Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64

Mezobiota  —  nematodlar,  kanalar,  kichik  hasharot  va  boshqa  organizmlarning  lichinkalari; 
Makrobiota  —  o‗simliklarning  ildizlari,  yirik  hasharotlar,  yomg‗ir  chuvalchanglari.Shular 
orasida  eng  muhim  ekologik  ahamiyatga  ega  bo‗lganlari  tuproqdagi  xlorofilsiz  organizmlar 
(bakteriyalar,  zamburug‗lar,  aktinomitsetlar,mfuzoriyalar,  amyobalar,  qorinoyoqlilar  va 
boshq.)  hisoblanadi.Mikroiganizmlar  kul  moddasi  va  azot  ko‗p  bo‗lgan  bog‗-rog‗lar  va 
shunga o‗xshash madaniy  tuproqlarda juda ko‗p  miqdorda bo‗ladi.  Ildiz va uning atrofidagi 
tuproqlar  mikroorganizmlaiga,  ayniqsa  boydir  (rizosfera).  Mikroorganizmlar  miqdori 
faqatgina  tuproq  strukturasigagina  emas  balki  o'simlik  turiga  ham  bog‗liq.  Lyupin,  beda, 
sebaiga, no‗xat va shu kabi dukkakli 0‗simliklar rizosferasi, ayniqsa mikroorganizmlaiga' boy 
hisoblanadi.Masalan,  beda  yetishtiriladigan  1  g  tuproqda  50—100  mlrd  gacha  bakteriyalar 
bo‗ladi  (M.A.Krasilnikov,  1958).  0  ‗sha  muallifning  aytishicha  g‗o‗za  ildizida 
azotobakteriyalar  beda  ildizidagiga  qaraganda  ancha  kam  bo‗ladi.  Lekin  uning  ildizida  vilt 
kasalligini  qo‗zg‗atuvchi  zamburug‗  lar  (Verticillium  dahliae,  Fusarium  fasinfectum)  ko‗p 
uchraydi.  Timofeyevka  javdar  kabi  0‗simliklar  ildizlarida  esa  diatom  suvo‗tlari, 
lyupin,sebaiga  rizosferalarida  yashil  suvo‗tlari,  kartoshka  rizosferasida  esa  ko‗k  yashil 
suvo‗tlari yashaydi. Rizosferalardagi mikrooiganizmlar miqdori 0‗simliklaming yashashiga va 
rivojlanish  fazalariga  ham  bog‗liq  bo‗ladi.  Yosh  ‗simliklammg  gullash  davridan  oldin 
mikrooiganizmlar,  ayniqsa,ko‗p  bo‗ladi.  Chunki,  aynan  shu  davrda  mikrooiganizmlaming 
o‗sishini va rivojlanishini  tezlatuvchi  oiganik moddalar ildizlar tomonidan ko‗p hosil bo‗lib 
turadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, tuproqning gumusli qavatida mikroorganizmlar ko‗p bo‗ladi. 
A.N.Krasilnikovning  yozishicha  (1958)  tuproqning  haydaladigan  qavatida  gektariga  10  t.  ga 
to‗g‗ri  keladigan  bakteriyalar,  zamburug‗lar,  suv  o‗tlari,  aktinomitsetlardan  tashkil  topgan 
tirik massa uchrar ekan.Bundan tashqari, haydaladigan tuproqlarda gektariga taxminan 600—
664  ming  dona  yomg‗ir  chuvalchangi  to‗g‗ri  keladi  (Olimjonov,  1946).Yuksak  agrotexnik 
qoidalarga amal qilingan yerlarda esa ularning miqdori bir tonnagacha boradi. Ularning bir yil 
davomida ovqat hazm qilish 
tizimidan o‗tkazgan tuprog‗i  gektariga 12 tonnadan 100 tonnagacha  yoki  7 mm qilinlikdagi 
tuproqni tashkil etadi. 
Shunday  qilib,  yuqori  o‗simliklar  rizosferasi  tuproqning  oiganik  va  mineral  birikmalarini 
parchalab  turadigan  mikrooiganizmlaming  yashashi  uchun  eng  qulay  zona  hisoblanar 
ekan.Gumus qavatida ko‗pincha bakteriyalar ko‗p uchraydi lekin suvo‗tlari, zambumg‗lar va 
aktinomitsetlar  ham  tuproq  hosil  qilishda  muhim  rol  o‗ynab,  yuqori  o‗simliklar  yashashi 
uchun  zarurdir.  Ularning  hammasi  tuproqdagi  o(simlik  qoldiqlarini  parchalab  tuproq 
unumdorligini,  uning  tarkibidagi  mineral  moddalar  miqdorini  oshiradi.Tuproqdagi 
mikrooiganizmlar soniga tuproq unumdorligidan tashqari iqlim sharoiti va ayniqsa, harorat va 
namlik  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.Ye.M.Mishustinmwg  yozishicha  (1972)  Janubiy  va  ayniqsa, 
Shimoliy  rayonlarda  o‗simliklar  uchun  optimal  harorat  tuproq  haroratiga  qaraganda  yuqori. 
Haroratning  yetishmasligi  (balandhklarda)  tuproqning  hosil  bo‗lishi  jarayonini  susaytiradi. 
Miroorganizmlarning  tuproqdagi  holatiga  namlikning  ta‘siri  ayniqsa,  kuchlidir.  Chunki 
tuproqdagi  aminokislotalar  organic  moddalaming  parchalangan  qoldiqlari  har  xil  tuzlar 
mikroorganizmlar tomonidan faqatgina suvda erigan holda qabul qilinadi. 
Suv  yetishmaganda  hattoki,  qurg‗oqchilikka  cliidamli  mikroorganizlar  ham  yaxshi 
ko‗paymaydi,  ularning  biokimyoviy  aktivligi  susayadi.  Tuproq  dala  nam  sig‗imi  60  % 
bo‗lganda mikroorganizmlar hayot faoliyati uchun eng qulay sharoitidir. Ana shunday qulay 
sharoitda  tuproq  havo  va  suv  bilan  yashash  ta‘minlangan  va  natijada,  ammonifikatsiya  va 
nitirifikatsiya  jarayonlari  intensiv  bo‗lib  turadi.  Tuproqning  kislotali  holati  ham 
mikroorganizmlar  rivojlanishi  uchun  muhimdir.  Neytrai  va  ishqorli  tuproqlarda  bakteriyalar 
va  aktinomitsetlar,kislotali  tuproqlarda  esa  zamburug‗lar  ko‗p  bo‗ladi.Tuproq  tarkibida 
uchraydigan  mikroorganizmlar  tuproq  xiligagina  emas  balki  yuqorida  ko‗rsatilgandek,  turli 
xil ekologik omillarga bevosita bog‗liq. 1 g tuproqda 300 dan 3 mlrd gacha mirooiganizmlar 
uchrashi mumkin. 


Tuproq  zarrachalarining  donadorligi  ham  hayvonlar  uchun  ekologik  ahamiyatga  ega.  Ba‘zi 
hayvonlar tuproqni kavlab hayot kechiradi. Hasharotlarning lichinkalari toshloqli tuproqlarda 
yashay  olmaydi.  Kavlash  xususiyatiga  ega  bo‗lgan  pardaqanotlilar  tuxumlarini  yer  osti 
bo'shliqlarga,  ko'pchilik  chigirtkalar  ham  tuxumini  g'ovak.  tuproqqa  qo‗yishga  moslashgan. 
Tuproq  ostida  yashovchi  hayvonlar  uchun  yorug‗lik  uncha  katta  ahamiyatga  ega  emas. 
Tuproqning chuqur qatlamlarida harorat ham o'zgarmaydi. Kislorodning miqdori esa kamayib 
uglerod  ikki  oksidi  ortib  boradi.  Tuproq  namligi  biigina  o4simliklar  uchun  emas,  balki 
hayvonlar  uchun  ham  ahamiyati  katta.  Hayvonlar  orasida  ham  tuproq  qurg‗oqchiligiga 
chidamsiz turlari uchraydi. Ularga yomg‗ir chuvalchanglari va termitlarni ko'rsatish mumkin. 
Qumli  tuproqlarda  yashovchi  hayvonlar  qumning  ostiga  tezda  kirib  ketish  xususiyatga  ega. 
Psammafil  hayvonlarning  panjalarida  har  xil  o‗simtalar,  tuklar  yoki  muguz  pardalar  bo'lib, 
ularning yuzasini og‗irlashtiradi hamda tuproq qatlamida harakat qilishga, uya qurishga ham 
yordam  beradi.  Ilonlar,  kaltakesaklar,  ba‘zi  hasharotlar  qum  ostida  anchagina  masofalarga 
ko‗chib yurishi mumkin.  
4.  Tuproqning  tuz  rejimiga  0‗simliklarning  reaksiyasi.Makro  va  mikro  elementlarning 
o‗simliklar uchun ahamiyati 
Tuproq  eritmasidagi  makro  va  mikro  •elementlami  o‗simliklaming  hammasi  ham  bir xilday 
qabul qilolmaydi. Tuproqda mikroelementlar juda kam miqdorda bo‗ladi. Shu sababli ba‘zan 
ularni  kimyoviy  analiz  bilan  ham  aniqlash  qiyin.  Shunga  qaramasdan  o‗simliklar  bu  xil 
mikrodementlarni 
tuproqdan 
olib 
o‗z 
tanasida 
saqlash 
xususiyatiga 
ega. 
Masalan,qoqio‗tdoshlar,  ayiqtovondoshlar  oilalariga  kiruvchi  o‗simliklar  tarkibida  litiya 
ko‗proq, astragal, selen, yel, g‗o‗za barglarida marganes ko‗p uchraydi. Suvdagi suvo‗tlarda 
yod va brom ko‗p uchraydi. Masalan, Laminariya o‗simligi tarkibida yodning miqdori 0,1—
0,5 % uchragan holda dengiz suvida esa bu ko‗rsatgich 0,000005 %ga teng.  Karamgullilar va 
soyabongullilar  oilalariga  kiruvchi  o‗simliklarda  olitingugurtning  miqdori  boshqa  oila 
vakillariga  qaraganda 5—10 barobar ko‗pdir. Rux (Viola) binafsha tarkibida uclirasa lavlagi, 
kartoshka,  paxta  tarkibida  kaliy,  magniy,  tilog‗och  va  sho‗radoshlar  oilasi  vakillarida 
ko‗pincha soda ko‗proq uchraydi.T.F.Morozovning (1943) yozishicha daraxtsimon o‗simhklar 
o‗t  o‗simliklariga  qaraganda  mineral  moddalami  10—15  barobar  kamroq  qabul 
qilishadi.Daraxt o‗simliklar fosfor va kaliyni juda ham talab etganliklari sababli ular qishloq 
xo‗jaligi  ekinlari  o‗smaydigan  unumsiz  tuproqlarda  ham  bemalol  yashayveradilar.  Bunday 
holatga, ayniqsa, qarag‗ay o‗ta chidamlidir. 
0  4simliklarning  yoshi  o‗tishi  bilan  ularning  mineral  moddalarga  bo‗lgan  talabi  o‗zgarib 
boradi. Daraxtsimon o‗simliklarda azot va mineral moddalarga bo‗lgan talabi ularning o‗sishi 
davrida  kuchli  bo‗lsa  g‗allasimon  o‗simliklarda  esa  naychalash  va  boshoq  hosil  bo‗lishi 
davrida bo‗ladi. Yem-xashak o‗simliklarida bu ko‗rsatkichga talab gullash va  ullashdan oldin 
kuzatiladi. Tuproq unumdorligiga nisbatan o‗simliklar quyidagi guruhlaiga bo‗linadi.7. Evtrof 
o 'simliklar — unumli tuproqlarda o‗suvchi o‗simliklar (yasen, zarang, dub va boshqa daraxt 
o‗simlikIar).2. Oligotroflar — tuproq unumdorligiga kam talabchan o‗simliklar. Bu guruhga 
daraxtlardan oddiy qarag‗ay kiradi.  
3.  Mezotrof—  kam  unumli  tuproqlarda  o‗suvchi  o‗simliklar  bu  guruhga  o‗tloq  va  o‗rmon 
zonasinig o‗simliklari kiradi. 
0  ‗simlik  uchun  eng  muhim  kimyoviy  elementlar  bular  azot,  fosfor  va  kaliydir.  Shuning 
uchun o‗simliklaiga o‗g‗it beiganda kompleks, ya‘ni NPK (azot, fosfor, kaliy) beriladi. Azot 
o‗simliklarda  oqsil,  nuklein  kislotalari  va  xlorofil  tarkibiga  kirganligi  sababli  u  hamma 
o‗simliklar uchun eng kerakli muliim element hisoblanadi. Azot yetishmasa 0‗simliklar bargi 
och  yashil  rangda  bo‗ladi.Bundan  tashqari,  o‗simliklarni  o‗sishi  va  rivojlanishini 
tezlashtiruvclii va 
moddalar  almashuvida  aktiv  ishtirok  etuvchi  garmonlar  tarkibida  ham  bo‗ladi.  0  ‗simliklar 
uchun  azotning  manbayi  nitratlar,  ammoniy  tuzlari  va  azot  to‗plovchi  bakteriyalar  hosil 
qiladigan  biologik  azotlardir.  Azot  yetishmaganda  g‗allasimon  o‗simliklarda  quyidagi 
o‗zgarishlar bo‗ladi: poyalari ingichka, barglar kichik  va dag‗al,  ularning  hujayralari  mayda 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə