Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64

SHunday  qilib,  xozirgi  vaqtda  ekologik  omillar  kelib  chiqishiga  vaqt  bo‗yicha, 
muxitga, xarakteriga, ob‘ektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi. 
Ekologik  omillarni  abiotik  (o‗lik  tabiatning  ta‘siri),  biotik  (tirik  organizmlar  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  ta‘sir)  va  antropogen  (insonning  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  ta‘sir) 
omillarga bo‗lib o‗rganiladi.   
Abiotik omillarga kuyidagilar kiradi: 
1.  Iqlim,  yorug‗lik,  xarorat,  xavo,  namlik  (xar  xil  shakllardagi  yog‗ingarchiliklar, 
tuproq va xavoning namligi
 
qor qoplami); 
2.  Edafik  (yoki  tuprok.  gurunt)  —  tuproqning  mexanik  va  kimyoviy  tarkibi,  uning 
fizik xossalari va boshkalar.                       
3. Topografik (yoki    orografik) - relef  sharoiti. 
Biotik  omillarga  quyidagilar  kiradi:  1.  Fitogen  -  birgalikda  yashayotgap 
o‗simliklarning  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  (mexanik  ta‘sirlar,  simbioz,  parazitlik,  epifitlarnnng 
yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar  yashayotgan muxitni o‗zgartirishi) kabi ta‘sirlari; 2. 
Zoogen - xayvonlarning (oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta‘sirlar, changlatish, 
meva va urug‗larni tarqatishi, muxitga ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen-
mikroorganizmlar va zamburug‗larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‗zgartirish) ta‘siri. 
Antropogen  omillar  insonning  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  omillardir. 
Antropogen  ta‘sir  natijasida  tirik  organizmlar  yashash  muxitining  o‗zgarishi  o‗z  navbatida 
ekotizimlarning  tarkibiy  qismlari  o‗rtasidagi  bog‗lanishlarning  buzilishiga,  inqirozga  yuz 
tutishiga  (cho‗llarni  o‗zlashtirish,  o‗rmonlarni  kesib  yuborish,  pichan  o‗rish  va  mol  boqish, 
suv,  tuproq  va  xavoni  sanoat  chiqindilari,  zararli  kimyoviy  moddalar,  maishiy  chiqindilar 
bilan  ifloslantirish  va  zaxarlashga  olib  keladi.  Ba‘zi  xollarda  biotsenozlarning  butunlay  yuq 
bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi (1-jadval) .   
Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta‘siri 
Ma‘lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta‘sir etishi 
mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, ularning tirik organizmlarga 
ta‘sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo‗lgan qonuniyatlar xam mavjud. 
Organizmning  normal  rivojlanishi  uchun  ma‘lum  darajada  qulay  ekologik  omillar  majmui 
talab etiladi. Xar bir omilning organizmga ta‘sir etish kuchi xamda quyi va yuqori ta‘sir etish 
chegaralari  bo‗ladi.  Omilning  kuchli  ta‘sir  etuvchi  kuchi  optimum  zona  deb  qaraladi  yoki 
optimum  deb  ataladn.  Ekologik  omil  organizmga  xaddan  tashqari  kuchsiz  (minimum)  va 
kuchli  (maksimum)  ta‘sir  etishi  mumkin.  SHunday  qilib,  xar  qanday  ekologik  omilning 
optimum,  minimum  va  maksimum  ta‘siri  bo‗lar  ekan.  Minimum  va  maksimum  chegaralari 
kritik  nuqta  deb  ataladi.  Kritik  nuqtalardan  ortiq  kuch  ta‘sirida  organizm  nobud  bo‗ladi  (2-
rasm) .   
Omilning  kuchli  ta‘sir  etishi,  ya‘ni  optimum  qonunning  or-ganizmlarga  ta‘sirini 
tushunib  olish  uchun  g‗o‗za  o‗simligini  xavo  xaroratiga  bo‗lgan  munosabati  va  uning 
optimum, minimum va maksimum nuqtalari xaqida tuxtab o‗tamiz. Ma‘lumki, chigitning unib 
chiqishi uchun temperatura 14-16°S bo‗lishi zarur. Baxorda xarorat past kelsa, chigitning unib 
chikishi kechikadi. Bizning sharoitda g‗o‗za nixollari paydo bo‗lgan vaqtda xavo bilan tuproq 
temperaturasi sekin-asta ko‗tariladi va odatda, normal darajada bo‗ladi. Temperatura 38°S dan 
yuqori bo‗lganda, ayniqsa, nam kam bo‗lsa, o‗simlik qizib ketadi. Temperatura 1-2°S bo‗lsa, 
g‗o‗za  nixollarini  sovuq  uradi.  Kuzdagi  3-4°S  sovuq  xam  g‗o‗zani  nobud  qiladi.  SHunday 
qilib,  g‗o‗za  o‗simligining  vegetatsiya  davomida  minimum  nuqtadan  xaroratni  1-4°S 
pasayishi  uni  nobud  bo‗lishiga  olib  keladi.  14-16°S  dan  38°S  gacha  oraliqdagi  temperatura 


o‗simlik  o‗sishi  uchun  qulay,  undan  yuqorisi  esa,  noqulay  xisoblanadi.  G‗o‗za  o‗simligi 
uchun maksimum nuqta 46-47°S deb qarash mumkin. 
Muxitning  biror  omiliga  keng  doirada  moslashgan  ekologik  turlarga  evri-old 
qo‗shimchasini  qushib,  tor  doirada  moslashganlarga  steno-old  qo‗shimchasini  qo‗shib 
nomlanadi.  Temperaturaga  nisbatan  evriterm,  stenoterm,  namlikka  nisbatan  evrigidrid, 
stenogidrid,  sho‗rlanishga  nisbatan  evrigal,  stenogal.  Ekologik  omillarniig  ta‘sir  etish  kuchi 
bilan organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarning o‗zaro ta‘siri bosimga nisbatan evribat, stenobat 
ekologik guruxlar ajratiladi. 
Tashqi  muxitning  turli  omillarga  nisbatan  ekologik  valentliklar    yig‗indisi  turning-
ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‗lda o‗suvchi sho‗raklar tuproqning sho‗rligiga, 
kurg‗okchilik  va  yuqori  tsmperaturaga  yaxshi  moslashgan.  Ushbu  omillarga  moslanish 
shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‗rlanishiga chidamsiz 
ekanligini ko‗rish mumkin. 
Ayrim  turlarning  ekologik  spektri  bir-biriga  tug‗ri  kelmaydi.  Xatto  bir  xil  sharoitda 
yashayotgan  va  moslashish  xususiyati  xam  o‗xshash  bo‗lgan  turlar  ozmi-ko‗pmi  miqdorda 
o‗zining ekologik imkoniyatiga ega bo‗ladi. Izen va teresken o‗simliklari kurg‗okchil va issiq 
sharoitga  moslashgan  turlar  xisoblanib,  ulardan  birinchisi  nisbatan  kurg‗okchilikka  xam, 
yuqori xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi. 
Ekologik  omillar  organizmning  turli  funksiyalariga  xam  turlicha  ta‘sir  etadi.  Sovuq 
qonli xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‗lishi modda almashinuvi jarayonini 
tezlashtiradi,  ammo  ularning  faolligi,  ya‘ni  xarakatlanishi  susayadi.  Bunda  xayvonlar  tinim 
xolatiga o‗tadi. 
Ayrim  individlarning  tashqi  muxit  omillariga  chidamlilik  darajasi,  kritik  nuqtalari, 
optimal  zonasi  xam  tug‗ri  kelmaydi.  Ushbu  individning  irsiy,  jinsiy,  yosh  yoki  fiziologik 
xususiyatlari  bilan  bog‗lik,  bo‗lishi  mumkin.  Don  maxsulotlari  va  unda  yashovchi  mita 
kapalagining  g‗umbagn  uchun  kritik  temperatura  -  7°S  ni  tashkil  etsa,  katta  yoshdagilari 
uchun 22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‗umbakni nobud qiladi, ammo 
ularning davri va tuxumlariga ta‘sir etmaydi. 
Muxitning  ayrim  ekologik  omillari  organizmga  bir  vaqtda  ta‘sir  etadi.  Ushbu 
omillarning  ta‘siri  boshqa  omillarning  mikdoriga  bog‗liq  bo‗ladi.  Buni  omillarning  uzaro 
ta‘sir etish qonuniyati deyiladi.   
Organizmning normal xayoti uchun ma‘lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha 
shart-sharoitlar  qulay bo‗lib, ulardan biri etarli  miqdorda bo‗lmasa, uni  cheklovchi omil  deb 
ataladi.  CHeklovchi  omil  organizmni  ushbu  sharoitda  yashashi  yoki  yashay  olmasligini 
belgilab beradi. 
Turlarning  shimolga  tomon  siljishiga  temperatura  omilining  etishmasligi  ta‘sir  etsa, 
kurgokchil rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta‘siri cheklovchi xisoblanadi. 
CHsklovchi  omillar fakatgina abiotik  omillar bulib kolmay, balki biotik  omillar xdm  bulishi 
mumkin.  Gulli  usimliklar  turlarini  biror  joyga  iklimlashtirishda  ularni  changlatuvchn 
xdsharotlar  cheklovchi  omil  buladi.  CHsklovchi  omillarnn  anikdash  amaliy  jixatdan  muxim 
axamiyatga ega.  
Organizmning  yaxshi  o‗sishi,  rivojlanishi  abiotik  omillarning  optimal  (zona)  sharoiti 
ta‘sirida  bo‗lsa,  ularning  yomon  xolati  ....  (nobud  bo‗lishi)  minimal  sharoitda,  ya‘ni  abiotik 
omillarning salbiy ta‘siri natijasida yuzaga keladi    
Abiotik omillar   


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə