Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64

Respublikamizda axoli zichligining kursatkichi 1980 yildagi bir kvadrat kilometrga 
35,6 kishidan 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Axoli sonining ortib borish sur‘atlarini 
xisobga  olib,  2010  yilda  respublika  axolisi  28,5-28,7  million  kishini  tashkil  etishi  taxmin 
qilinmoqda. 
Adirli xudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aҳoli soni o‗sishi bilan antropogen ta‘sir 
(suvga va xayot uchun zarur bo‗lgan boshqa vositalarga nisbatan extiyojning o‗sishi) ortadi. 
Bu  respublikamiz  axoli  zich  yashaydigan  xududlarida  qo‗shimcha  ekologik,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy muammoni keltiradi. 
O‗zbekiston  xududida  iqlimning  global  va  mintaqaviy  o‗zgarishining  oqibatlarini 
baxolash 2030 yillarga kelib, shimoliy xududlarda o‗rtacha yillik xaroratning 2-3 darajaga va 
respublika  janubiy  qismida  1  darajaga  o‗sishi  kutilmoqda  (tog‗li  xududlarga  kamroq  ta‘sir 
kursatilishi mumkin). 
O‗zbekistonning  barcha  xududlarida  yog‗ingarchiliklar  miqdori  ko‗payishi 
kutilmoqda: Fargona vodiysida 5-15 foizgacha, respublikamizning shimoliy qismida esa -15-
20  foizgacha.  Iqlimning  o‗zgarishi  suv  yuzasidan  bug‗lanish  xisobiga  10-15  foizga  va 
o‗simliklar transpiratsiyasi xisobiga 10-20 foizga suv yo‗qotilishi miqdorining ortishiga olib 
keladi. Bu esa suvdan foydalanishning o‗sishi bilan suv iste‘mol qilinishini o‗rtacha 18 foizga 
o‗sishiga olib keladi. Samarali xarorat yig‗indisining 5-10 foizga o‗sishi va sovuq bo‗lmagan 
davrning  davomiyligi  8-15  kunga  ortishi  sababli  qishloq  xo‗jalik  ekinlariga  ishlov  berish 
agroiqlim sharoitlari o‗zgaradi. 
SHu bilan birga, noqulay yozgi davr 1-3 un kunlikkacha ortib, bu paxta va yaylovlar 
maxsuldorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
―Biz  20-25  yil  mobaynida  jaxondagi  eng  yirik  yopiq  suv  xavzalaridan  birining 
yo‗qolib borishiga guvox, bo‗lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‗z o‗ngida butun bir dengiz 
xalok bo‗lgan xol xali ro‗y bergan emas edi‖. 
So‗ngi  40-45  yil  davomida  dengiz  satxi  22,0  metrdan  ko‗proqqa  pasaydi,  akvatoriya 
maydoni 3,8 barobardan ortiq kamaydi, suv xajmi 1064 dan 115 kilometr kubgacha pasaydi, 
suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga etdi. Orol dengizi deyarli ―o‗lik‖ dengizga aylandi. Uning qurib 
qolgan  qismining  maydoni  4,2  mln.  gektarni  tashkil  etdi  va  yaqin  atrofga  qumli  tuzlar 
tarqatish manbai bo‗lib qoldi. CHang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 kilometr va kengligi 
40 kilometrga etmoqda. CHangli bo‗ronlar ta‘sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.  
Xar yili bu erda atmosferaga 15 dan 75 million tonnagacha chang ko‗tariladi. Utgan 
asrning 80-yillaridan boshlab, bunday bo‗ronlar yiliga 90 kunlab kuzatiladi. 
Ayni  paytda  Amudaryo  va  Sirdaryo  deltalarida  erlarning  tabiiy  xolati  buzilib, 
cho‗lga aylanish sur‘atlari o‗sib bormoqda. 
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi bo‗yicha 
xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmuasi yuzaga keldi. 
―Orol  tangligi  insoniyat  tarixidagi  eng  yirik  ekologik  va  gumanitar  fojialardan 
biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta‘sirida qoldi‖. 
Markaziy Osiyo xududi xavfli tabiiy jarayonlar va xodisalar keng doirasining ta‘siri 
ostida  qolib,  ularning  orasida  eng  katta  xavf  tug‗diruvchilari  -  zilzilalar,  suv  toshqinlari,  sel 
oqimlari va er ko‗chishi xisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi xududining iqlimi va geologik 
xususiyatlari  xamda  xalq  xo‗jalik  tarmoqlarining  infratuzilmasi  favqulotda  xolatlar  yuzaga 
kelishining  yuqori  darajadagi  extimolliklariga  (tabiiy  ofatlar,  ishlab  chiqarishdagi  yirik 
baxtsiz xodisalar va falokatlar) sabab bo‗ladi. 


O‗zbekiston  Respublikasi  xududining  iqlimi  va  geologik  xususiyatlari  xamda 
iqtisodiyot  soxalarining  infratuzilmasi  favqulotda  xolatlar  yuzaga  kelishida  yuqori 
extimollikka sabab bo‗lmoqda (tabiiy ofatlar, yirik ishlab chqarish avariyalari va xalokatlar). 
O‗zbekiston  Respublikasining  yarmidan  ziyod  xududlari  seysmik  jixdtdan  faol  xududlarda 
joylashgan,  bu  erlarda  MSK-64  xalqaro  shkalasi  bo‗yicha  7-9  ballik  kuchga  teng  er 
silkinishlari sodir bo‗lishi mumkin. Mazkur xududlarda 16 million axoli yashaydi (respublika 
axolisining 64%). Sanoat saloxiyatining 87,5% jamlangan. Lekin shu bilan birga oxirgi 15-20 
yillar  davomida  ma‘lum  seysmik  osudalik  kuzatilmokda.  Bu  esa  ortiqcha  seysmik 
energiyaning tuplanishi bilan ifodalanuvchi xavotirli belgi xisoblanadi. 1996 yil oxiri va 1997 
yil boshidan boshlab O‗zbekiston va respublikamizga qo‗shni bo‗lgan davlatlar (Qozog‗iston, 
Qirg‗iziston,  shimoliy-g‗arbiy  Xitoy,  Afg‗oniston,  shimoliy  Eron,  Turkiya)  xududlarida 
seysmik  faollashish  davri  boshlandi.  1998  yil  fevral  oyida  shimoliy  Afg‗oniston xududining 
Xindikush  tizmalarida  zilzila  markazida  8-9  ballga  tent  kuchli  er  silkinishi  sodir  bo‗ldi. 
Janubiy Osiyo, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining bir qator mamlakatlarida yadro qurollari 
sinovlari qayta boshlanishi mumkinligi xam tashvishli xol bo‗lib, ular xam Markaziy Osiyoda 
er silkinishini keltirib chiqarishi mumkin. 
CHorvoq,  Andijon  (O‗zbekiston),  Toktogul  (Qirg‗iston)  Qayrokum  (Tojikiston), 
Kattako‗rg‗on,  janubiy  Surxon  suv  omborlari  to‗g‗onlarining  shikastlanish  extimoli  ayniqsa 
xavotirli  vaziyatlarni  yuzaga  keltirishi  va  buning  oqibatida  respublika  xududida  suv  bosish 
xududlari paydo bo‗lishi mumkin. Tojikiston tog‗larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan 
Sarez ko‗li aloxida xavfli xisoblanadi (xajmi -16,6 km
2
). Agar bu uyum to‗sig‗i  yorib o‗tilsa 
Bartog, Panj va Amudaryo daryolar vodiylarida xalokatli toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.  
Toshkent, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikada eng xavfli er ko‗chish 
xududlari xisoblanadi. 
Tog‗lar  o‗ramidagi  Farg‗ona  vodiysida  ko‗chkilar  asosan  adirlarni  o‗zlashtirish  bilan 
bog‗liq, Samarqand viloyatining ba‘zi xududlarida xam ko‗chkilar kuzatildi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  tog‗  yon  bag‗ri  xududlarining  deyari  barchasi  sel  xavfi 
bor  xududlar  xisoblanadi.  Fargona  vodiysi,  Toshkent  va  Surxondaryo  viloyatlari  sel  xavfi 
kuchli  xududlar  xisoblanadi.  Qorlar  jadal  eriy  boshlaydigan,  uzoq  vaqt  davom  etadigan 
yomg‗irlar davri - aprel-iyun oylarida sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi. 
SHunga qaramay xozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari faoliyat yuritmoqda. 
Markaziy  Osiyoda  XXI  asrda  suv  manbalarining  cheklanganligi  sababli  vaziyatning 
keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta‘minlanish borasida O‗zbekiston eng noqulay 
tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik tarmog‗i suv manbalari ob‘ektlarining 
notekis taqsimlanishiga ega. Sirdaryo daryosi o‗zani bo‗yicha ko‗p yillik o‗rtacha daryo oqimi 
yiliga  37,9  km
3
  tashkil  etadi.  SHu  bilan  birga  ko‗p  yillar  davomida  o‗rtacha  Qirg‗izistonda 
yiliga  28,0  km

(73,8%),  O‗zbekistonda  -  5,59  km
3
  (14,8%)  va  Qozog‗istonda  -  4,08  km
3
 
(10,8) daryo resurslari shakllanadi. Amudaryo basseyni bo‗yicha o‗rtacha ko‗p yillik resurslar 
78  km
3
  dan  ortiqni  tashkil  etadi,  ulardan  62,9  km
3
  (80%  dan  ortigi)  Tojikiston  xududida 
shakllanadi, O‗zbekistonda esa faqatgina 4,7 km
3
 (6%) qismi tarkib topadi. 
Amudaryo  suvlarini  burish  yo‗li  bilan  shimoliy  Afg‗onistonning  daryo  bo‗yi 
xududlariga suv chiqarish loyixasini amalga oshirish qo‗shni mamlakatlar, birinchi navbatda 
O‗zbekiston va Turkmanistonning xo‗jalik manfaatlariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, cheklangan 
suv resurslaridan foydalanish uchun tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi. 
Markaziy  Osiyoda,  shu  jumladan  O‗zbekistonda  cho‗lga  aylanish  jarayonlari  aloxida 
tashvishli  xolatdir.  Bu  faqatgina  cho‗l  xududlarining  kengayib  borishidagina  emas,  balki 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə