Respublikamizda axoli zichligining kursatkichi 1980 yildagi bir kvadrat kilometrga
35,6 kishidan 2002 yilga kelib 55,8 kishigacha ortdi. Axoli sonining ortib borish sur‘atlarini
xisobga olib, 2010 yilda respublika axolisi 28,5-28,7 million kishini tashkil etishi taxmin
qilinmoqda.
Adirli xudud (quruq mintaqa) sharoitlarida, aҳoli soni o‗sishi bilan antropogen ta‘sir
(suvga va xayot uchun zarur bo‗lgan boshqa vositalarga nisbatan extiyojning o‗sishi) ortadi.
Bu respublikamiz axoli zich yashaydigan xududlarida qo‗shimcha ekologik, iqtisodiy va
ijtimoiy muammoni keltiradi.
O‗zbekiston xududida iqlimning global va mintaqaviy o‗zgarishining oqibatlarini
baxolash 2030 yillarga kelib, shimoliy xududlarda o‗rtacha yillik xaroratning 2-3 darajaga va
respublika janubiy qismida 1 darajaga o‗sishi kutilmoqda (tog‗li xududlarga kamroq ta‘sir
kursatilishi mumkin).
O‗zbekistonning barcha xududlarida yog‗ingarchiliklar miqdori ko‗payishi
kutilmoqda: Fargona vodiysida 5-15 foizgacha, respublikamizning shimoliy qismida esa -15-
20 foizgacha. Iqlimning o‗zgarishi suv yuzasidan bug‗lanish xisobiga 10-15 foizga va
o‗simliklar transpiratsiyasi xisobiga 10-20 foizga suv yo‗qotilishi miqdorining ortishiga olib
keladi. Bu esa suvdan foydalanishning o‗sishi bilan suv iste‘mol qilinishini o‗rtacha 18 foizga
o‗sishiga olib keladi. Samarali xarorat yig‗indisining 5-10 foizga o‗sishi va sovuq bo‗lmagan
davrning davomiyligi 8-15 kunga ortishi sababli qishloq xo‗jalik ekinlariga ishlov berish
agroiqlim sharoitlari o‗zgaradi.
SHu bilan birga, noqulay yozgi davr 1-3 un kunlikkacha ortib, bu paxta va yaylovlar
maxsuldorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
―Biz 20-25 yil mobaynida jaxondagi eng yirik yopiq suv xavzalaridan birining
yo‗qolib borishiga guvox, bo‗lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‗z o‗ngida butun bir dengiz
xalok bo‗lgan xol xali ro‗y bergan emas edi‖.
So‗ngi 40-45 yil davomida dengiz satxi 22,0 metrdan ko‗proqqa pasaydi, akvatoriya
maydoni 3,8 barobardan ortiq kamaydi, suv xajmi 1064 dan 115 kilometr kubgacha pasaydi,
suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga etdi. Orol dengizi deyarli ―o‗lik‖ dengizga aylandi. Uning qurib
qolgan qismining maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etdi va yaqin atrofga qumli tuzlar
tarqatish manbai bo‗lib qoldi. CHang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 kilometr va kengligi
40 kilometrga etmoqda. CHangli bo‗ronlar ta‘sir doirasi 300 kilometrni qamrab olmoqda.
Xar yili bu erda atmosferaga 15 dan 75 million tonnagacha chang ko‗tariladi. Utgan
asrning 80-yillaridan boshlab, bunday bo‗ronlar yiliga 90 kunlab kuzatiladi.
Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida erlarning tabiiy xolati buzilib,
cho‗lga aylanish sur‘atlari o‗sib bormoqda.
Orol dengizining qurib borishi sababli kelib chiqishi va oqibatlari darajasi bo‗yicha
xalqaro xususiyatdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar majmuasi yuzaga keldi.
―Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan
biridir. Dengiz xavzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta‘sirida qoldi‖.
Markaziy Osiyo xududi xavfli tabiiy jarayonlar va xodisalar keng doirasining ta‘siri
ostida qolib, ularning orasida eng katta xavf tug‗diruvchilari - zilzilalar, suv toshqinlari, sel
oqimlari va er ko‗chishi xisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi xududining iqlimi va geologik
xususiyatlari xamda xalq xo‗jalik tarmoqlarining infratuzilmasi favqulotda xolatlar yuzaga
kelishining yuqori darajadagi extimolliklariga (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi yirik
baxtsiz xodisalar va falokatlar) sabab bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi xududining iqlimi va geologik xususiyatlari xamda
iqtisodiyot soxalarining infratuzilmasi favqulotda xolatlar yuzaga kelishida yuqori
extimollikka sabab bo‗lmoqda (tabiiy ofatlar, yirik ishlab chqarish avariyalari va xalokatlar).
O‗zbekiston Respublikasining yarmidan ziyod xududlari seysmik jixdtdan faol xududlarda
joylashgan, bu erlarda MSK-64 xalqaro shkalasi bo‗yicha 7-9 ballik kuchga teng er
silkinishlari sodir bo‗lishi mumkin. Mazkur xududlarda 16 million axoli yashaydi (respublika
axolisining 64%). Sanoat saloxiyatining 87,5% jamlangan. Lekin shu bilan birga oxirgi 15-20
yillar davomida ma‘lum seysmik osudalik kuzatilmokda. Bu esa ortiqcha seysmik
energiyaning tuplanishi bilan ifodalanuvchi xavotirli belgi xisoblanadi. 1996 yil oxiri va 1997
yil boshidan boshlab O‗zbekiston va respublikamizga qo‗shni bo‗lgan davlatlar (Qozog‗iston,
Qirg‗iziston, shimoliy-g‗arbiy Xitoy, Afg‗oniston, shimoliy Eron, Turkiya) xududlarida
seysmik faollashish davri boshlandi. 1998 yil fevral oyida shimoliy Afg‗oniston xududining
Xindikush tizmalarida zilzila markazida 8-9 ballga tent kuchli er silkinishi sodir bo‗ldi.
Janubiy Osiyo, Osiyo - Tinch okeani mintaqasining bir qator mamlakatlarida yadro qurollari
sinovlari qayta boshlanishi mumkinligi xam tashvishli xol bo‗lib, ular xam Markaziy Osiyoda
er silkinishini keltirib chiqarishi mumkin.
CHorvoq, Andijon (O‗zbekiston), Toktogul (Qirg‗iston) Qayrokum (Tojikiston),
Kattako‗rg‗on, janubiy Surxon suv omborlari to‗g‗onlarining shikastlanish extimoli ayniqsa
xavotirli vaziyatlarni yuzaga keltirishi va buning oqibatida respublika xududida suv bosish
xududlari paydo bo‗lishi mumkin. Tojikiston tog‗larida Usoy uyumi natijasida yuzaga kelgan
Sarez ko‗li aloxida xavfli xisoblanadi (xajmi -16,6 km
2
). Agar bu uyum to‗sig‗i yorib o‗tilsa
Bartog, Panj va Amudaryo daryolar vodiylarida xalokatli toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari Respublikada eng xavfli er ko‗chish
xududlari xisoblanadi.
Tog‗lar o‗ramidagi Farg‗ona vodiysida ko‗chkilar asosan adirlarni o‗zlashtirish bilan
bog‗liq, Samarqand viloyatining ba‘zi xududlarida xam ko‗chkilar kuzatildi.
O‗zbekiston Respublikasining tog‗ yon bag‗ri xududlarining deyari barchasi sel xavfi
bor xududlar xisoblanadi. Fargona vodiysi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sel xavfi
kuchli xududlar xisoblanadi. Qorlar jadal eriy boshlaydigan, uzoq vaqt davom etadigan
yomg‗irlar davri - aprel-iyun oylarida sellar yuzaga kelish faollashuvi kuzatiladi.
SHunga qaramay xozirgi vaqtda respublikada atigi 5 ta sel omborlari faoliyat yuritmoqda.
Markaziy Osiyoda XXI asrda suv manbalarining cheklanganligi sababli vaziyatning
keskinlashishi mumkin. Suv manbalari bilan ta‘minlanish borasida O‗zbekiston eng noqulay
tabiiy sharoitlarda qolgan. Markaziy Osiyo gidrografik tarmog‗i suv manbalari ob‘ektlarining
notekis taqsimlanishiga ega. Sirdaryo daryosi o‗zani bo‗yicha ko‗p yillik o‗rtacha daryo oqimi
yiliga 37,9 km
3
tashkil etadi. SHu bilan birga ko‗p yillar davomida o‗rtacha Qirg‗izistonda
yiliga 28,0 km
3
(73,8%), O‗zbekistonda - 5,59 km
3
(14,8%) va Qozog‗istonda - 4,08 km
3
(10,8) daryo resurslari shakllanadi. Amudaryo basseyni bo‗yicha o‗rtacha ko‗p yillik resurslar
78 km
3
dan ortiqni tashkil etadi, ulardan 62,9 km
3
(80% dan ortigi) Tojikiston xududida
shakllanadi, O‗zbekistonda esa faqatgina 4,7 km
3
(6%) qismi tarkib topadi.
Amudaryo suvlarini burish yo‗li bilan shimoliy Afg‗onistonning daryo bo‗yi
xududlariga suv chiqarish loyixasini amalga oshirish qo‗shni mamlakatlar, birinchi navbatda
O‗zbekiston va Turkmanistonning xo‗jalik manfaatlariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, cheklangan
suv resurslaridan foydalanish uchun tortishuvlarda vaziyatni keskinlashtiradi.
Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‗zbekistonda cho‗lga aylanish jarayonlari aloxida
tashvishli xolatdir. Bu faqatgina cho‗l xududlarining kengayib borishidagina emas, balki
Dostları ilə paylaş: |