Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64

biologik  maxsuldorlik  darajasining  o‗zgarishida  xam  namoyon  bo‗lmoqda.  CHo‗lga  aylanib 
borish  er  landshaftining  biologik  maxsuldorligini  pasayishiga  olib  keladi  va  buning  oqibati 
sifatida  -  axolining  ekologik  noqulayliklariga,  o‗simlik  va  xayvonot  dunyosi  turlari 
tuzilmalarining  qisqarishiga  sabab  bo‗ladi.  Mana  shu  ko‗rsatkichlar  bo‗yicha  Markaziy 
Osiyoda  yangi  cho‗llar  maydoni  deyarli  100  ming  km  ga  ortgan,  ba‘zi  xududlarning 
maxsuldorligi esa 50% gacha kamaygan. 
CHo‗lga  aylanib  borish  ma‘lum  darajada  ijtimoiy-iqtisodiy  keskinlikka  (chorvachilik 
maxsuldorligini pasayishiga va kasalliklar kelib chiqishining o‗sishiga) sabab bo‗ladi. 
CHo‗lga  aylanib  borishning  asosiy  sababi  -  suvdan  noto‗g‗ri  foydalanish  va  ma‘lum 
darajada iqlim o‗zgarishi tufayli xududlar va akvatoriya suv rejimining o‗zgarishi xisoblanadi. 
Orol bo‗ylarida, Ustyurt tizimi, Qoraqum va Qizilqum cho‗llarida, Tyan-SHan va Pomir tog‗ 
yon bag‗irlarida ayniqsa cho‗lga aylanish jarayonlari tez kechmoqda. 
Ekin  maydonlari,  er  resurslari  doimiy  ravishda  turli  xildagi  eroziyalardan 
zararlanmoqda,  shu  jumladan  suv  erroziyasi  -  2790  ming  ga  (sug‗oriladigan  -  339  ming 
gektar),  shamol  erroziyasiga  -  20478  ming  ga  (sug‗ori-ladigan  -  2262  ming  gektar),  bir 
vaqtning o‗zida xam suv, xam shamol erroziyasidan 2005 ming ga (sug‗oriladigan -341 ming 
gektarda) zararlanadi. 
Buxoro,  Navoiy,  Qashqadaryo,  Farg‗ona  viloyatlari  va  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida tuproqning deflyasiyasi eng keng tarqalgan. 
Surxondaryo,  Toshkent,  Namangan  va  Andijon  viloyatlari  erlari  eng  ko‗p  darajada 
suv  eroziyasidan  zararlangan,  bu  xududlarda  50-60%  qishloq  xo‗jalik  maydonlari  eroziyaga 
duchor bo‗lgan. SHaxar va qishloq axoli turar joylarida 20% dan ortiq xududlarni kuchli suv 
bosgan. 
Biologik  ob‘ektlardan  faol  foydalanish  o‗simliklar  va  xayvonlar  xayot  kechirish 
sharoitlarining yomonlashuviga, ularning turlari va umumiy sonining kamayishiga olib keldi. 
Respublika  yovvoyi  o‗simliklar  dunyosining  3000  dan  ortig‗ini  oliy  o‗simliklar 
tashkil  etadi,  ular  orasida  ko‗plab  endemik  va  qadimgi  o‗simliklar  bor.  O‗simlik  dunyosini 
saqlab  qolishga  mas‘uliyatsiz  munosabatda  bo‗lish  va  undan  nooqilona  foydalanish 
o‗simliklar dunyosining keskin kambag‗allashib ketish xavfini yuzaga keltirdi. 
Keyingi  o‗n  yillik  davomida  ―O‗zbekiston  Respublikasi  Qizil  kitobi‖  ga  kiritilgan 
noyob  va  yo‗qolib  ketish  xavfi  ostidagi  o‗simlik  turlari  soni  163  tadan  301  turgacha  ortdi 
(respublikamiz ja‘mi o‗simlik dunyosining 8%). 
O‗rmonzorlarning katta  miqdori  yo‗qolib ketishi  xavotirli xolatdir. Keyingi  o‗n  yil 
ichida o‗rmon xo‗jaliklari tomonidan o‗stirilgan daraxtzorlarning umumiy xajmidan taxminan 
124.0  ming  ga  maydondagi  daraxtlar  yo‗q  bo‗lib  ketdi  (umumiy  maydonning  32%)  va 
xisobdan chiqarildi. 
Archa va to‗qay o‗rmonzorlari ekotizimi eng ayanchli xolatda. Xayvonlarning ko‗p 
turlari  va  soni  ancha  qisqardi:  to‗qay  bug‗usi,  xongul-arxar,  tog‗  echkisi,  bug‗u,  yovvoyi 
chg‗chqa, jayron. Bu esa ular bilan bog‗liq bo‗lgan yirtqichlar, yulbars, qoplon, gepard, qizil 
bo‗ri, chiya bo‗ri kabilarning respublika xayvonot dunyosidan yo‗qolib ketishiga sabab bo‗ldi. 
O‗simliklar va xayvonlar endemik turkumlaridan menzbir (Angren  yassi tog‗liklari) sug‗uri, 
tog‗  tekisliklari  turlari,  inson  tomonidan  keng  o‗zlashtirilgan  Amudaryo  quyi  oqimlaridagi 
gidrofil turlari sezilarli jabrga duch kelmoqda. Bundan tashqari 1981 yilda chiqarilgan ―Qizil 
kitob‖ ga 161 turdagi xayvonlar kiritilgan bo‗lsa, 2004 yilda bu ko‗rsatkich 184 turni tashkil 
etdi, shunga o‗xshash 1991 yilda 163 o‗simliklar turlari kiritilgan bo‗lsa, 1999 yilda 301 turi 
qayd etildi. 


Muxrfaza  etiladigan  tabiiy  xududlarning  mavjud  tizimi  O‗zbekistonning  xayvonot 
va  o‗simliklarning  barcha  turlarini  qamrab  olmagan.  Ustyurtda,  Qizilqum  cho‗llarida,  adirli 
past tog‗liklarda qo‗riqlanadigan tabiat xududlari mavjud emas.  
SHunday  qilib,  axoli  sonining  o‗sish  sur‘atlarini  tartibga  solish,  ekologik 
xavfsizlikni  ta‘minlash  xamda  nooqilona  iste‘mol  qilish  va  ishlab  chiqarish  tizimlarini 
qisqartirish,  tabiiy  resurslardan  samarali  foydalanish  va  barqaror  rivojlanish  bo‗yicha  say‘i-
xarakatlar bir-birini to‗ldirish xususiyatiga ega. 
Ekologik  taxdidlar  -  bu  atrof-muxit  axvoliga  va  insonning  xayot  faoliyatiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  zarar  etkazish  yoki  bunga  sabab  bo‗ladigan  tabiiy  va  texnogen 
xususiyatdagi xodisalardir. 
Ekologik  taxdidlar  quyidagi  darajalar  bo‗yicha  tasniflanadi:  global,  mintaqaviy, 
milliy, maxalliy (10 rasm).  
 
2. Davlat ekologik nazorati 
 
Ijtimoiy tarakkiyot sharoitida jamiyatning tabiatga ta‘sir kursatishi mukarrardir. Tabiat 
insonning  moddiy  va  ma‘naviy  extiyojlarini  kanoatlantiradigan  yagona  manba  xisoblanadi. 
Inson  tabiatga  ta‘sir  kursatmasdan  yashay  olmaydi.  SHuning  uchun  ishlab  chikarishni  va 
boshka  faoliyatlarni  shunday  tashkil  etish  kerakki,  nafakat  odamlarning  moslashuvi 
chegarasidan chikmasligi, balki shu bilan birga biosfera eng yaxshi xolatda saklanishi kerak. 
 
Inson  faoliyatining    tabiatni  uzgartiruvchi  mikyoslarini  kursatuvchi  kuyidagi 
ma‘lumotlarni  keltirib  utamiz.  Eng  sunggi  taxminiy  xisob-kitoblarga  kura,  insoniyat  er 
bagridan  yiliga  100  milliard  tonna  tog  jinslari  kazib  oladi.  XX  asrning  oxirlarida  esa  bu 
mikdor  olti  barobar  ortgan.  Dastlabki  bashoratlarga  karaganda,  butun  dunyo  mikyosidagi 
sanoat ishlab chikarishi uch marta kupayadi. Uning bunday darajada ortishi esa insoniyatning 
butun  sivilizatsiyasi  un  ming  yil  davomida  ishlatganga  karaganda  turt  marta  kup  yangi  xom 
ashyo  ressrlarini  talab  etadi.  Olimlarning  bergan  ma‘lumotlariga  kura,  olingan  kazilmalarni 
kayta  ishlashda  ular  massasining  deyarli  tukson  sakkiz  foizi  chikindiga  ajraladi  va 
kazilmaning atigi ikki foizidan ijtimoiy extiyojlarni kanoatlantirish uchun foydalaniladi. 
 
Xozirgi vaktda ishlab chikarish sur‘ati tobora ortib bormokda. Kayta tiklanmaydigan 
mineral  xom  ashyolar  iste‘moli  xar  uttiz  yilda  ikki  barobar  ortsa,  kazib  olinadigan  yonilgi 
mikdori esa xar un besh yilda ikki barobar kupayadi. 
 
Bugungi  kunda  sayyoramiz  urmonlari  xar  dakikada  20  gektarga  kamayadi.  Tropik 
urmonlar  maydoni  xar  yili  birfoizga  kiskaradi.  Atmosferadagi  kislorod  xajmi  yiliga  10 
milliard  tonnaga  kkamayadi.  XXI  asrning  urtalarida  bu  borada  kator  muammolar  kelib 
chikishi  mumkin.  Xozirgi  vaktda  suv,  elektr  kuvvati,  neft,  moy,  mineral  va  organik  xom 
ashyolar,  metall,  kumir  va  boshka  tabiiy  boyliklardan  foydalanishda  kuplab  isrofgarchilikka 
yul  kuyilayotgani  xech  kimga  sir  emas.  Tashish  vaktida  xom  ashyolar  kanchalik  kam 
yukotilsa,  tabiat  shunchalik  kam  ifloslanadi.  Masalan,  kumir,  kum-sement  va  boshkalarni 
ochik  vagonlarda  tashish  okibatida  katta  isrofgarchiliklarga  yul  kuyiladi,  ularning  ma‘lum 
kismi  shamolda  uchib  ketadi.  Afsuski,  xozirgi  vaktga  kadar  dunyoning  turli  burchaklarida 
kumir  va  boshka  xom  ashyo  maxsulotlari  ochik  vagonlarda  tashilib,  inson  mexnati  va 
maxsulotlarning bexuda sarflanishi xollari kuzatilmokda. 
 
SHuning  uchun  fan-texnika  tarakkiyoti  tabiat  boyliklari,  materiallar,  xom  ashyolar, 
yonilgi  va  energiyadan  foydalanishni  tubdan  yashxilashga  yunaltirilishi  kerak.  Barcha 
boskichlarda,  ya‘ni  kazib  olish  va  xom  ashyoni  kompleks  kayta  ishlashdan  tortib,  oxirgi 
maxsulotni  ishlab  chikarish  va  undan  foydalanishgacha  bulgan  jarayonlarda  fan  va 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə