Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64

to‗g‗risidagi  212-sonli  qaror‖  e‘lon  qilingan  edi.  SHu  qarorga  binoan  O‗zbekiston 
Respublikasining  barcha  Oliy  va  o‗rta  maxsus  o‗quv  yurtlari  va  boshqa  tashkilotlar  2008-
2010  yillarda  ekologiya  va  barqaror  rivojlanishni  ta‘minlash  sohasidagi  ma‘rifiy  tizimni 
yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirish  dasturi  bo‗yicha  chora-tadbirlar  rejasini  ishlab 
chiqib amalga oshirmoqdalar. 
 
Prezidentimiz  I.Karimov  o‗zlarining  yozgan  16  ta  asarlarida  ayniqsa  ―YUksak 
ma‘naviyat  engilmas  kuch‖  asarlarida  respublikamizda  va  butun  dunyoda  sodir  bo‗layotgan 
ekologik holatni sabablarini ochib berganlar. Respublikada yashayotgan har-bir inson va yosh 
avlod  bizdagi  ekologik  muammolarni  yaxshi  bilishi  kerak.  Ekologik  ma‘naviyatni  yuqori 
ko‗tarish lozim. YOshlarni  ko‗proq tabiatni muhofaza qilishga va asrashga qaratmoq kerak. 
Qur‘onda  keltirilgan  6000  oyatdan  700  tasi  tabiatni  muhofaza  qilishga  qaratilgan.  Ekologik 
ta‘lim masalasiga befarq qaramaslik kerak, uni hayotga tez tadbiq qilishimiz lozim. (Bog‗cha, 
maktab,  litsey,  kollej,  institut).  Biz  ekologik  muvozanatni  buzganimiz  uchun  Orol  dengizi 
atrofida  qishloq  xo‗jaligida  yo‗l  qo‗yilgan  xatolar  dengizning  qurishi  olib  keldi,  bu  esa  o‗z 
navbatida  ana  shu  viloyatlardagi  aholi  yashash  sharoitlarining  yomonlashishiga  va  har  xil 
kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‗lmoqda. 
 
Tabiat  bilan  jamiyat  o‗rtasidagi  shu  sabablarning  buzilishi  har  xil  ekologik 
ziddiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Xususan  Amyodaryo  quyi  qismida  hosil  qilingan  ekologik 
fojia,  yana  har  xil  o‗ta  zaharli  moddalarning  dehqonchilikda  ishlatilishi,  daryo  suvlaridan 
to‗g‗ri  foydalanmaslik,  mineral  o‗g‗itlarning  noto‗g‗ri  va  me‘yoridan  yuqori  ishlatilishi, 
ko‗llarning qurishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi. 
 
Prezidentimiz  I.A.Karimov  ―Ekologiya  hozirgi  zamonning  keng  miqyosidagi  keskin 
ijtimoiy  muammolaridan  biridir.  Uni  hal  etish  barcha  xalqlarning  manfaatlariga  mos  bo‗lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‗p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga 
bog‗liqdir‖ deb ta‘kidlaganlar (O‗zbekiston XXI bo‗sag‗asida xavfsizlikka tahlil, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarlarida). 
 
Hozirgi kunga kelib atmosfera havosi chiqindilar bilan ifloslanishi jadal sur‘atlar bilan 
rivojlanib  bormoqda.  Atmosfera  havosining  zararli  gazlar,  chang,  qurum,  tumanlar  bilan 
ifloslanishi  o‗z  navbatida  insonlarda  allergiya,  pnevmaniya,  bronxial  astma  va  rak 
kasalliklarini  uyg‗otmoqda.  Ayrim  ma‘lumotlarga  qaraganda  Olmaliq,  Farg‗ona,  Navoiy  va 
Qo‗qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo‗yicha eng iflos 
havoli  shaharlar  guruhiga  kiradi.  CHirchiq  shahrida  qon  kasali  4,7  barobar,  endokrin  bezlar 
tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar ortganligi ma‘lum. 
 
Farg‗ona shahrida 1982-1988 yillar mobaynida nafas yo‗li kasalliklari juda oshganligi 
aniqlangan  edi.  Surxondaryo  viloyatining  Sariosiyo  xududiga  Tojikistonning  Mirzo 
Tursunzoda  shahrida  joylashgan  alyuminiy  zavodi  chiqindilarining  asorati  tufayli  bu  erda 
birqancha kasalliklar sodir bo‗lmoqda. 
 
Ayniqsa bolalar o‗rtasida qon va qon yaratuvchi a‘zolar, asab tizimi va sezish a‘zolari, 
suyak-mushak tizimi kasalliklari ancha ko‗paygan. 
 
Keltirilgan  ma‘lumotlardan  ko‗rinib  turibdiki,  alyuminiy  zavod  ishlab  tursa  atrof-
muhit,  tuproq  va  suv  ftorli  vodorodli,  ikki  oksidli  oltingugurt,  ikki  oksidli  azot,  benzopiren 
bilan  ancha  bug‗lanishga  sabab  bo‗ladi.  Bu  holat  esa  aholi  o‗rtasida  umumiy  kasallanishni 
ko‗payishiga olib kelayapti. 
 
Respublikamizda  sanoatning  va  kon-metallurgiya  kombinatlaridan  chiqadigan 
birikmalar,  neft  mahsulot  chiqindilari  mis,  xrom,  oltingugurt  va  boshqa  zaharli  moddalar 
oqova va daryo suvlariga tashlab yuborilmoqda. 


 
Ayniqsa,  jadal  sur‘atlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  qurilish  materiallari  ishlab 
chiqarish (sement zavodlari) atmosfera havosini ifloslanishiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. 
 
Respublikamizda  havoni  eng  zaharlovchi  man‘ba  avtomobil  transport  hisoblanadi. 
Ular  tarkibida  barcha  tirik  jonzodni  zaharlovchi  qo‗rg‗oshin  birikmalari  bor.  Toshkent 
atmosferasiga  avtomobil  gaz  chiqindilari  bilan  har  xil  ifloslantiruvchi  moddalar  tushadi. 
Keyingi  yillarda  O‗rta  Osiyo  sharoitida  qishloq  xo‗jalik  ancha  jadallashdi.  Ekin  maydonlar 
kengaydi. Tuproqqa solinadigan o‗g‗itlar miqdori oshib bormoqda. Mineral o‗g‗itlar, zaharli 
ximikatlarning  keng  qo‗llanilishi  tuproqda  va  keyinchalik  o‗simliklar  va  hayvonlardan 
olinadigan  mahsulotlarda  kadmiy,  qo‗rg‗oshin,  simob,  ftor  va  tabiiy  radionukleidlar 
miqdorining oshishiga olib kelmoqda. Sug‗oriladigan er maydonlarining kengayishi natijasida 
O‗rta  Osiyo  respublikalarida  ekologik  sharoitning  juda  murakkablashuviga  olib  keldi. 
Millionlab  gektar  erlar  sho‗rlandi  va  suv  tagida  qoldi,  oqova  suvlarning  ko‗payishi  sho‗r 
ko‗llarni  yuzaga  keltirdi.  Amudaryo  va  Sirdaryodan  rejasiz  tarzda  ko‗plab  suvni  olish 
ekologik  holatni  buzilishiga,  ya‘ni  Orol  dengizining  qurishiga  olib  keldi.  Qishloq  joylarda 
suvning tarkibi buzildi. Orol  bo‗yida Qoraqalpog‗iston,  Xorazm,  Toshkent  viloyatlarida suv 
ta‘minotida og‗ir vaziyat yuzaga keldi. 
 
O‗zbekistonda 4,5 mln.  ga sug‗oriladigan er mavjud,  shundan hozirgi  kunda 65%  er 
maydoni ma‘lum darajada sho‗rlangan, meliorativ holati yomonlashgan. Bu erlarni ekologik 
va melorativ holatini yaxshilash maqsadida xukumatimiz 130 milliard so‗m mablag‗ ajratdi. 
 
Ko‗p  zaharli  ximikatlar  ishlatilish  tufayli  tibbiy-sanitariya  holat  murakkablashdi, 
ichimlik suvning sifati yomonlashdi. 
 
Faqat O‗zbekiston Respublikasi xududida keyingi 10 yil mobaynida har yili chet elda 
foydalanish man qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6 ming tonnadan ortiq ishlatildi. 
Respublikaning  ochiq  suv  havzalarida  bakterial  va  kimyoviy  ifloslanish  ko‗paymoqda. 
Ayniqsa  kimyoviy  moddalar  bilan  ifloslanish  Surxondaryo  viloyatida  45,5%,  Buxoroda 
30,7%,  Xorazmda  22,5%  undan  tashqari  Toshkent  shahrida  36,4%  va  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasida  -  47,2%  ni  tashkil  qiladi.  Hozirgi  kunda  217  shahar  va  shahar  tipidagi 
punktlarda  69  kanalizatsiya  tizimi  mavjud.  Respublika  bo‗yicha  14%  aholi  kanalizatsiya 
xizmatidan foydalanadi.  
 
O‗rta  Osiyo  mintaqasi  ekologiya  tizimida  vujudga  kelayotgan  ijtimoiy  ekologik 
vaziyat  aholi  salomatligiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatmoqda.  Keyingi  15  yilda  faqat 
O‗zbekistonning  o‗zida  katta  yoshdagi  aholi  va  bolalar  orasida  kasallik  muntazam  o‗sib 
borgan. 
 
Tadqiqot  natijalari  shuni  ko‗rsatdiki,  ijtimoiy-ekologik  vaziyat  yaxshi  bo‗lmagan 
xududlar:  Orolbo‗yi,  Toshkent  viloyati,  Angren,  Buxoro,  Qo‗qon,  Navoiy,  Samarqand  kabi 
sanoati  rivojlangan  shaharlarda  kasalliklarga  chalinish  darajasi  eng  yuqori  ekan,  chunki  bu 
shaharlarning  atmosfera  havosida  ftoridlar,  qo‗rg‗oshin,  benz  (a)  parin,  oltingugurt  qo‗sh 
oksidi,  uglerod  va  azot  oksidlari,  xlor  va  ftorli  vodorodlar  va  chang  miqdori  ruxsat  etilgan 
chegaraviy miqdordan yuqoriligicha qolmoqda. 
 
Bugungi  kunda  O‗zbekiston  yirik  sanoat  va  agrar  mintaqaga  aylangan  bo‗lib, 
kelajakda  mashinasozlik,  energetika  kimyo,  gaz,  qurilish  va  oziq-ovqat  sanoati  transport 
majmuini yanada rivojlantirish ko‗zda tutilmoqda. 
 
Xolbuki,  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlantirilishi  respublika  ijtimoiy  ekologik 
tizimini holatiga muayyan darajada salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Buning oldini olish uchun: 
1.
 
Yirik  xududiy  sanoat  komplekslari  joylashgan  rayonlarda  tabiatni  muhofaza  qilish 
muamolarini hal qilish; 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə