Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64

yashaydigan xayot kechirish muxitining qulay jixatlarini kafolatlashga yo‗naltirilgan. Bunday 
ekologik  siyosatning  amalga  oshirilishi  xalq  xo‗jaligi  majmui  va  umuman  jamiyatning 
barqaror  rivojlanishi  shartlaridan  biri  bo‗lib  qolishi  kerak.  O‗zbekiston  Respublikasining 
ekologik  siyosati  natijalaridan  biri  inson  salomatligi  uchun  yuqori  darajadagi  xavfga  ega 
xududlarda  atrof-muxit  sifatini  yaxshilash  va  ekotizimni  barqarorlashtirishdan  iborat  bo‗ldi. 
Orol  bo‗yida  ekologik  vaziyatning  oqibatlarini  bartaraf  qilish  bo‗yicha  tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda  -  kichik  maxalliy  suv  xavzalari,  ichimlik  suvi  bilan  ta‘minlovchi  suv 
o‗tkazgichlarining  qurilishi  olib  borilmoqda.  Respublikamizda  1991  yildan  boshlab 
ifloslantiruvchi  moddalarning  atmosferaga  tashlanish  miqdori  1.95  barobar  pasaydi, 
ifloslangan oqava suvlari 2.0 barobarga kamaydi. 
Pestitsidlardan  foydalanish  keyingi  5  yil  davomida  4  barobar  qisqardi.  Ekin 
maydonlarida paxta ekishning kamaytirilishi  xisobiga  g‗alla va dukkakli,  sabzavot  va poliz, 
kartoshka ekin maydonlari kengayib bormoqda. 
Paxta  ekiladigan  maydonlar  xozirgi  kunda  ancha  qisqartirilgan  va  ekin 
maydonlarining  taxminan  40  foizini  tashkil  etadi.  Milliy  qo‗riqxonalar,  bog‗lar  va 
ekomarkazlar rivojlantirilmoqda. 
2005  yilda  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  1999  yil  24 
oktyabrdagi  469-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan,  mamlakatimiz  ekologik  siyosatini  amalga 
oshirishda  asosiy  strategik  yunalish  xisoblangan  ―O‗zbekistonda  1999-2005  yillarda  atrof-
muxitni  muxofaza  filish  bo‗yicha  xarakatlar  dasturini‖  va  1999-2005  yillarga  mo‗ljallangan 
atrof-muxitni  muxrfaza  qilish  bo‗yicha  xududiy  dasturlarni  amalga  oshirish  muddati 
yakunlandi.  Joriy  davr  mobaynida  ushbu  dastur  O‗zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri 
tomonidan  1999  yil  11  noyabrida  tasdiqlangan,  Vazirlar  Maxkamasining  1999  yil  20 
oktyabrda qabul qilingan 469-sonli qarorini bajarish bo‗yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan 
amalga oshirildi. 
2005 yil avgust xolati bo‗yicha 165 rejalashtirilgan tadbirlardan 136 tasi yoki 82,4% 
bajarilgan,  25  tadbir  bajarilmoqda  (ulardan  6  tasini  bajarish  muddati  tugallanmagan)  va  4 
tadbir  bo‗yicha  ishlar  mablag‗,  yo‗qligi  sababli  bajarilmayapti,  umuman  ko‗zda  tutilgan 
tadbir-choralarni qamrab olish 98,2% ni tashkil etadi. 
Ushbu chora-tadbirlarni bajarish  uchun 3,0 milliard sum,  11,3 mln. Evro va 9,6 mln. 
AKSH  dollaridan  ziyod  mablag‗  o‗zlashtirildi.  Ulardan:  863,2  mln.sum  davlat  byudjeti 
mablag‗i;  1,5  mlrd,  sumdan  ko‗prog‗i  -  korxona  va  tashkilotlar  mablag‗lari;  grant  asosidagi 
investitsiyalar  571,6  mln.  sumni,  11,3  mln.  Evro  va  9,6  mln.  AKSH  dollarini  tashkil  etdi 
xamda  362,9  mln.  sum  tabiatni  muxrfaza  qilish  jamg‗armalari  mablag‗laridan  iborat  bo‗ldi. 
Tadbirlarni  bajarish  natijasida  atmosferaga  ifloslangan  moddalarning  tashlanishi  2.1  ming 
tonnadan ko‗proq kamaytirildi, etillashtirilgan benzin ishlab chiqarish ulushi -16,9% ni tashkil 
etdi  (20%  -  ko‗zlangan  edi),  yuk  tashish  va  engil  avtomobillar  uchun  gaz  balonli  uskunalar 
tayyorlandi  va  sinovdan  o‗tkazildi,  tarkibida  simob  mavjud  bo‗lgan  ishdan  chiqqan 
lampalarning  75%  dan  ortig‗i  qayta  ishlandi.  Dasturni  bajarish  natijasida  davlat  tabiatni 
muxrfaza  qilish  qo‗mitasi  mutaxassislari,  manfaatdor  vazirliklar,  idora  va  tashkilotlar  bilan 
birgalikda  O‗zbekiston  Respublikasining  quyidagi  beshta  qonunlari:  ―Ekologik  ekspertiza 
to‗g‗risida‖ (25.05.2000), ―Radiatsion xavfsizlik to‗g‗risida‖ (31.08.2000), ―Davlat kadastrlari 
to‗g‗risida‖ (15.12.2000), ―CHiqindilar to‗g‗risida‖ (05.04.2002), ―Muxofaza etiladigan tabiiy 
xududlar to‗g‗risida‖ (13.12.2004), xamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
quyidagi 32ta qarorlari: ―O‗zbekiston respublikasi davlat byudjetining 2000 yil uchun asosiy 
makroiqtisodiy kursatkichlari va parametrlarining prognozi to‗g‗risida‖ (554-sonli 31 dekabr 


1999  yil,  unga  ko‗ra  2000  yilning  1  yanvaridan  boshlab  tabiiy  muxitga  ifloslantiruvchi 
moddalarni  tashlash  va  O‗zbekiston  Respublikasi  xududida  chiqindilarni  joylashtirish  uchun 
to‗lovlar  belgilangan);  ―Ozon  qatlamini  ximoya  qilish  soxasidagi  shartnomalar  bo‗yicha 
O‗zbekiston  Respublikasining  xalqaro  majburiyatlarini  bajarish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖ 
(2000  yil  24  yanvar  20-sonli);  ―Tabiiy  resurslarni  saqlash  va  CHimyon-CHorvoq  xududini 
o‗zlashtirishga  xar  tomonlama  va  tizimli  yondashishni  ta‘minlash  bo‗yicha  chora-tadbirlar 
to‗g‗risida‖  (2000  yil 10 mart  83-sonli);  ―O‗zbekiston Respublikasi xududiga tarkibida ozon 
qatlamini  buzuvchi  moddalar  mavjud  bo‗lgan  maxsulotlar  va  ana  shunday  moddalarni  olib 
kirish yoki olib chiqishni tartibga solish to‗g‗risida‖ (2000 yil 14 mart 90-sonli); ―O‗zbekiston 
Respublikasi  xududiga  ekologik  xavfli  maxsulotlar  va  chiqindilarni  olib  kirish  yoki  olib 
chiqishni tartibga solish to‗g‗risida‖ (2000 yil 19 aprel 151- sonli); ―O‗zbekiston Respublikasi 
o‗simliklar  dunyosi  ob‘ektlarining  davlat  kadastrini  yuritish  tartibi  to‗g‗risidagi  qoidani  va 
O‗zbekiston  Respublikasi  xayvonot  olamining  davlat  kadastrini  yuritish  tartibi  to‗g‗risidagi 
qarorini  tasdiqlash  to‗g‗risida‖  (2000  yil  5  sentyabr  343-sonli);  ―Vazirliklar  va  idoralarning 
monitoring  borasidagi  faoliyatlarini  muvofiqlashtirishni  belgilovchi  tabiiy  muxit  davlat 
monitoring to‗g‗risidagi qoida‖ (2002 yil 3 aprel 111-sonli); ―Orol bo‗yi genofondini ximoya 
qilish  bo‗yicha  xayriya  jamg‗armasini  yaratish  to‗g‗risida‖  (2004  yil  3  aprel  162-sonli); 
―Andijon  va  Namangan  viloyatlarida  Qoradaryo  daryosining  suv  muxofazasi  xududlari  va 
qirg‗oq  bo‗yi  xududlarini  belgilash  to‗g‗risida‖  (2004  yil  13  aprel  178-sonli);  ―Namangan 
viloyatida  Norin  daryosining  suv  muxofazasi  xududlari  va  qirg‗oq  bo‗yi  xududlarini, 
belgilash  to‗g‗risida‖  (2004  yil  13  aprel  179-sonli);  ―Vazirlik  va  idoralarning  byudjetdan 
tashqari fondlariga mablag‗ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ (2004 yil 25 
oktyabr  499-sonli);  ―Biologik  resurslardan  oqilona  foydalanish,  ularni  O‗zbekiston 
Respublikasi xududiga olib kirish va olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‗g‗risida‖ 
(2004 yil 28 oktyabr 508-sonli) va boshqalar ishlab chiqildi xamda qabul qilndi. 
GXFU  (gidroxlorftoruglerod),  metil  bromidlarga  kvotalarni  ko‗zda  tutuvchi  xamda 
tarkibida ozon moddasi (OBM) bo‗lgan va ozonni buzuvchi maxsulotlarga litsenziyalar berish 
tizimini  ko‗chaytirishga  qaratilgan  Vazirlar  Maxkamasining  ―O‗zbekiston  Respublikasi 
xukumati qarorlariga ba‘zi o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi qarori loyixasi 
ishlab  chiqildi  va  Adliya  Vazirligiga  ko‗rib  chiqish  uchun  taqdim  etilgan.  Ozon  qatlamini 
emiruvchi moddalardan foydalanishni to‗xtatish bo‗yicha milliy dastur, mamlakatni barqaror 
rivojlanish modeliga o‗tish milliy strategiyasi, cho‗lga aylanib borish bilan kurashish bo‗yicha 
xarakatlar milliy dasturi, parnikli gazlar emissiyasini kamaytirish bo‗yicha milliy strategiya, 
muxofaza  etiladigan  tabiiy  xududlarni  rivojlantirish  va  joylashtirish  bosh  sxemasi,  ekologik 
ta‘lim davlat standarti va ekologik ta‘lim dasturi ishlab chiqildi xamda amalga oshirilmoqda. 
Er  osti  ichimlik  suvlari  zaxiralarini  shakllantirish  xududlariga  muxofaza  etiladigan  tabiiy 
xududlar maqomini berish bo‗yicha ishlar to‗la xajmda bajarildi, ulardan 11  tasi Respublika 
va 8 tasi viloyat axamiyatiga ega. Toshkent shaxri va Toshkent viloyati korxonalarida zaxarli 
chiqindilar  chiqarish  ustidan  o‗tkazilgan  tekshirishlar  natijalari  bo‗yicha  dastlabki 
ma‘lumotlar  tayyorlandi,  Toshkent  shaxri  va  Toshkent  viloyati  uchun  zaxarli  chqindilarni 
ko‗mish poligonlarining texnik-iqtisodiy xisoblari (TIX,) va APZ ishlab chiqildi va loyixani 
ekologik ekspertizasi o‗tkazildi. 
Tarkibida  simob  bo‗lgan  lampalar  va  asboblarni  qayta  ishlash  maqsadida  Navoiy, 
Andijon  va  qo‗shimcha  Buxoro  shaxrida  lyuminessent  lampalarni  demerkurizatsiya  qilish 
bo‗yicha qurilmalar tayyorlandi va ishga tushirildi. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə