Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64

texnikaning  eng  sunggi  yutuklaridan  foydalanib  kurish  samarali  natijalar  beradi.  Tabiiy 
boyliklarni  tejash,  xalk  xujaligining  yonilgi,  energiya,  xom  ashyo  va  materiallarga  bulgan 
ortib boruvchi extiyojini kanoatlantirishda xal etuvchi omil xisoblanadi.  
 
Bizning  nazarimizda,  atrof-muxitni  ximoya  etish  va  tabiiy  resurslarni  tiklash 
masalasida kuyidagilar e‘tiborga olinishi kerak: 

 
Maxaliiy  va  global  ekoloik  manitoring,  ya‘ni  atrof-muxitning  muxim  xarakteristkalari 
xolatini, suv, tuprok, atmosferadagi zararli moddalarning konsentratsiyasini nazorat kilish 
va ulchash; 

 
Urmonlarni tiklash va yongin, zararkundalar, kasalliklardan muxofaza kilish

 
Kurikxonalar,  etalon  ekotizimlar,  bebaxo  tabiiy  majmuilarni  kengaytirish  va  ular  sonini 
kupaytirish; 

 
Usimlik va xayvonlarning noyob turlarini saklash xamda kupaytirish

 
Axolining ekologik ma‘rifati va madaniyatini yuksaltirish; 
Tabiatga  yangicha  munosabatni  shakllantirish  buyicha  inson  faoliyatining  barcha 
soxalarida  faol  ishlar  olib  borish,  tabiatdan  okilona  foydalanish  va  tabiatni  asrash 
texnoloiyasini  ishlab  chikishgina  bugungi  kundagi  ekologik  muammolarni  xal  etishga 
kolaversa, tabiat bilan uygun munosabatda bulishga kumaklashadi. 
 
Ekologik ekspertiza – bu geografik muxitning biologik kismiga ta‘sirini baxolashdir. 
 
Ekspertiza  ilmiy  tekshirish  yoki  loyixalash  institutlari  tomonidan  taklif  kilinayotgan 
loyixalarni  urganish  va  ularni  amalga  oshirish  maksadga  kanchalik  muvofik  ekanligini 
aniklab, chukur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jaryonida korxonaning atrof 
muxitga, odamlarning sogligiga ta‘sir kilishi jiddiy e‘tiborga olinadi. 
 
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi:davlat ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik 
ekspertizasi,  vazirliklar  ekspertizasi  va  boshkalar.  Ekspertiza  Uzbekiston  Respublikasi 
Tabiatni muxofaza kilish Davlat Kumitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur kumitada ekologik-
geografik ekspertiza boshkarmasi faoliyat kursatadi. Taklif kilinayotgan loyixaning mazmuni, 
kanday  tadbirlar  amalga  oshirilishiga  karab,  shu  soxaning  etakchi  mutaxassislari  u  bilan 
tanishib  chikib,  uz  muloxazalarini  bildiradilar.  Masalan,  tog  daryolarida  yirik  suv  ombori 
kurilishi  loyixasi  ekspertizaga  topshirilgan  bulsa,  u  xolda  muxandis-gidrotexniklar, 
gidrologlar, 
gidrobiologlar, 
ekologlar, 
geograflar, 
urmonchilar, 
iktisodchilar, 
xukukshunoslardan iborat gurux tashkil kilinadi va ular loyixa buyicha uzlarining takliflarini 
tayyorlaydilar. 
 
80-yillarga  kadar  Uzbekistonda  kurilgan  sanoat  korxonalari  ekologik-geografik 
ekspertizadan  rasmiy  ravishda  deyarli  utkazilmagan.  Albatta,  korxona  biror  joyga  kurilishi 
lozim  topilganda  usha  joyning  muxandis-geologik,  gidrogeologik  va  gidrologik  sharoitlari 
birmuncha  xisobga  olingan,  lekin  korxona  keltiradigan  zararli  okibatlar  deyarli  xisobga 
olinmagan.  SHuning  uchun  axoli  zich  yashaydigan  CHirchik,  Oxangaron,  Fargona 
vodiylarida  sanoat  korxonalarining  salbiy  ta‘siri  tufayli  atmosfera  xavosi  va  suv  xavzalari 
boshka rayonlarga nisbatan kuprok ifloslangan. 
 
Endilikda,  ayniksa,  Uzbekiston  mustakillikka  erishgandan  sung,  yangi  sanoat 
korxonalari  ekologik  me‘yorlarga  mos  xolda  joylashtirish,  mavjud  korxonalar  ishlab 
chikarayotgan maxsulotlar, atrof muxitga chikarilayotgan chikindilar masalasi atroflicha taxlil 
kilinib,  texnologik  jarayonlarni  mukammallashtirish,  gaz  va  changni  tutib  koluvchi,  ularni 
tozalovchi zamonaviy moslamalarni urnatishga katta axamiyat berilmokda.  


O‗zbekistan  Respublikasining  ekologik  xavfeizligini  ta‘minlash  strategiyasi  milliy 
xavfsizlik  Konsepsiyasi  va  O‗zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasida belgilangan ekologik 
soxadagi shaxs, jamiyat va davlatning muxim xayotiy manfaatlaridan kelib chiqadi. 
SHaxsning muxim xayotiy manfaatlariga quyidagilar kiradi: 
•  inson  faoliyati,  kishilar  sog‗lig‗ini  ximoya  qilish  uchun  qulay  ekologik  shart-
sharoitlarni ta‘minlash. 
Jamiyatning muxim xyotiy manfatlariga quyidagilar kiradi: 
•  barqaror  ekologik  vaziyatni  yaratish,  axoli  salomatligini  ta‘minlash,  jismonan 
rivojlangan avlodni shakllantirish. 
Davlatning muxim xayotiy manfaatlariga kuyidagilar kiradi: 
•  barqaror  rivojlanish,  mintaqada  ekologik    vaziyatning    barqarorligi,  sog‗lom  xayot 
tarzini shakllantirish; 
•  iqtisodiyotning  ustuvor  soxalarida  ilmiy-texnik  rivojlanishning  yuksak  darajasini 
ta‘minlash; 
•  milliy  xavfsizlikning  samarali  tizimini  yaratish,      O‗zbekistonning  xavfsizlik  va 
xamkorlik bo‗yicha mintaqaviy va global tizimlariga va ularning tuzilmalariga uzviy ravishda 
uyg‗unlashuvini ta‘minlash. 
O‗zbekiston respublikasi ekologik-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‗nalishlari 
O‗zbekiston  Respublikasi  inson  xuquqi  va  erkinligiga  amal  qilish,  ijtimoiy  va 
ekologik  yo‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  orqali  dunyo  xamjamiyatiga  to‗la 
xuquqli  integratsiyalashishni  ta‘minlovchi  xuquqiy  demokratik  davlat  va  ochiq  fuqarolik 
jamiyatini barpo etmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi 
va  xarakatlantiruvchi  kuchi  insonning  barkamol  rivojlanishi  va  farovon  xayoti,  shaxs 
manfaatlarini amalga oshirish sharoitlari xamda amaliy mexanizmlarini yaratishdan iboratdir.  
―Xalqaro  xamjamiyat  insonning  nafaqat  yashash  xuquqi,  balki  tulaqonli  va  sog‗lom 
turmush  kechirishi  uchun  zarur  mo‗‗tadil  atrof-muxit  sharoitlariga  xam  ega  bo‗lgan 
xuquqlarining  muqaddas  va  daxlsizligini  allaqachonlar  e‘tirof  etgan.  Ekologik  xavfsizlik 
kishilik  jamiyatining  buguni  va  ertasi  uchun  dolzarbligi,  juda  zarurligi  bois  eng  muxim 
muammolar jumlasiga kiradi‖. 
Xalqaro xuquqiy tajribalar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik 
xavfsizlikninng  mukammal  tizimini  shaklantirish  O‗zbekiston  milliy  xavfsizligini 
ta‘minlashning asosiy shartlaridan biri xisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati konstitutsiya, qonunchilik, 
O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, atrof-muxit va barqaror rivojlanish 
bo‗yicha  Rio-de-Janeyro  va  Yoxannesburg  deklaratsiyalarining  tamoyillari  asosida  xalqaro 
konvensiyalar  va  shartnomalardan  xamda  etakchi  davlatlarning  qonunchilik  soxasidagi 
tajribalaridan  kelib  chiqadigan  respublikaning  majburiyatlari  xisobga  olingan  xolda  olib 
boriladi. 
O‗zbekiston,  barcha  sobiq    ittifoq  davlatlari  kabi  ishlab  chiqarish  uchun  katta 
miqdorda  energiya  va  materiallar  sarf  etishni  talab  qiladigan,  ma‘naviy  eskirib  ketgan  va 
atrof-muxitni  ifloslantiradigan  jixozlar  va  texnologiyalarga  ega  iqtisodiyotni  meros  qilib 
olgan.  Ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimidan  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitlarida 
makroiqtisodiy  rejalashtirishning  tabiatni  muxofaza  qilish  siyosati  bilan  optimal 
uyg‗unlashuvi  va  uning  ijtimoiy  xamda  boshqa  soxalarda  yuritilayotgan  siyosat  bilan 
xamoxang bo‗lishi eng muxim vazifa bo‗lib qoldi. Respublikamiz ekologik siyosati tabiatning 
aloxida  unsurlarini  ximoya  qilishdan  ekotizimni  umumiy  ximoyalashga  o‗tishga,  inson 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə