivojlanishiga  ingliz  olimi  CH.Eltonning  ―Xayvonlar  ekologiyasi‖  (1927) 
kitobi xam katta ta‘sir ko‗rsatdi.  
20-30-yillarda  akademik  V.I.Vernadskiy  biosfera  to‗g‗risidagi  ta‘limotini  yaratdi. 
V.I.Vernadskiyning  g‗oyalari  butun  jaxogna  ekologik  tafakkurga  katta  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Rus 


olimi  G.F.Gauzening  eng  sodda  xayvonlar  va  mikroorganizmlar  to‗g‗risidagi  olib  borgan 
eksperimental ishlari butun jahonga mashhur bo‗ldi.  
Ekologik  g‗oyalarni  rivojlantirishda  va  kadr  tayyorlashda  D.N.Kashkarovning 
―O‗simliklar guruhi va muxit‖ (1933) hamda ―Xayvonlar ekologiyasi asoslari‖ (1938) asarlari 
muhim  rol  o‗ynadi  va  hozirgi  kungacha  o‗z  axamiyatini  yo‗qotmagan.  Rus  botaniklari 
V.N.Sukachyov boshlagan fitotsenologiyadagi eksperimental yo‗nalishni ishlab chiqdilar, bu 
yo‗nalishning asosiy vazifasi turlar ichidagi va turlar aro raqobatni tekshirishdir.  
Ekologiyani  rivojlantirish  uchun  ekosistema  va  biogeotsenoz  tushunchalarning 
shakillanishi katta axamiyatga ega bo‗ldi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan 
organizmlar (avtotroflar va geterotroflar)ning xar qanday to‗dasini va ular xayoti uchun zarur 
abiotik muxitni ekosistema deb tushunadi. Biogeotsenozaning V.N.Sukachyov asoslab bergan 
juda aniq tushunchasi er yuzining muayyan teritoriyasida yashaydigan o‗simliklar, xayvon va 
mikroorganizmlarning shu territoriya landshafti, iqlim, tuproq xamda gidrolik sharoitlari bilan 
birligini anglatadi. Bu tushunchalarning kiritilishi ekologiyaning xar xil bo‗limlarini bir-biriga 
yaqinlashtirish  imkonini  beradi  va  ekosistema  doirasida  moddalar  aylanishi  va  energiya 
oqimini o‗rganish singari umumekologik muammolarni qo‗yishga olib keladi.  
Undan  tashqari  rus  olimlaridan  B.A.Keller,  V.V.Alexin,  V.G.Ramenskiy,  chet  el 
olimlaridan  F.Klements,  K.Raunkier,  I.Baraun-Blake,  G.Odum,  YU.Odum  va  boshqalarning 
fitotsenologiya 
xamda 
umumiy 
ekologiya 
asoslari 
soxasidagi 
ishlari 
umumiy 
biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa qo‗shdi.  
Xozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi 
protseslarni  tadqiq  etishdir.  Odam  va  biosfera  o‗rtasidagi  o‗zaro  ta‘sirlashuv  sinchiklab 
o‗rganilmoqda.  Xalqaro  biologik  pragramma  doirasida  o‗tkaziladigin  ishlar  1964  yilda 
boshlandi,  uning  asosiy  maqsadi  –  er  sharining  xar  xil  joylaridagi  ekosistemalarning 
maxsuldorligini  o‗rganish.  Ekologiyaning  asosiy  vazifasi  odam  yaratgan  va  tabiiy 
sistemalarning  strukturalari  xamda  funksiya  bajarish  asoslarini  miqdoriy  uslublar  yordamida 
batafsil  o‗rganishdan  iborat.  Individlarning  joylashishi,  populyasiyaning  yoshi,  jinsiy  va 
ekologik strukturasini o‗rganish xam ekologiyasiga kiradi. Asosiy turlar: qishloq xo‗jalik va 
o‗rmon  xo‗jaligi  zararkurandalari,  kasallik  qo‗zg‗atuvchi  va  tarqatuvchilar  populyasiyalari 
soning o‗zgarishiga alohida e‘tibor beriladi.  
Populyasion  ekologiya  genetika,  fiziologiya,  etologiya,  biogeografiya,  sistematika, 
demografiya 
bilan 
biogeotsenologiya 

biokimyo 
tuproqshunoslik, 
gidrologiya, 
gidrokimyoviy  iqlimshunoslik  va  boshqa  fanlar  bilan  bog‗liq.  Falsafa,  fizika,  matematika 
yutuqlari  ekologiyaga  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Kishilik  jamiyatning  xozirgi  rvojlanish 
bosqichida  odamning  biosferaga  ta‘siri  ortdi.  Ekologiyaning  amaliy  axamiyati  o‗sdi. 
Ekologiya tabiat resurslarini qo‗riqlash va ulardan foydalanish bilan bog‗liq bo‗dgan hamma 
tadbirlar usun ilmiy baza bo‗lib xizmat qilishi kerak.  
 
1.2.Autekologiya tushunchasi 
O‗z vaqtida E.Gekkel qayd qilib o‗tganidek, ekologiya faqat o‗simlik va xayvonarni 
emas,  balki  bubun  tirik  organizmlarni,  ularning  o‗lib  ketgan  ajdodlarini  bir  xil  darajada 
o‗rganadi.  
Ekologiya  bo‗limlarning  umumiy  vazifalari  va  yo‗nalishlari  birlashgan.  Lekin 
o‗simliklar,  sanoat  yoki  insonlar  ekologiyasi  kabi  yo‗nalishlarning  xar  birini  o‗ziga  xos 
tadqiqot  usullari  bor.  Masalan,  o‗simlikning  ekologiyasi  abiotik  omillarning  ayrim  o‗simlik 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə