Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64

Inson  va  xayvonlar  uchun  xavfsiz  bo‗lgan  pestitsidlardan  foydalanib,  o‗simliklarni 
ximoyalash  umumiy  tizimini  tatbiq  etish  bo‗yicha  tadbirlar  ishlab  chiqildi  va  amalga 
oshirilmoqda.  
Biolaboratoriyalar va biofabrikalar tarmog‗i tashkil etildi xamda entomologik xizmati 
kuchaytirildi.  83  ta  yangi  biolaboratoriya  ishga  tushirildi  va  ularning  umumiy  soni  809  tani 
tashkil etdi. O‗simliklarni ximoya qilish birlashtirilgan tizimining viloyatlar sxemalari ishlab 
chiqildi.  O‗simliklarni  ximoya  qilish  birlashtirilgan  tizimi  bo‗yicha  2000-2005  yillarga 
mo‗ljallab  ishlab  chiqilgan  dasturlarga  binoan  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida  va 
viloyatlarda  2001-21003  yillarda  o‗simliklarni  ximoya  qilish  barcha  asosiy  turlari 
(agrokimyoviy  va  biologik)  qo‗llanildi.  3482,7  ming  gektar  maydonda  qishloq  xo‗jaligi 
zararkunandalariga  qarshi  kurash  bo‗yicha  profilaktik  ishlarini  o‗tkazish  uchun 
biolaboratoriyalar  tomonidan  4928,1  kg  trixogramma,  1431,9  million  dona  brakon  etkazib 
berildi. 
Yer osti suvlarining davlat kadastri olib borilmoqda. YOnilg‗i sifatini yaxshilash, shu 
jumladan benzindan qo‗rg‗oshinni ajratib olish bo‗yicha tadbirlar bajarilmoqda, yuk va engil 
avtomobillar  uchun  suyultirilgan  tabiiy  gazda  ishlovchi  gaz  ballon  uskunalarining  (GBU) 
tajriba namunalari ishlab chiqarildi va sinovdan o‗tkazildi. 
Samarkand,  Xiva,  Buxoro  shaxarlarining  tarixiy  yodgorliklar  joylashgan  xududlarida 
er  osti  suvlari  darajasini  nazorat  qilish  maqsadida  kuzatuv  quduqlar  tarmog‗i  yaratildi. 
Buxoroda  173  kuzatish  quduqlari  va  181  vertikal  drenaj  quduqlari  qurildi.  2005  yilning 
birinchi  yarmi  davomida  ular  yordamida  20,6  mln.  m
3
  er  osti  suvlari  chiqarildi,  bu  chora  er 
osti  suvlari  darajasini  o‗rtacha  2,15  m  darajasida  turishini  ta‘minlashga  imkon  berdi.  Biroq 
moddiy  mablag‗lar  yuqligi  sababli  Xiva  va  Samarqand  shaxarlarida  er  osti  suvlarining  talab 
etiladigan darajasini ta‘minlab turish bo‗yicha qiyinchiliklar mavjud. 
Amudaryo  deltasida  va  Orol  dengizi  qurigan  tubida  kichik  suv  xavzalarini  yaratish 
bo‗yicha loyixa-izlanish va umumiy qurilish ishlari o‗tkazildi, Orol dengizi qirg‗og‗i bo‗ylab 
va  Amudaryo  deltasida  kichik  maxalliy  suv  xavzalarini  yaratish  bo‗yicha  TIA  (texnik-
iqtisodiy asoslar) ishlab chiqildi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‗armasi (OQXJ) ajratgan 6,15 
mln.  AQSH  dollari  o‗zlashtirildi.  ―Mejdurechensk‖  suv  omborinint  shimoliy  dambasini, 
―Glavmyaso‖  kanaliga  beton  yon  tomon  suv  chiqarish  va  suv  tushirish  inshoatini  qurish 
bo‗yicha ishlar bajarilmoqda. 
Muxofaza  etiladigan  tabiiy  xududlar  Davlat  kadastrini  joriy  qilish  bo‗yicha  metodik 
ko‗rsatmalar  tasdiqlandi  xamda  ―Xayvonot  va  o‗simliklar  dunyosi  davlat  kadastrlarini  olib 
borish  tartibi  to‗g‗risida‖gi  Nizom  ishlab  chiqilib,  Vazirlar  Maxkamasining  2000  yil  5 
sentyabrdagi  343-sonli  qarori  bilan  tasdiqlandi.  SHu  asosda  170  dan  ortiq  uch  toifadagi 
ob‘ektlar bo‗yicha kadastr ma‘lumotlari to‗plandi. 
―Ma‘lumotlardan  foydalanish,  atrof-muxitga  taalluqli  qarorlar  qabul  qilish 
jarayonlarida  jamoatchilikning  ishtirok  etishi  va  shu  masalalar  bo‗yicha  qonuniy  xuquqi 
to‗g‗risida‖gi  BMT  EIK  Orxus  Konvensiyasiga  (1998)  O‗zbekistonning  qurilishi 
imkoniyatlariga doyr zarur materiallar tayyorlandi. 
Ozonni  buzuvchi  moddalar  (OBM)  o‗rnini  bosishni  boshqarish  bo‗yicha  ofis  o‗z 
faoliyatini  amalga  oshirmoqda.  Davlat  tabiatni  muxofaza  qilish  qo‗mitasi  va  UNEP 
memorandumiga  binoan  17  ming  AKSH  dollariga  teng  uskunalar  olindi  va  bojxona 
xizmatlariga etkazib berildi, bojxona xodimlarining o‗quvi tashkil etildi. 
Toshkent,  Andijon,  Navoiy,  Farg‗ona,  Uchquduq,  Buxoro  shaxarlarida  26  ta 
o‗qituvchi-instruktorlar  va  muzlatish  ishlari  bo‗yicha  25  ta  gurux  mutaxassislarni  o‗qitish 


amalga oshirildi. Jami 500 dan ortiq mutaxassis malaka oshirish bo‗yicha o‗qitildi. OBMlarni 
boshqarish bo‗yicha o‗quv anjomlari olinib, TDTU, Navoiy tog‗ kolleji, Qarshi muxandislik-
iqtisodiy  va  Toshkent  kimyo-texnologiya  institutlariga  etkazib  berildi.  1,1  mln.  AKSH 
dollariga teng mablag‗i xisobiga XFU-12 xladagentlarni retsirkulyasiya qilish va ajratib olish 
bo‗yicha uskunalar sotib olindi va 101ta korxonaga taqsimlandi. 
Iqlim  o‗zgarishi  xaqida  Milliy  ma‘ruza  tayyorlandi  va  u  iqlim  o‗zgarishi  bo‗yicha 
Milliy Komissiya tomonidan tasdiqdandi. 
Parnik  gazlari  emissiyasini  kamaytirish  bo‗yicha  milliy  strategiya  loyixasi  ishlab 
chiqildi  va  9.10.2000  yilda  Vazirlar  Maxkamasi  tomonidan  389-sonli  qaror  qabul  qilindi. 
Milliy  strategiyani  amalga  oshirish  maqsadlarida  xalq  xo‗jaligi  turli  soxalari  bo‗yicha  12  ta 
loyixa tayyorlandi va moliyalashtirish uchun Jaxon Banki, Global ekologik jamg‗armasiga va 
boshqa xalqaro tashkilotlarga yuborildi. CHo‗lga aylanish bilan kurashish bo‗yicha xarakatlar 
Milliy  dasturi  ishlab  chiqilib,  belgilangan  tartibda  muvofiqlashtirildi  va  tasdiqlandi,  mazkur 
dastur  cho‗lga  aylanish  bilan  kurashish  bo‗yicha  BMT  Konvensiyasining  kotabiyati 
tomonidan ma‘qullandi. 
Biologik  xilma-xillikni  saqlab  qolish  bo‗yicha  Milliy  strategiyani  va  xarakatlar 
rejasini  amalga  oshirish  uchun  ―Muxrfaza  etiladigan  tabiiy  xududlarni  rivojlantirish  va 
joylashtirish Bosh sxemasi‖ ishlab chiqildi va uni tatbiq etish amalga oshirilmoqda. 
―Nurota-Qizilqum  biosfera  rezervatlarini  yaratish‖  loyixasi  amalga  oshirilmoqda, 
biosfera  rezervatlari  chegaralari  belgilandi  va  uning  xududlarini  zonalashtirish  o‗tkazildi. 
Qozog‗iston,  Qirg‗iziston  va  O‗zbekiston  xududlarida  G‗arbiy  Tyan-SHanda  bioxilma-
xillikni saqlab qolish bo‗yicha transchegaraviy loyixa amalga oshirilmoqda. 
G‗arbiy  Tyan-SHan  xududlarida  noyob  va  iqtisodiy  axamiyatga  ega  xayvonlar  va 
o‗simliklar  turkumlarining  kam  uchraydigan  va  endemik  turlari  aniqdandi.  O‗simliklarning 
noyob va endemik turlarini saqlab qolish bo‗yicha ishlar amalga oshirildi. 
Bajarish  muddati  tugagan  17  ta  tadbirni  amalga  oshirish  ishlari  davom  ettirilmoqda. 
Toshkent shaxrida 358ta jixozlangan va 752 uskunalar bilan jixrzlanmagan chiqindi to‗plash 
maydonchalari qurildi va ishlab turibdi. 
 
3. Ta‘lim va tarbiya konsepsiyasi.
 
 
Keyingi  davrlarda  -  fan  va  texnika  yutuqlariga  asoslangan  insoniyatning  tabiatga 
ko‗rsatgan  ta‘siri  nihoyatda  kuchaygan  bir  paytda  tabiatni,  undagi  ekologik  muvozanatni 
asrash  nihoyatda  muhim  muammolardan  biri  hisoblanadi.  SHuning  uchun  ham  kelajak 
avlodni ekologik jihatdan savodli va etuk kishilar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida 
ekologik tushunchani shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir. 
 
Tabiat  muvozanatini  to‗g‗ri  tushunmaslik  natijasida  inson  o‗z  yashab  turgan  muhit 
tabiiy  holatning  o‗ta  buzilishiga  sababchi  bo‗lmoqda.  Tabiatni  muhofaza  qilish,  yoshlarni 
ekologik,  estetik,  ma‘naviy  va  mehnat  bilimlarini  berish  bugungi  kunning  dolzarb 
masalalaridan  hisoblanadi.  Insonning  tabiatdagi  o‗rnini  aniq  belgilash  shart,  uning 
javobgarligini oshirish va hosil bo‗lgan yangi kuchlarini beosferani yaxshilashga yo‗naltirish 
kerak bo‗ladi. SHu narsani alohida qayd qilish kerakki, har bir odam o‗zi yashab turgan joyni 
kuzatabiladigan, uning tarixini, tarkibini, organik va mineral komponentlarini to‗liq o‗rgangan 
bo‗lishi  shartdir.  Bu  mas‘uliyatli  vazifani  bajarishda  o‗quvchilarga  va  barcha  yosh  avlodga 
berilayotgan ekologik ta‘lim tarbiyaning ahamiyati benihoya kattadir. 
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining  2008  yil  19  sentyabrdagi  ―2008-
2012  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasining  atrof  –  muhitni  muhofaza  qilish  ishlari  dasturi 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə