texnikaning eng sunggi yutuklaridan foydalanib kurish samarali natijalar beradi. Tabiiy
boyliklarni tejash, xalk xujaligining yonilgi, energiya, xom ashyo va materiallarga bulgan
ortib boruvchi extiyojini kanoatlantirishda xal etuvchi omil xisoblanadi.
Bizning nazarimizda, atrof-muxitni ximoya etish va tabiiy resurslarni tiklash
masalasida kuyidagilar e‘tiborga olinishi kerak:
Maxaliiy va global ekoloik manitoring, ya‘ni atrof-muxitning muxim xarakteristkalari
xolatini, suv, tuprok, atmosferadagi zararli moddalarning konsentratsiyasini nazorat kilish
va ulchash;
Urmonlarni
tiklash va yongin, zararkundalar,
kasalliklardan muxofaza kilish;
Kurikxonalar, etalon ekotizimlar, bebaxo tabiiy majmuilarni kengaytirish va ular sonini
kupaytirish;
Usimlik va xayvonlarning noyob turlarini
saklash xamda kupaytirish;
Axolining ekologik ma‘rifati va madaniyatini yuksaltirish;
Tabiatga yangicha munosabatni shakllantirish buyicha inson faoliyatining barcha
soxalarida faol ishlar olib borish, tabiatdan okilona foydalanish va tabiatni asrash
texnoloiyasini ishlab chikishgina bugungi kundagi ekologik muammolarni xal etishga
kolaversa, tabiat bilan uygun munosabatda bulishga kumaklashadi.
Ekologik ekspertiza – bu geografik muxitning biologik kismiga ta‘sirini baxolashdir.
Ekspertiza ilmiy tekshirish yoki loyixalash institutlari tomonidan taklif kilinayotgan
loyixalarni urganish va ularni amalga oshirish maksadga kanchalik muvofik ekanligini
aniklab, chukur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jaryonida korxonaning atrof
muxitga, odamlarning sogligiga ta‘sir kilishi jiddiy e‘tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi:davlat ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik
ekspertizasi, vazirliklar ekspertizasi va boshkalar. Ekspertiza Uzbekiston Respublikasi
Tabiatni muxofaza kilish Davlat Kumitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur kumitada ekologik-
geografik ekspertiza boshkarmasi faoliyat kursatadi. Taklif kilinayotgan loyixaning mazmuni,
kanday tadbirlar amalga oshirilishiga karab, shu soxaning etakchi mutaxassislari u bilan
tanishib chikib, uz muloxazalarini bildiradilar. Masalan, tog daryolarida yirik suv ombori
kurilishi loyixasi ekspertizaga topshirilgan bulsa, u xolda muxandis-gidrotexniklar,
gidrologlar,
gidrobiologlar,
ekologlar,
geograflar,
urmonchilar,
iktisodchilar,
xukukshunoslardan iborat gurux tashkil kilinadi va ular loyixa buyicha uzlarining takliflarini
tayyorlaydilar.
80-yillarga kadar Uzbekistonda kurilgan sanoat korxonalari ekologik-geografik
ekspertizadan rasmiy ravishda deyarli utkazilmagan. Albatta, korxona biror joyga kurilishi
lozim topilganda usha joyning muxandis-geologik, gidrogeologik va gidrologik sharoitlari
birmuncha xisobga olingan, lekin korxona keltiradigan zararli okibatlar deyarli xisobga
olinmagan. SHuning uchun axoli zich yashaydigan CHirchik, Oxangaron, Fargona
vodiylarida sanoat korxonalarining salbiy ta‘siri tufayli atmosfera xavosi va suv xavzalari
boshka rayonlarga nisbatan kuprok ifloslangan.
Endilikda, ayniksa, Uzbekiston mustakillikka erishgandan sung, yangi sanoat
korxonalari ekologik me‘yorlarga mos xolda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab
chikarayotgan maxsulotlar, atrof muxitga chikarilayotgan chikindilar masalasi atroflicha taxlil
kilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib koluvchi, ularni
tozalovchi zamonaviy moslamalarni urnatishga katta axamiyat berilmokda.
O‗zbekistan Respublikasining ekologik xavfeizligini ta‘minlash strategiyasi milliy
xavfsizlik Konsepsiyasi va O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ekologik
soxadagi shaxs, jamiyat va davlatning muxim xayotiy manfaatlaridan kelib chiqadi.
SHaxsning muxim xayotiy manfaatlariga quyidagilar kiradi:
• inson faoliyati, kishilar sog‗lig‗ini ximoya qilish uchun qulay ekologik shart-
sharoitlarni ta‘minlash.
Jamiyatning muxim xyotiy manfatlariga quyidagilar kiradi:
• barqaror ekologik vaziyatni yaratish, axoli salomatligini ta‘minlash, jismonan
rivojlangan avlodni shakllantirish.
Davlatning muxim xayotiy manfaatlariga kuyidagilar kiradi:
• barqaror rivojlanish, mintaqada ekologik vaziyatning barqarorligi, sog‗lom xayot
tarzini shakllantirish;
• iqtisodiyotning ustuvor soxalarida ilmiy-texnik rivojlanishning yuksak darajasini
ta‘minlash;
• milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O‗zbekistonning xavfsizlik va
xamkorlik bo‗yicha mintaqaviy va global tizimlariga va ularning tuzilmalariga uzviy ravishda
uyg‗unlashuvini ta‘minlash.
O‗zbekiston respublikasi ekologik-iqtisodiy siyosatining asosiy yo‗nalishlari
O‗zbekiston Respublikasi inson xuquqi va erkinligiga amal qilish, ijtimoiy va
ekologik yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish orqali dunyo xamjamiyatiga to‗la
xuquqli integratsiyalashishni ta‘minlovchi xuquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik
jamiyatini barpo etmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi
va xarakatlantiruvchi kuchi insonning barkamol rivojlanishi va farovon xayoti, shaxs
manfaatlarini amalga oshirish sharoitlari xamda amaliy mexanizmlarini yaratishdan iboratdir.
―Xalqaro xamjamiyat insonning nafaqat yashash xuquqi, balki tulaqonli va sog‗lom
turmush kechirishi uchun zarur mo‗‗tadil atrof-muxit sharoitlariga xam ega bo‗lgan
xuquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e‘tirof etgan. Ekologik xavfsizlik
kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muxim
muammolar jumlasiga kiradi‖.
Xalqaro xuquqiy tajribalar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik
xavfsizlikninng mukammal tizimini shaklantirish O‗zbekiston milliy xavfsizligini
ta‘minlashning asosiy shartlaridan biri xisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati konstitutsiya, qonunchilik,
O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, atrof-muxit va barqaror rivojlanish
bo‗yicha Rio-de-Janeyro va Yoxannesburg deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro
konvensiyalar va shartnomalardan xamda etakchi davlatlarning qonunchilik soxasidagi
tajribalaridan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari xisobga olingan xolda olib
boriladi.
O‗zbekiston, barcha sobiq ittifoq davlatlari kabi ishlab chiqarish uchun katta
miqdorda energiya va materiallar sarf etishni talab qiladigan, ma‘naviy eskirib ketgan va
atrof-muxitni ifloslantiradigan jixozlar va texnologiyalarga ega iqtisodiyotni meros qilib
olgan. Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida
makroiqtisodiy rejalashtirishning tabiatni muxofaza qilish siyosati bilan optimal
uyg‗unlashuvi va uning ijtimoiy xamda boshqa soxalarda yuritilayotgan siyosat bilan
xamoxang bo‗lishi eng muxim vazifa bo‗lib qoldi. Respublikamiz ekologik siyosati tabiatning
aloxida unsurlarini ximoya qilishdan ekotizimni umumiy ximoyalashga o‗tishga, inson