yashaydigan xayot kechirish muxitining qulay jixatlarini kafolatlashga yo‗naltirilgan. Bunday
ekologik siyosatning amalga oshirilishi xalq xo‗jaligi majmui va umuman jamiyatning
barqaror rivojlanishi shartlaridan biri bo‗lib qolishi kerak. O‗zbekiston Respublikasining
ekologik siyosati natijalaridan biri inson salomatligi uchun yuqori darajadagi xavfga ega
xududlarda atrof-muxit sifatini yaxshilash va ekotizimni barqarorlashtirishdan iborat bo‗ldi.
Orol bo‗yida ekologik vaziyatning oqibatlarini bartaraf qilish bo‗yicha tadbirlar amalga
oshirilmoqda - kichik maxalliy suv xavzalari, ichimlik suvi bilan ta‘minlovchi suv
o‗tkazgichlarining qurilishi olib borilmoqda. Respublikamizda 1991 yildan boshlab
ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga tashlanish miqdori 1.95 barobar pasaydi,
ifloslangan oqava suvlari 2.0 barobarga kamaydi.
Pestitsidlardan foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 barobar qisqardi. Ekin
maydonlarida paxta ekishning kamaytirilishi xisobiga g‗alla va dukkakli, sabzavot va poliz,
kartoshka ekin maydonlari kengayib bormoqda.
Paxta ekiladigan maydonlar xozirgi kunda ancha qisqartirilgan va ekin
maydonlarining taxminan 40 foizini tashkil etadi. Milliy qo‗riqxonalar, bog‗lar va
ekomarkazlar rivojlantirilmoqda.
2005 yilda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 24
oktyabrdagi 469-sonli qarori bilan tasdiqlangan, mamlakatimiz ekologik siyosatini amalga
oshirishda asosiy strategik yunalish xisoblangan ―O‗zbekistonda 1999-2005 yillarda atrof-
muxitni muxofaza filish bo‗yicha xarakatlar dasturini‖ va 1999-2005 yillarga mo‗ljallangan
atrof-muxitni muxrfaza qilish bo‗yicha xududiy dasturlarni amalga oshirish muddati
yakunlandi. Joriy davr mobaynida ushbu dastur O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
tomonidan 1999 yil 11 noyabrida tasdiqlangan, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 20
oktyabrda qabul qilingan 469-sonli qarorini bajarish bo‗yicha chora-tadbirlar rejasiga binoan
amalga oshirildi.
2005 yil avgust xolati bo‗yicha 165 rejalashtirilgan tadbirlardan 136 tasi yoki 82,4%
bajarilgan, 25 tadbir bajarilmoqda (ulardan 6 tasini bajarish muddati tugallanmagan) va 4
tadbir bo‗yicha ishlar mablag‗, yo‗qligi sababli bajarilmayapti, umuman ko‗zda tutilgan
tadbir-choralarni qamrab olish 98,2% ni tashkil etadi.
Ushbu chora-tadbirlarni bajarish uchun 3,0 milliard sum, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln.
AKSH dollaridan ziyod mablag‗ o‗zlashtirildi. Ulardan: 863,2 mln.sum davlat byudjeti
mablag‗i; 1,5 mlrd, sumdan ko‗prog‗i - korxona va tashkilotlar mablag‗lari; grant asosidagi
investitsiyalar 571,6 mln. sumni, 11,3 mln. Evro va 9,6 mln. AKSH dollarini tashkil etdi
xamda 362,9 mln. sum tabiatni muxrfaza qilish jamg‗armalari mablag‗laridan iborat bo‗ldi.
Tadbirlarni bajarish natijasida atmosferaga ifloslangan moddalarning tashlanishi 2.1 ming
tonnadan ko‗proq kamaytirildi, etillashtirilgan benzin ishlab chiqarish ulushi -16,9% ni
tashkil
etdi (20% - ko‗zlangan edi), yuk tashish va engil avtomobillar uchun gaz balonli uskunalar
tayyorlandi va sinovdan o‗tkazildi, tarkibida simob mavjud bo‗lgan ishdan chiqqan
lampalarning 75% dan ortig‗i qayta ishlandi. Dasturni bajarish natijasida davlat tabiatni
muxrfaza qilish qo‗mitasi mutaxassislari, manfaatdor vazirliklar, idora va tashkilotlar bilan
birgalikda O‗zbekiston Respublikasining quyidagi beshta qonunlari: ―Ekologik ekspertiza
to‗g‗risida‖ (25.05.2000), ―Radiatsion xavfsizlik to‗g‗risida‖ (31.08.2000), ―Davlat
kadastrlari
to‗g‗risida‖ (15.12.2000), ―CHiqindilar to‗g‗risida‖ (05.04.2002), ―Muxofaza etiladigan tabiiy
xududlar to‗g‗risida‖ (13.12.2004), xamda O‗zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining
quyidagi 32ta qarorlari: ―O‗zbekiston respublikasi davlat byudjetining 2000 yil uchun asosiy
makroiqtisodiy kursatkichlari va parametrlarining prognozi to‗g‗risida‖ (554-sonli 31 dekabr