Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi
eng ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi.
Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi ustidan nazoratining kuchaytirilishi,
havo tozalagich moslamalardan ko‘plab foydalanilishi, ekologik ongnimg oshishi,
mutaxassislar mas‘ulyatining oshishi, ―Ekosan‖ Xalqaro ekologik va salomatlik
jamg‘armasining faol sa‘y-harakati natijasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy
siljishlar ro‘y bermoqda.
Atmosferani ifloslantiruvchi
Atmosfera havosini ifloslantirishga asosiy sababchi bo'lgan sanoat obyektlari Toshkent
(42,7%), Qashqadaryo (14,6%), Buxoro (10.9%), Navoiy (8,1%), Farg'ona (6,8%)
viloyatlarida jamiangan. Sanoat salo-hiyati energetika, (jolra va rangli metallurgiya, kimyo va
neftkimyo sanoati (asosan, o'g'itlar ishlab chiqarish), gaz sanoati, neftni qayta ishlash
zavodlari, sement va -boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaJar
obyektlaridan iborat.
1999—2010-yillar ifloslantiruvchi modda tashlamalarining o'rtacha 5,5% ga
kamayishi bilan tavsiflanadi. Respubiikada statsionar (turg'un) manbalardan tashlanadigan
ifloslantiruvchi moddalar tendentsiyasi 9-rasmda keltirilgan.
Davlat statistik hisoboti ma'lumotlariga ko'ra, yiliga yirik kor-xonalardan (IES va
IEM) 200 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqariladi. Asosiy
ifloslantiruvchi moddalar — qattiq chang zarralari, oltin-gugurt dioksidi, azot oksidlari,
uglerod oksidi, vannadiy besh oksidi va benzapiren hisoblanadi. Shu qatorda, IES va IEM lar
tomo-nidan, eng ko'p rniqdorda ya'ni, tarmoq bo'yicha — 57,6%ni, res-pubJika bo'yicha esa
— 44, 16%ni tashkil etuvchi, 121,38 ming ton-na oltingugurt dioksidi atmosferaga
chiqariladi.
IES qozonlarida yoqilg'ining yonishi natijasida, ifloslantiruvchi modda tashlamalari
qatorida, respublika bo'yicha 50% atrofida, bug'I effektni yuzaga keltiruvchi uglerod ikki
oksidi ham atmosferaga tashlanadi. Uglerod dioksid tashlamasining hosil bo'lish miqdori,
yon-diriladigan yoqilg'i massasida qancha bo'lish miqdori, yondiriladigan yoqilg'i massasida
qancha uglerod saqlashi va ishlatilishiga bog'liq. 2003-yil.dagi 240 ming tonnaga nisbatan
2004-yilda uglerod
dioksidi oshib, 2964 ming tonnani tashkil etdi.
Neft va gaz sanoati: O'zbekistonning neft-gaz sanoati og'ir sanoatning ulkan
tarmoqlaridan
biri hisoblanib, respublika energetikasini birlamchi yonilg'i resurslari bilan
93% ga ta'minlaydi.
Mustaqillik davrida suyuq uglevodorodlarni qazib olish deyarli 3 barobarga ortdi, bu
neftni import qilishdan to'la voz kechishni va res-publikada yoqilg'i mustaqilligini ta'minladi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida neft va gaz qazib olish amalga
oshirilyapti, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi Ustyurtda gaz konlarini o'zlashtirish
olib borilmoqda.
Neft tarkibida oltingugurt birikmalarining miqdori ko'pligi (2,7% gacha) va tabiiy gaz
va neftda toksik hamda zanglash-agressiv oltingugurt vodorodining aralashmalari mavjudligi
respublikamiz konlarini ajratib turuvchi tabiiy xususiyat hisoblanadi, .bu dastlabki
xomashyoni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Metallurgiya: Metallurgiya sanoati tashlamalariga barcha turg'un
manba-lardan
atmosferaga tashlanadigan tashlamalar umumiy miqdorining taxminan 15%i to'g'ri keladi.
Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilayotgan chora-tadbirlarga qaramay,
«OTMK» OAJ respublikada atmosfera havosini ifloslantiruvchi yirik manba bo'lib qolmoqda.
Respublika bo'yicha barcha turg'un manbalar tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning 12%
va oltingugurt dioksidining 26%i ushbu tashkilot hisobiga to'g'ri keladi. 2004-yilda
atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish hajmi 106,2 tonnani tashkil etdi.
Ba'zi yillarda, Olmaliq shahrida atmosfera havosini oltingugurt dioksidi bilan
ifloslantirish darajasi sanitariya-gigienik me'yorlardan 5 barobar oshgan.
Kimyoviy ifloslantiruvchilar
Kimyoviy ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti davrida atmosfera havosining
ifloslanishi Respublikaning Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida ayniqsa
sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyatida atmosfera
havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin. Ikki yuz mingga yaqin aholisi
bo‘lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko‘plab sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatadi
. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili
637,6 ming tonna zararli moddalar
hosil bo‘lib, shundan 97,2% i
ushlab qolinadi
Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qilib,
tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ga tehgdir. Tashlanadigan zararli
moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, bu ko‘rsatkich
o‘tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo‘ladigan azot
oksidlarini tozalash inshootlarini loyihalash ko‘zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning
me‘yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik
hajmi
2,5 million tonnadan oshiq bo‘lib, jami 43,5 million tonna chiqindilar to‘planib qolgan.
Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta
ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi
buzilgan bo‘lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1
ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.
Qurilish sanoati: Ohangaron, Navoiy, Bekobod, Buxorodagi qurilish va sement ish-
lab
chiqarish, sanoati — asosiy chang chiqaruvchi manbalar hisobla-nadi. Atmosfera
havosini chang bilan ifloslanish darajasi sanitariya -gigienik me'yorlardan oshadi.
Kimyo sanoati: Olmaliq, Andijon, Qo'qon, Navoiy, Farg'ona, Chirchiq va
Samarqandda
kimyo
sanoati
ob‘yektlarining
tashlamalari,
turg'un
manbalardan
tashlanayotgan tashlamalar umumiy hajmining bor-yo'g'i 3% ni
tashkil etadi.
Asosiy ifloslantiruvchi moddalar — ammiak, ftorli vodorod, azot dioksidi va fenol
bo‘lib, quyida Andijon, Farg'ona, Navoiy shaharlarida atmosfera havosini ammiak va fenoi
bilan ifloslanish darajasi dinamikasi keltirilgan. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari esa
havoni yuqori bo'lmagan darajada ifloslantiradi.
Sanoat obyektlarida atmosfera havosini yuqori darajada ifloslanti-rishga asosiy sabab,
ifloslantirishni karnaytiruvchi texnologiyalarining eskirib qolganligini va samarasizligi yoki
umuman qo'llartmasligidir. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyalari zamonaviy
talablarga javob bermaydi va modernizatsiyalashtirish yoki almashtirishga muhtoj.
Ko'chma manbalarning atmosfera havosini ifloslantirishi: Respublikaning
atmosfera havosini ifloslantirishda ko'chma manbalarning tashlamalari asosiy manba bo'lib
qolmoqda. 2010-yilda ko'chma manbalar tashla-malar miqdori umumiy hajmidagi
ifloslantiruvchi moddalarda tashlamalarning 67% ini yoki 1310,9 ming tonnani tashkil etdi.
Ko'chma manba tashlamalari bilan ko'proq, ya'ni 80%dan ortiqroq iflos-langan shaharlarga
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona kiradi. 1996-yildan 2001-yilgacha bo'lgan davr
ichida ifloslan-tiruvchi modda tash-lamalarining 1316 ming tonnadan 1593 ming tonnaga
ortishi kuzatildi, bu shaxsiy avtomobil transporti sonining o'sishi bilan bog'iiq bo'lgan. 2001-
yildan boshlab, avtotransportdan ifloslantiruvchi modda tashlamalarning har yili o'rtacha 3—
5% ga pasayishi kuzatilmoqda.
Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishini kuzatish: Hozirgi kunda
avtotransportlar havo atmosferasini eng ifloslantiruv-chi manbalardan biri hisoblanadi.
Atmosferaga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori
avtorriobiilar soni, ko'cha harakatining
tuzilishiga, avtomobil magistral yo'llarining joylashiga, ular foydalanadigan yoqilg'i turlari va
boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Benzin bilan yuradigan avtomobillar havo issiq paytlarda uglevodorod bug'larini
tashlaydi. Mana shu zaharli bug'larning oldini olish uchun uzluksiz mashina dvigatellarining
zaharli gaz tashlanmasi tekshi-rilib turadi. Tekshirishlar natijasi havoga tashlanayotgan toksik
gazlar miqdori yuqori ekanligini ko'rsatsa o'sha mashinani ishlatishga ruxsat berilmaydi.