Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64

Eng  muxim  ekologik  omil,  xayot  omillaridan  biri  -  bu  yorug‗lik  xisoblanadi. 
Ultrabinafsha  nurlar  orasida  er  yuzasiga  etib  keladigan  faqat  uzun  to‗lqin  uzunlikdagilar 
(to‗lqin  uzunligi  290-3  80nm)  xisoblanadi.  Qisqa  to‗lkin  uzunlikdagi  nurlar  esa  tiriklikni 
xalok qiluvchi xisoblanib, 20-25 km balandlikda O
3
 molekulasidan tashkil topgan ozon ekrani 
tomonidan to‗liq yutiladi. To‗lqin uzunligi uzun bo‗lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy 
faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar uchun zarar bo‗lib, kamroq miqdordagisi esa 
kupchilik turlar uchun zarur xdsoblanadi. 
Demak, yoruglik manbai quyosh radiatsiyasi xisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh 
radiatsiyasining  42  foizi  atmosfera  orqali  qaytariladi,  15  foizi  atmosferani  isitishga  ketadi, 
faqatgina 43 foizi er yuziga kelib tushadi. O‗simliklar tomonidan yil bo‗yi qabul qilinadigan 
yorug‗lik - faqatgina yorug‗lik tezligiga bog‗lik, bo‗lib qolmasdan, u kunning uzunligiga xam 
bog‗liq buladi (jadval-2). 
Kunning  uzunligi  ekvatordan  qutblarga  tomon  oshib  boradi.  O‗simliklar  qoplami 
uchun  butun  yil  bo‗yi  qabul  qilinadigan  radiatsiya  yig‗indisi  emas,  balki  yil  davomida 
o‗simliklar o‗sish mavsumidagi yorug‗lik miqdori axamiyatga egadir. 
O‗simliklar faqat o‗ziga bevosita tug‗ri tushadigan yorug‗likdan emas, balki tarqoq 
xolda tushadigan yorug‗likdan xam foydalanadi. 
Tug‗ri  tushadigan  quyosh  nurlari  ko‗pincha  o‗simliklar  uchun  xavfli  bo‗ladi. 
CHunki  nurning  ta‘siri  natijasida  o‗simliklar  sitoplazmasi  va  xlorofillari  nobud  bo‗ladi. 
Tarqoq  xolda  tushadigan  yorug‗lik  o‗simliklar  tomonidan  to‗la  o‗zlashtiriladi.  U  foydaliroq 
bo‗lib,  uning  50-60%  fotosintez  jarayoni  uchun  muxim  bo‗lgan  zangori-qizil  nurlardan 
iboratdir. Tug‗ri tushadigan yorug‗likda bu xildagi nurlar mikdori 30-35% dan oshmaydi. 
YOrug‗lik  sezuvchi  o‗simliklardan  barglar  asosan  kunning  eng  xavfli  soatlarida  radiatsiyani 
kam  qabul  qilishga  moslashgan.  Barglar  gorizontal  tekislikka  nisbatan  katta  burchak  bilan 
joylashadi, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada xamda juda kup 
o‗tchil  o‗simliklarda  ko‗rishimiz  mumkin.  Masalan,  yovvoyi  lagun  o‗simligida  xamma 
barglari  shimoldan  janubga  tomon  qaratilgan.  Buning  natijasida  tush  paytlaridagi  kuchli 
quyosh nurlari oz mikdorda qabul qilinadi. Bunday o‗simliklarga kompas o‗simliklar deyiladi. 
Quyosh  yorug‗ligi  -  turli  xil  to‗lqin  uzunligidagi,  turli  xil  rangli  nurlardan  tashkil  topadi. 
Masalan,  qizil,  sariq,    xavorang,  ko‗k,  zangori  binafsha  rang.      O‗simliklar  uchun  yorug‗lik 
spektrining  zangori-kizil,  ko‗k-binafsha  nurlari  muximdir.  Sariq-yashil  nurlar,  xammasidan 
xam  kam  yutiladi.  Infraqizil  nurlar  deyarli  yutilmaydi.  YUqori  xarorat  sharoitida  infrakizil 
nurlar  o‗simlikka  salbiy  ta‘sir  qiladi.  Sababi,  bu  nurlar  barg  pigmentlari  tomonidan 
yutilmasdan,  balki  to‗qimalardagi  suv  tomonidan  yutiladi,  bu  esa  o‗simliklarning  qizib 
ketishini vujudga keltiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2-mavzu:
 
Populyatsia xaqida ta‘limot.
 
Reja: 
1.Populatsiyaning asosiy xususiyatlari 
2.Populyatsiyalarning  klassifikatsiyasi  
3. Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillar    
 
 
Tayanch iboralar: populatsiya, populatsiyaning tuzilishi, modifikatsiya 
omillar, elementar  populatsiya , ekologik populatsiya,  geografik populatsiya
 
2.1.Populatsiyaning asosiy xususiyatlari 
 
POPULYATSIYA (lotincha populations; so‘zidan olingan bo‘lib - guruh, aholi, xalq degan 
ma‘nolarnibildiradi.  Bu  atama  18  asrning  oxiridan  boshlab,  to  20asrning  40-50  yillariga 
qadarbiologiya fanida xar qanday individlar yigindisi sifatida qo‗llanib kelindi.  
Ekologik  nuqtai  nazardan  esa  populyasiya  deb--  uzoq  muddat  davomida  muayyan  bir 
hududda yashaydigan yoki o‘sadigan bir turga mansub individlar yig‘indisidir. 
Bir  populyasiyaga  mansub  individlar  shu  turning  boshqa  populyasiya  individlariga 
nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi.  
Populatsiyaning  biologik  xususiyatlaridan  biri  –  bir  populatsiyaga  oid  individlar  boshqa 
populatsiya  individlariga    qaraganda  erkin  chatisha  oladilar.  Zarafshon  archasi  deganda 
o‗rmonda uchraydigan zarfshon archasi turiga mansub barcha individlar yig‗indisi etiborga 
olinadi yoki o‗tloqlarda qoqio‗ti populyasiyasi,  
Demak populatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir. O‗zbekistonning shuvoq 
barra  o‗tli  yaylovlaridagi  shuvoqlar  populyasiyasi,  qumli  cho‗llardagi  oq  saksovullar, 
izenlar,  qandimlar  populyasiyalari,  qo‗llardagi  baliqlar  populyasiyalazenlar,  qandimlar 
populyasiyalari, 
qo‗llardagi 
baliqlar 
populyasiyalari, 
dalalardagi 
chigirtkalar 
populyasiyalari,  kishi  organizmidagi  tif  yoki  sil  kasalliklarini  tugdiruvchi  bakteriyalar 
populyasiyasi  yoki  shag‗arda  odamlar    populyasiyasi  ana  shu  tushunchaga  misol  bo‗la 
oladi. Xonaki xayvonlarning aloxida guruxlari (zotlar, podalar) va o‗simliklarning madaniy 
guruxlari  (navlari,  linyalari,  klonlari  va  boshqalar)  xam  populyasiya  atamasi  bilan 
ifodalanadi. 
Gistologiya  va  meditsina  va  mikrobiologiyada  ko‗p  xujayrali  organizmlar  to‗qimasidagi 
bir  xil  tuzilishga  ega  bo‗lgan  xujayralar  populyasiyasi  deb  aytiladi.  Etnograflar 
populyasiya deganda o‗z ichida qiz olish  berish qiladiganodamlar jamoasini tushunadilar. 
Shuningdek  populatsiya  individlariga  genetik  getrogenlik  ham  xos  bo‘lib,  bu  xususiyat 
ularning  har  xil  sharoitiga  moslanishlarini  belgilaydi  va  evolutsiya  uchun  juda  muhim 
bo‘lgan  irsiy  o‘zgaruvchanlik  imkoniyatini  yuzaga  keltiradi.  Populyatsiyadagi  genetik 
o`zgarishlar  turlarning  kelib  chiqishi,  yangi  o`simlik  navlari,  hayvon  zotlarini  yaratish  va 
boshqalar asosini tashkil qiladi.  
«Populyatsiya»  terminini  1903  yilda  daniyalik  genetik  V.  Iogansen  bir  turga  mansub, 
genetik  bir  xil  xususiyatga  ega  bo‘lmagan  individlar  yig‘indisini  tushuntirishda  keltirgan 
edi.  Demak  populatsiya  deganda  bir  turga  oid  bir-birlari  bilan  doimo  bog‘langan 
organizmlar yig‘indisi e‘tiborga olinadi. 
Xar  bir  populyasiyadagi  organizmlar  miqdori  bir  meyorda  bo‗lib,  tashqi  muxit  sharoiti 
keskin  o‗zgarmaguncha  u  shu  miqdorda  saqlanib  qolishi  mumkin.  Tashqi  muxining 
o‗zgarishi populyasiyadagi organizmlar sonining o‗zgarishiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir 
etib turadi.  
Populyatsiya a'zolarining hayotiy belgilari   Populyatsiya - bu bir turning yoki bir necha tur 
vakillarining guruhidir. Ular ma'lum joyda uchraydi va ko‘p hayotiy belgilarga ega bo‘ladi 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə