Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64

7.
 
Kommensaliztik (+,0) — bunda bir populatsiya ikkinchi populatsiya bilan birlashganda 
foyda  ko'radi,  bu  birlashish  ikkinchi  populatsiya  uchun  esa  ahamiyatsiz  yoki  uning  uchun 
bcfarq  bo'ladi.  Bu  birlashish  simbioz-  ning  shunday  bir  shakliki,  bundagi  partnyorlaming 
bittasi  ikkinchisiga (xo'jayiniga) tashqi muhitga bo'lgan munosabatlarini  bajarishni  yuklaydi, 
o‗zi  esa  tashqi  muhit  bilan  to'g‗ridan-to‘g‗ri  bog'lanmaydi.  Ular  orasida  antoganizm  ham 
bo‗lmaydi. Umumiy maydon, substrat, ozuqa, hara- katlanish-kommensial munosabatlaming 
asosini  tashkil  etadi.  Xo'jayinning  tuzilishi  va  hayot  kechirish  holatlaridan  kommensal  o'zi 
uchun  ko'pincha  bir  tomonlama  foyda  ko'radi.  Uning  o‗zi  «xo‗jayin»  uchun  ko'pincha  be- 
farq,  ahamiyati  yo'qday  tuyuladi.  Parazitlik  yoki  simbiozning  boshqa  shakllariga  qaraganda 
kommensalizm  kamroq  uchrab  turadi.  Masalan,  daraxtlarda  in  qurib  yashovchi  qushlar, 
akulalarda  yopishib  yashovchi  lotsman  baliqlari,  axlatlar  bilan  oziqlanadigan  sinantrop 
yumronqoziq populatsiyalari va qushlar ham kommensalizmga misol bo'la oladi. 
Kommensalizm  ko'pincha  okeanlardagi  organizmlarda  ko'proq  uchrab  turadi.  Buni 
okeanlardagi har bir qurt uyasida, har bir ikki chanoqli moluskalar chanog'ida, bulutlilarning 
tanasida  doimo  chaqirilmagan  meh-  monlar,  organizmlar  yashab  hayot  kechiradilar.  Lekin 
ular o'zlari xo'jayinlariga zarar keltirmaydilar. 
8.
 
Protokooperatsiya  —  bunda  ikki  populatsiya  ham  birlashgan  asso-  tsiatslyadan  faqat 
foyda ko'radilar, biroq bunday munosabatlar ular uchun shart emas. 
9.
 
Kooperatsiya  —  ikki  organizm  bir-birlari  bilan  kooperatsiya  hosil  qiladilar.  Bimday 
kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. Masalan, krablar bilan kovakichlilar 
bunga  misol  bo‗la  oladi.  Kovakichlilar  krablarning  orqasiga  yopishib  olib  (ba‘zan  ularni 
krablarning o'zlari o'tqazib oladilar) ularni dushmanlardan himoya qiladilar. Kovakichlilar esa 
o‗z  navbatida  krablardan  transport  vazifasida  foydalanadilar  hamda  ulardan  qolgan  ovqat 
qoldiqlari bilan ovqatlanadilar. 
10.
 
Mutualizm  (+,+).  Birlashgan  ikki  populatsiya  ham  faqat  foyda  ko'radi,  bu  birlashish 
ular  uchun  fovdalidir,  bunday  birlashgan  organizmlar  tabiiy  sharoitda  biri  ikkinchisiz  hayot 
kechira  oimaydi.  Masalan,  termitlar  va  ularning  ichaklarida  yashovchi  xivchinlilar  bunga 
yaqqol  misoldir.  Bunda  xivchinlilar  termitlar  qabul  qilgan  kletchatkani  hazm  qilishga  yor- 
dam  beradilar,  chunki  termitlar  kletchatkani  mustaqil  o'zlashtira  olmaydi-  lar.  Xivchinlilar 
ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki, ular uchun yashash sharoiti termitlar ichaklaridir. 
Xuddi shunday holatni lishayniklar misolida ham ko'rish mumkin. 
11.
 
Turlar  o'rtasidagi  munosabatlaming  ikki  va  undan  ko‗p  tur  uchun  qulaylik 
tug'diradigan  iilini  o'zaro  )vrdam  deyiladi.  Masalan,  hasharotlar  yordamida  changlanadigan 
o‗simliklar,  changni  bir  o'simlikdan  ikkinchi  o'simlikka  olib  o'tadigan  va  shu  bilan 
o'simliklaming  chetdan  clianglanishini  ta‘minlaydigan  hasharotlarga  muhtojdir.  Boshqa 
hollarda turlar orasidagi o‗zaro munosabatlar bir-biriga qarama-qarehi tarzda bo'lishi mumkin. 
Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlami yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir 
xil  sharoitician  foydalansa-yu,  o‗sha  shart-sharoit  miqdori  chegaralangan  bo‗lsa,  bunda  bu 
sharoitda yashaydigan turlar o'zaro raqobat tarzida munosabatda bo'ladi. Masalan, o'simliklar 
yorug‗lik. tuproqdagi suv va meniral moddalar uchun raqobatda bo'ladi. Shox-shabbasi yaxshi 
rivojlangan  o'simliklar  yorug'lik  nurini  ko'proq  oladi,  suv  va  mineral  moddalardan  yaxshi 
foydalanadi  hamda  tez  o'sadi  va  rivoj-  lanadi,  natijada,  yorug'lik  va  boshqa  mineral 
moddalardan  kamroq  foy-  dalangan  turlami  o'zining  shox-shabbasi  ostida  qoldirib,  ularning 
o'sishi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. 
Bir  xil  o'lja  bilan  ovqatlanadigan  yirtqich  hayvonlaming  liar  xil  turlari  o'rtasida  ham  ana 
shunday  raqobat  qiladigan  o'zaro  munosabatlar  mavjud.  Mikroorganizmlardagi  antibioz 
qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik 
oziq  moddalar  uchun  o'zi  bilan  raqobat  qiladigan  talaygina  bakteriyalarning  o'sishi  va 
ko'payishini to'xtatib qo'yadi. 
Serial va Klimaks jamoalar. Mono va poliklimaks nazariyalar 
Shakllangan  nisbatan  dominant  tizimli,  o'z-o'zini  oqlay  oladigan  va  tashqi  muhit  bilan 
tenglikda bo'luvchi jamoani klimaks jamoa deyiladi. 


Klimaks  jamoalarda  ko'pincha  bitta  dominant  yoki  bir  ncchta  kodominant  turlar  bo'ladi. 
Dominantlik  ko'pincha  subycktiv  tushuncha  bo'lib,  odatda,  ko'p  biomassa  va  hosil  benivchi 
turlarni  dominantlar  deyiladi.  Klimaks  jamoalarga  O'zbekistonning  gil  tuproqli  cho'l 
mintaqasi- dagi shuvoq barra o'tli yaylovlarni misol qilib olish mumkin. Bu jamoada shuvoq 
individlar  soni  liamda  biomassa  hosil  qilishi  bo'yicha  boshqa  (yan-  toq,  chitir,  qo'ng'irbosh, 
qorabosh  va  hokazolar)  o'simliklarga  nisbatan  us-  tun  turadi.  Dcmak,  u  dominant  tur 
hisoblanadi. 
Sukscssiya nazariyasini  birinchi  bo'lib asoslab bcrgan kishi Klementsdir (1916). U Shimoliy 
Amerika  hududidagi  jamolarni  o'rganib  klimaks  jamoalar  tarkibining  o‗zgarishiga  asosiy 
sabab  iqlim  ekanligiga  ishonch  hosil  qildi.  Uning  tasawuricha  ma‘lum  bir  iqlim  sharoitida 
faqatgina bitta klimaks jamoa shakllanishi mumkin. Buni monoklimaks konsepsiya deyiladi. 
Hozirgi  kunda  esa  poliklimaks  konscpsiyasi  ko'proq  ishlatilmoqda.  Bu  nazariyaga  ko'ra 
klimaks  jamoalari  birgina  iqlim  omillari  asosida  emas,  balki  bir  qancha  fizik  omillar 
(drenajlar, tuproq, topografiya, yong'inlar) ta‘sirida ham shakllanishi mumkin. 
Poliklimaks  konsepsiyasining  haqiqatga  naqadar  yaqin  ekanligi  Markaziy  Osiyoning  cho‗1 
zonasida shakllangan klimaks jamoalaridan ko'rinib turibdi. Ma‘lumki, bu mintaqaning iqlimi 
deyarli  bir  xil  keskin  kontinental  hisoblanadi.  Qishi  sovuq,  yozi  esa  issiq  keladi. 
Yog'ingarchilik  miqdori  ham  chegaralangan  bo'lib,  uning  o'rtacha  yillik  miqdori  80—  120 
mm  ni  tashkil  etadi.  Yog'inlar  ham  asosan  kech  kuzda  va  qishda  hamda  bahor  oylarida 
yog'adi.  lyundan  oktabr  oyigacha  olti  oy  mobaynida  yog'ingarchilik  kuzatilmaydi.  Biroq  bu 
mintaqaning tuproq sharoiti turli xilda bo'lib, gil tuproqli, qum tuproqli, gips tuproqli va sho'r 
tuproqli  hududlarga  bo'linadi.  Ana  shunday  tuproq  sharoitlari  cho‗1  mintaqada  bir-  biridan 
o'simlik va hayvon turlari jihatidan farq qiladigan klimaks jamoa- larning shakllanishiga olib 
kelgan.  Chunouchi,  gil  tuproqli  cho'llarda  asosan  chala  buta  va  ko'p  yillik  o't  osimliklar 
hamda efemer va efeme- roidlardan tashkil topgan yuqorida bayon etilgan shuvoq barra o'tli 
klimaks jamoalari shakllangan bo'lsa, qumli cho'llarda buta, chala buta ko'p yillik o't, efemer 
va efemeroidlardan tashkil topgan saksovul, shuvoq barra o'tli klimaks jamoalar hosil qilgan. 
Bu jamoalarda dominant oq saksovul bo'lib, subdominantlarga shuvoq yoki singrenlar kiradi. 
Xuddi shunday tur va biomassasi  jihatidan bir-biridan farq qiluvchi  klimaks jamoalari  gipsli 
tuproqli va sho'r tuproqli hududlarda ham shakllangan. 
Uzoq  muddat  davomida  yashab  turadigan  jamoalarga  chin  klimaks  jamoa  deyiladi,  chunki 
ularda vaqtli klimaks jamoalarga qaraganda o'zga- rishlar nisbatan sekinlik bilan bo'lib turadi. 
Quruqlikdagi  tipik  klimaks  jamoalarga  misol  qilib,  barglari  to'kiluvchi  o'rmonlarni,  dasht, 
cho‗1 va tog' zonasi o'simliklarmi misol qilib olish mumkin. Bu o'rmonlar turlarga juda boy 
bo'lishadi. Masalan, Oksford (Angliya) o'rmonlarida 4 mingga yaqin hayvon turlari uchraydi. 
Shunday  ko'p  hayvon  turlarining  uchrashishiga  asosiy  sabab  ko'p  miqdorda  mik-  roiqlim 
sharoitining  mavjudligidir.  O'rmon  zonasining  muhim  xususiyat-  laridan  biri  bu 
o'simliklaming  yaruslar bo'ylab ko'p uchrashidir. Dastlabki mahsulotning ko'p qismi birinchi 
yarusdagi o'simliklar tamonidan yara- tiladi. Yerga yaqin joylashgan yarusda esa eng intensiv 
ravishda  organik  moddalarning  parchalanishi  bo'lib  turadi.  Hayvonlar  esa  hamma  yarusdagi 
burchaklarda uchraydi. 
Suksessiyalar  natijasida  jamoalar  mahsuldorligining  oshib  borishi  to'g'rLsidagi  dastlabki 
tushunchasini  1942-yilda  Lindeman  aytgan  edi.  Ke-  yingi  kuzatishlar  shuni  ko'rsatadiki, 
suksessiyaning  oxirgi  davrlarida  jamoalar  mahsuldorligi  chindan  ham  orta  boradi.  Biroq 
klimaks jamoaga o'tgandan so‗ng uning umumiy mahsuldorligi pasaya boradi. Shunday qilib, 
keksaygan o'rmonlarda mahsuldorlik yosli o'rmonlaiga qaraganda anclia past bo‗ladi, shunga 
o‗xshash mahsuldorlikning pasayishini ba‘zi bir suv ekosistemalarida ham kuzatish mumkin. 
O'rmonlardagi  mahsuldorlikning  kamayishini  daraxt-  larning  eskirganligi,  qariganligi  bilan 
tushuntirish mumkin.  Shakllangan kli- maks jamoalarda biomassaning to'planishi suksessiya 
davrlariga  qaraganda  ko'proq  bo'ladi.  Oiganizmlaraing  faoliyati  natijasida  tashqi  muhit  vaqt 
o'tishi  bilan  o‗zgarib  boradi.  Bunga  misol  qilib  qumliklarda  suksessiyalarning  hosil  bo'lish 
jarayonini  olish  mumkin.  Masalan,  Shimoliy  Amerikadagi  Michigan  ko‗U  atrofidagi 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə