Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64

o‗z  xissamizni  qo‗shayotganimizdan  mamnunmiz.  Ishonchim  komilki,  bu  boradagi  ishlar 
izchil davom ettiriladi. 
Orol  dengizining  barcha  havzalari  tom  ma‘noda  transchegaraviy  daryolar  hisoblanadi. 
Amudaryo  daryosi  havzasi  tarkibiga  Surxondaryo,  SHerobod,  Qashqadaryo  va  Zarafshon 
daryolari  havzalari  kiradi.  Ular  ichida  faqat  Qashqadaryo  va  SHerobod  daryolari 
havzalarigina  to‗laligicha  O‗zbekiston  hududida  shakllanadi.  Asosiy  daryo  hisoblanmish 
Amudaryo  daryosi  havzasi  suvi  kimyoviy  tarkibini  taxlillanishida  O‗zbekiston  va 
Turkmaniston  hududida  joylashgan  qishloq  xo‗jaligi  maydonlaridan  xosil  bo‗lgan  oqova 
suvlar xam o‗z xissasini qo‗shmoqda. Amudaryo suvining Termizdan oqib o‗tadigan qismida 
suvning  ifloslanish  indeksi  (SII)  sifati  kattaligi  bo‗yicha  1996  yildagi  turg‗un  holatda 
saqlangan,  ya‘ni  II  sinf  –  toza  suv  bo‗lsa,  daryoning  qolgan  qismlarida  suv  ifloslanishi 
o‗rtacha darajada bo‗lib, III sinfga taalluqli, 2001 yilda Amudaryoda suv holati esa  II sinfga 
mansub.  Tuyamo‗yin  gidropostida  suvning  tarkibida  neft,  azot,  ammoniy,  mis  mahsulotlari 
eritmalari hamda suvning minerallashishi kuzatilmoqda.   
Sirdaryo  daryosi  suvlari  Qirg‗iziston  Respublikasining  tog‗li  hududlarida  Norin  va 
Qoradaryoning  qo‗shilishi  bilan  shakllanadi  hamda  O‗zbekiston  Respublikasi  hududiga 
Andijon viloyatining Uchtepa qo‗rg‗oni joylashgan mintaqaga, Norin daryosi esa Namangan 
viloyatining Uchqo‗rg‗on shahri hududiga oqib keladi. 
O‗zbekiston hududiga kirishda Qoradaryo va Norin daryolari suvlarida vaqt-vaqti bilan azot 
nitritining (1,2-2,6 PDK), fenolning (2-4 PDK) va neft mahsulotlarining (1,6-5,2 PDK) yuqori 
tarkiblari  qayd  etilgan.  Suvlarni  ifloslanish  indeksi  (SII)  bo‗yicha  daryo  suvi  sifati  uning 
butun uzunligi bo‗yicha III-sinf – o‗rta me‘yor ifloslangan suvlar darajasida saqlanib turgan. 
Zarafshon  daryosi  dengiz  sathidan  2775  m  balandlikda,  Tojikiston  Respublikasining 
Turkiston va Xisor tog‗ tizmalarining birlashgan joyida, Zarafshon muzligidan boshlanadi va 
O‗zbekiston  hududiga  Ravot-Xo‗ja  to‗g‗oni  atrofidan  kirib  keladi.  Daryo  Zarafshon 
vodiysining asosiy suv manbai bo‗lib hisoblanadi.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2001  yil  4  oktyabrdagi  ―Zarafshon 
daryosi  havzasida  ekologik  va  sanitar-epidemilogik  vaziyatni  yaxshilash  to‗g‗risida‖gi  401-
sonli  qarorini  bajarish  borasida,  Buxoro,  Navoiy,  Samarqand  va  Jizzax  viloyatlarida 
Zarafshon  daryosi  va  unga  kelib  qo‗shiladigan  irmoqlardagi  suv  sifatining  monitoringi  olib 
borilmoqda,  daryoga  noqonuniy  tashlamalarni  tugatish  borasida  o‗z  vaqtida  choralar 
ko‗rilmoqda,  daryoga  tashlamasi  bo‗lgan  ob‘ektlardan  oqizilayotgan  suvlar  tizimli  nazorat 
qilinmoqda. 
O‗zbekiston  Respublikasi  atrof  tabiiy  muhiti  ifloslanishi  monitoringi  ma‘lumotlariga  ko‗ra, 
Zarafshon  daryosi  suvlari  O‗zbekiston  Respublikasiga  kirishida  (Ravot-Xo‗ja)  muntazam 
ravishda fenol bilan 2-4 PDK va mis bilan 1,1-3,5 PDK atrofida ifloslangan bo‗lsada, uning 
sifati II–toza suvlar sinfiga, keyinchalik daryo oqimi bo‗ylab pastga qarab oxirigacha III-sinf 
– o‗rta me‘yor ifloslangan suvlarga o‗tgan. 
 Sirdaryo havzasi tarkibiga ko‗pgina daryolar kiradi. Norin, Qoradaryo, CHirchiq, Ohangaron 
daryolari  asosiy  daryolardir.  Ular  orasida  faqat  CHirchiq  va  Ohangaron  daryolari 
transchegaraviy  daryolar  sirasiga  kirmaydi.  Qolgan  daryolar  (shu  jumladan,  Farg‗ona 
vodiysidagi  kichik  daryolar,  CHirchiq  daryosining  irmoqlari)  qo‗shni  davlatlar  hududidan 
oqib  o‗tadi.  Sirdaryo  daryosi  O‗zbekiston  hududi  bo‗ylab  ikkita  uchastkada  oqib  o‗tadi: 
yuqori  –  Norin  daryosining  qo‗shilish  joyi  va  Qoradaryo  hamda  quyi  –  Ohangaron  va 
CHirchiq daryolari etaklari.     
O‗zbekistonda 500 ga yaqin ko‗l bor bo‗lib, ushbu kichik suv havzalarining maydoni 1 km2 
atrofida.  Faqat  32 ta ko‗lning  yuza qismi  10 km2  dan oshadi.  Aydar-Arnasoy ko‗llar tizimi 
O‗zbekistondagi  eng  katta  ko‗l  hisoblanadi.  Mazkur  ko‗l  To‗xtagul  suv  omboridan  qish 
paytida suv tashlash natijasi orqali vujudga kelgan. Aydar-Arnasay ko‗llar tizimining umumiy 
maydoni  3600  km2  va  ko‗lami  42  km2.  Ushbu  ko‗l  boshqa  barcha  suv  omborlari  suvi 
zaxirasini oshiradi.  2008  yilda ―Asosan suvda  yashovchi  qushlar uchun qo‗nim hisoblangan 


xalqaro  ahamiyatga  ega  suv-botqoq  hududlari  to‗g‗risida‖gi  Xalqaro  Konvensiyasi  (Ramsar 
Konvensiyasi) ro‗yxatiga kiritildi.      
Suv  omborlari  O‗zbekiston  suv  resurslari  tizimini  boshqarishni  shakllantirishda  muhim 
ahamiyatga  ega  ekanligini  alohida  ta‘kidlamoq  maqsadga  muvofiq.  Mamlakatda  suvning 
kamayishi  va  ko‗payishi  (gidrologik  ekstremum)  hamda  suv  resurslarining  hajmi  doimiy 
nazorat  ostiga  olingan.  Ayni  paytda  mamlakatda    ko‗p  suv  omborlari  mavjud,  ulardan 
irrigatsiya ishlarida samarali foydalanilmoqda.  
Maqolaning to‗liq shakli bilan «Ekologiya xabarnomasi-Ekologicheskiy vestnik» jurnalining 
7-sonida tanishishingiz mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
7-mavzu: 
Tuproqni  ifloslantiruvchi manbalar. Tuproq muhofazasi. 
 
Reja: 
1.
 Tuproqni  ifloslantiruvchi manbalar
 
2.
 Tuproqning asosiy xossalari. 
3. Tuproqning kislotali muhitiga o‘simliklarning munosabatlari. 
  
Tayanch  iboralar:
  edafik,  orografik,  relief,  mikrobiota,  mezobiota,  makrobiota,  tuproq 
orografik omillar, kislotali tuproq, Ph-muhit 
7.1.
 Tuproqni  ifloslantiruvchi manbalar
 
Tuproq turli xil omillar: tog- jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o‗simlikva hayvonlar), 
relyef,  hudud  yoshi  va  insonlaming  faoliyati  natijasida  hosil  bo'lgan  muhim  tabiat  jismi 
in‘omidir.  U  asosan  yemirilgan  tog*  jinslari  —gildan  va  chirindilar  —  gumusdan  iborat. 
Gumus  oiganik  olam  qoldig‗idan,  xususan,  o‗simliklaming  mikrooiganizmlar  faoliyati 
natijasida  chirishdan  hosil  bo‗ladi.  Tuproqda  bundan  tashqari,  suv  havo  va  ko‗plab  tirik 
organizmlar (mikrooiganizmlar) ham bo‗ladi. Tuproq doimo o‗zgarib va rivojlanib turganligi 
tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi. Masalan, Hamdo'stlik davlatlari 
hududida yuzdan ortiq tuproq xili bordir. Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi 
bu  tog*jinslaridan  tuproqning  yuzasigacha  bo‗lgan  qavatidir.0  ‗simlik  ildizlarning  asosiy 
qismi  ana  shu  zona  bo‗ylab  joylashgan.Tuproqning  ana  shu  qismi  va  gumus  bo‗lgan  zona 
qancha  kuchli  rivojlangan  bo*Isa  o‗simliklaming  ildiz  sistemasi  shunchalik  chuqur  va  eniga 
yaxshitarqaladi, chunki bu gorizontlarda suv va ozuqa moddalar miqdori ko‗p bo‗ladi. Tuproq 
aeratsiyasi  va  harorati  o‗simliklar  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‗lib,  past  haroratli 
tuproqlarga  nisbatan  yuqori  haroratli  tuproqlarda  o‗simlik  ildizlari  suv  va  mineral  tuzlami 
ko‗proq va tez shimib oladi. Chunki past haroratli tuproqlarda suvni shimib oluvchi ildiz va 
ildiz  tukchalarining  o‗sishi  susayadi,  bu  oiganlar  hujayrasi  sitoplazmasining  suv 
o‗tkazuvchanlik  xususiyati  pasayadi  va  natijada,  o‗simliklaming  yuqoriga  fco‗tariluvchi 
oqimi, ya‘ni suvning o‗simlik bo'ylab yuqoriga ko‗tarilishi kamayadi. Tuproq tarkibida gumus 
moddasi  miqdori  ko‗p  bo‗lsa,  bu  tuproqlar  unumdor  hisoblanadi.  2.  Tuproqning  biotik 
omfflari  Tuproqda  o'simliklar  va  hayvonlarning  parchalanishidan  qolgan  qoldiqlaridan 
tashqari  yana  yuqori  o‗simliklar  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  har  xil  mikro  va 
makroorganizmlar ko‗p!ab uchraydi.Ana shu xildagi oiganizmlami Yu.Odum (1975) quyidagi 
guruhla^ga  ajratadi: 
Mikrobiota — bakteriyalar, zamburug‗lar, tuproq suvo41ari va sodda hayvonlar


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə