Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64

va  hujayra  po‗sti  qalin  bo‗ladi.  Yosh  baiglar  och  yashil  rangda,  biroq  qarigan  barglar  sariq, 
qizil  ranglarga  kira  boshlaydi.  0  ‗simUkning  o‗sishi  va  tuplanishi  juda  sust  bo‗ladi.  Bu 
hollarda azot berish tavsiya etiladi. Azotning ko‗pligi ham o‗simliklaiga zarar keltiradi. Ya‘ni 
azot  ko‗p  bo‗lib,  kaliy  va  fosfor  yetishmasa  o‗simliklarda  yupqa  po‗stli  katta  va  ko‗p  suvli 
barglari  hosil  bo‗Iadi.  Bu  o‗simliklar  bargida  azot  konsentratsiyasi  kuchli  bo‗lib,  bu  xil 
o‗simliklar  sovuqqa  chidamsiz  va  hasharotlar  tomonidan  ko'proq  zararlanadi.Ekiladigan 
bug‗doy, arpa, javdar, suli va shu kabi boshqa don ekinlari azot o‗g‗itlariga nisbatan o‗rtacha 
talabchan  bo‗ladi.  Azot  ko‗p  berilsa  o‗simliklarda  gullash  va  don  yetilishi  kechikadi,  hosil 
kamayadi.  Biroq  makkajo‗xori,  jo'xori  va  shu  kabi  boshqa  xil  don  ekinlarining  gullashi  don 
yetilislii va liosildorligi azot ko‗p berilganda to‗lishadi va ortadi. Azot qandlavlagi bargining 
o‗sishini tezlashtirsa ham uning ildiz mevasidagi qand miqdorini pasaytiradi. Fosfor — xuddi 
azotdek  o‗simliklar  uchun  eng  muhim  kimyoviy  element  bo‗lib,  u  ham  nuklein  kislotalar 
tarkibiga  kiradi.  Yosh  meristimatik  hujayralarda  keksa  hujayralarga  qaraganda  fosfor  ko‗p 
bo‗ladi.  Bundan tashqari, fosfor modda almashinish  va fotosintez jarayonlarida ham  muhim 
rol  o'ynaydi.  Yuqori  energiyaga  ega  fosforlar  ko‗pincha  ATFda  bo‗ladi.  Fosfor  yetishmasa 
o‗simliklarning  rivojlanishi  susayadi.  Ya‘ni  ildiz,  poya  va  barglari  rivojlanmaydi.  Poyasi 
ingichka,  barglari  dag‗al  bo‗lib,  rangi  ko‗k  yashil  bo‗ladi,  antatsion  pegmentlarining 
ko‗pligidan baiglari ba‘zan bronza rangda bo‗ladi. Tuplanish intensivligi va meva beradigan 
poyalari  keskin  qisqaradi.  Fosfor  ko‗pincha  o‗simliklaiga  ekishdan  yoki  ko‗chatni 
o‗tkazishdan oldin beriladi.Kaliy. Ammoniy ionlaridan aminokislotalar va proteinlami sintez 
qilishda  kaliyning  o‗rni  katta.  Fotosintez  jarayoni  ham  kaliy  ishtirokida  bo‗lib  turadi. 
Kaliyning  yetishmasligi  natijasida  barglaming  COj  ni  qabul  qilish  jarayoni  susayadi.  Ko‗p 
azot me‘yori qand lavlagi ildizidagi qand moddasini kamaytirsa, kaliy esa ko‗paytiradi. Kaliy 
yetislimasligidan  ko‗pincha  o‗simliklarning  ostki  barglari  quriy  boshlaydi,  ildiz  va  ildiz 
mevalari  yaxshi  rivojlanmaydi.  Masalan,  kaliyning  o‗payishi  bilan  kaitoshka  tugunagi  va 
undagi  kraxmaining  miqdori  doimo  oshib  boradi.  Kartoshkadan  tashqari  kaliyga  nisbatan 
talabchan  o‗simliklardan  qandlavlagi,  mevasabzavot  (olma,  smorodina)  ekinlarini  ham 
ko‗rsatish mumkin. Kaliy yetishmasa ko‗pchilik o‗simliklar past haroratga nisbatan chidamsiz 
bo‗lib qolishadi. Demak, g‗allasimon o‗simliklarga va mevali daraxtlarga kaliy yetarli berilsa, 
ularning  tarkibida  qand  moddasining  ko‗p  to'planishi  natijasida  sovuqqa  chidamlilik 
xususiyati  ortadi. Kaliy  yetishmasa o‗simliklarda poyalari qisqa, barglari kichik burshaygan, 
ko‗k yashil va jigarranglarda bo‗ladi. Kaliy o‗simliklarga azot va fosfor bilan birgalikda erta 
bahorda beriladi.  
 
7.2.
 Tuproqning asosiy xossalari. 
Meristimatik xujayralaming o‗sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy yetishmasa ildiz 
yaxshi rivojlanmaydi. To‗qimalar tarkibida kalsiy ko‗payib ketsa, o‗simliklaming magniy va 
kaliy elementlarini pasaytiradi.Kalsiyga bo‗lgan talabga ko‗ra o‗simliklar quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi: 1. Kalsiyefillar — kalsiy ko‗p bo‗lgan tuproqlarda o‗sadigan o‗simliklar 
(bo‗takuz,  astra,  daraxtlardan  buk,  tilog‗och,  oddiy  archalar).2.  Kalsiyefoblar  —  kislotali 
tuproqda  o‗suvchi
  o‗simliklar  (torf  moxlari,choy,  kashtan).Kalsiyga  nisbatan  indefferent 
o‗simliklar  (befarq  o‗simliklar).  Bular  kislotah  tuproqda  ham,  ohakli  tuproqlarda  ham 
o‗saveradi  (landish).Magniy.  Xlorofil  va  ribosomalaming  tarkibiga  kiradi.  U  o‗simliklarda 
fosfatlaming  aktiv  harakatida  ishtirok  etadi.Natriy.  Natriyning  ko‗p  bo‗lishi  ko‗pchilik 
o‗simliklarga zarar keltirishi mumkin. Chunki u to‗qimalarda to‗planib, kalsiy, magniy va shu 
kabi  boshqa  kationlarning  o‗zlashtirilishini  qiyinlashtiradi.  Biroq  sho‗rxok  joylarda  o‗suvchi 
o‗simliklaming o‗sishini natriy tezlashtiradi (qorasho‗ra, sarsazan). 
Temir.  Bu  tuganak  bakteriyalaming  erkin  azotni  o‗zlashtirish  jarayonini  tezlashtiradi.  Tok, 
mevali  daraxtlarda  dekorativ  o‗simliklarda  temir  yetishmasa  ularda  xloroz  kasalligi  paydo 
bo‗ladi. Ya‘ni ularning barglari och-sariq  yoki pur-pur rangga kirib qoladi.Mikroelementlar
Azot,  fosfor,  kaliy,  kalsiy,  magniy  va  shu  kabi  makroelementlardan  tashqari  o‗simliklarga 
kam miqdorda kerak bo‗lgan mikroelementlar ham bor. Bularga marganes, bor, kumush, rux, 


kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko‗p miqdorda uchrasa 0‗simliklar uchun 
zaharli  ham  bo‗lishi  mumkin,  shuning  uchun  ular  o‗simliklarga  gektariga  grammlar  ba‘zida 
kilogramm  bilan  beriladi.Marganes.  Bu  nafas  olish  va  fotosintez  jarayonlari  uchun  zarur 
element.  Barg  va  ninasimon  o‗simliklar  bargidagi  xloroplastlarda  marganesning    miqdori, 
ayniqsa,  ko‗p  bo‗ladi.  Nafas  olish  va  fotosintez  jarayonida  ishtirok  etuvchi  fermentlar 
tarkibida  ham  marganes  ko‗p  bo‗ladi.  Marganes  aminokislotalar,  proteinlar,  vitaminlar, 
polepeptidlar  va  shu  kabi  boshqa  xil  birikmalami  sintez  qiiishda  ishtirok  etadi  (YA.V.Peev, 
1974).Bor.  Bu  oqsillar,  nuklein  kislotalar,  lipidlar,  polisaxaridlarga  o‗xshash  biopolemerlar 
hosil  qiiishda  ishtirok  etadi  (E.A.SHerstnev,  1974).  Bu  biopolimerlar  hujayraning  muhim 
komponentlari  bo‗lmish  hujayra  membranalari,  ribosomalarning  tarkibiy  qismiga  kiradi. 
Demak,  bor  yetishmasa  bu  strukturalaming  hosil  bo'lishi  buziladi  va  sekin  asta  o‗simliklar 
o‗sish va rivojlanishdan to‗xtab halok bo‗lishadi. Mis. Bu ko‗pchilik fermentlar tarkibiga kirib 
nafas  olishni  kuchaytiradi,  mis  yetislimasa  fermentlar  va  nafas  olish  aktivligi  pasayadi, 
nuklein  kislotalar  biosintezi  susayadi  (Paribak,  1974)  va  hokazo.  Ko‗pchilik  begona  oktlar 
madaniy  o‗simliklarga  qaraganda  ko‗proq  o‗z  to‗qimalarida  mis  to‗playdi.  Shuning  uchun 
ham  AQSHda  makkajo‗xon  ekish  uchun  yemi  tayyorlaganda  awal  begona  o‗tlar  o‗stirilib, 
keyin haydab tashlanadi.Ko‗pincha gektariga 7—10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir. 
Mis  oksidlanish  va  qaytarilish  reaksiyalarida  ishtirok  etuvchi  fermentlar  tarkibida  bo‗ladi. 
Kobalt  —  xlorofilga  mustahkamlik  berib,  qorong‗ilikda  uni  yemirilishidan  saqlab  turadi. 
Demak,  bu  xususiyati  bilan  fotosintezni  va  barg  aktivligini  kuchaytirib  turadi.  Shuningdek, 
kobalt  karbonsuvlar  va  azot  almashinuvida  ham  ishtirok  etadi.5.  Sho'rlangan  tuproqda 
o‗suvchi  o‗simlikIarning  ekologik  xususiyatlari  Markaziy  Osiyoda  sho‗rlangan  tuproqlar  23 
mln. gektami egallaydi.Shundan 18 mln. gektari Qozog‗iston (Uspanov, 1942), 3 mln. gektari 
Turkmaniston (Necheva, Nikolyaev, 1962) 2 mln. gektari 0 ‗zbekistonda uchraydi (Salmonov, 
1972).  Ana  shunday  sho‗rlangan  yerlarda  o‗suvchi  o‗simliklar  galofitlar  deyiladi.  Galofltlar 
orasida  ko‗pchilik  o‗rinni  sho‗radoshlar  oilasiga  kiruvchi  o‗simliklar  egallaydi.  Kuchli 
sho‗rlangan yerlarda qora sho‗ra (Salikorniya), sarsazan (Naloknemum)1ag o‗sadi. Bulardan 
tashqari  ana  shunday  sho‗rlangan  yerlarda  baliqko‗z,  seta,  xaridondon,  donasho‗r,  ermon-
shuvoq,  keyreuk  va  boshqa  shu  kabi  sho‗raklar  kiradi.  Ular  uchun  poya  yoki  bargining  etli 
bo‗lishi suv jamg‗amvchi to'qimaning  yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar 
yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir. 
Kuchli  sho‗rlangan  yerlarda  oksuvchi  galofitlarning  hujayra  shirasida  tez  eriydigan  tuzlar 
ko‗p  to'planadi  va  natijada,  hujayra  shirasining  osmotik  bosimi  yuqori  bo‗ladi.  Bu  esa  o‗z 
navbatida galofitlami qurg‗oqchilikka va issiqqa chidamlilik xususiyatini oshiradi. Galofitlar 
tanasi etli, ko‗p tuz to‗playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin asta ajratib turish xususiyatiga ega. 
Yirik sho'rxoklar. 0 ‗rta cho‗lda, 0 ‗zbekiston va Qozog'iston chegarasi bo‗ylab ketgan Aydar  
sho‗rxok  (hozir  Haydar  ko‗li  hosil  bo‗lgan),  Markaziy  Qizilqumda,  Mingbuloq  sho‗rxoklari 
kabilar  pastqam  joylarda  uchraydi.Tipik  sho‗rxok  yerlarda  o‗simlik  deyarli  o‗smaydi. 
Galofltlar quyidagi  xususiyatlaiga ega:  hamma organlari  etli,  poyasi  bargsiz, ko‗pchiligining 
bargi  yaxshi  taraqqiy  etmagan,  masalan,  solaros,  qora  saksovul  va  shu  kabi  boshqa 
o‗simliklarda barg mutlaqo bo‗lmaydi  yoki bo‗lsa ham yaxshi rivojlanmagan.  Galofitlarning 
muhim  ekologik  xususiyatlaridan  yana  biri  shuki,  ular  albatta  sho‗rxok  yerlarda  o‗sadilar. 
Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100 g quruq tuproqda) 7,7 % xlor, 12,73 % sulfat tuzi 
bor  joylarda  yaxshi  o‗sadi.  Galofitlarga  qora  saksovul,  xaridondon,  quyonsuyak, 
pashmaksho‗r, seta, danasho‗r, chogon, keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta 
0‗simliklar  kiradi.Tuproqning  hozirgi  kundagi  holati  haqida  ham  biroz  to‗xtalib  o‗tadigan 
bo‗lsak,  shuni  ta‘kidlash  lozimki,  quruqlikning  turli  nuqtalarida  hamda  hamdo‗stlikka  a‘zo 
barcha  respublikalar  hududlarida  ekologik  ahvol  uncha  yaxshi  emas.  Ayniqsa,  dehqonchilik 
bilan  shug‗ullanadigan  yerlarda  tuproqning  holati  nochordir.  Masalan,  respublikamizning 
qishloq xo‗jaligi sohasida 70 xilga  yaqin  turli  kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1989-
yilda  har  gektar  yerga  solingan  kimyoviy  dorilar  19,5  kg  (ayrim  viloyatlarda  hatto  40—45 
kg)ni  tashkil  etgan.  Yiliga  har  gektar  yeiga  400-500  kg  gacha  mineral  o‗g‗itlar  solingan. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə