Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64

Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi 
eng ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi. 
Keyingi  yillarda  atmosfera  havosining  tozaligi  ustidan  nazoratining  kuchaytirilishi, 
havo  tozalagich  moslamalardan  ko‘plab  foydalanilishi,  ekologik  ongnimg  oshishi, 
mutaxassislar  mas‘ulyatining  oshishi,  ―Ekosan‖  Xalqaro  ekologik  va  salomatlik 
jamg‘armasining  faol  sa‘y-harakati  natijasida  O‘zbekiston  Respublikasida  bir  qancha  ijobiy 
siljishlar ro‘y bermoqda. 
Atmosferani ifloslantiruvchi 
Atmosfera havosini ifloslantirishga asosiy sababchi bo'lgan sanoat obyektlari Toshkent 
(42,7%),  Qashqadaryo  (14,6%),  Buxoro  (10.9%),  Navoiy  (8,1%),  Farg'ona  (6,8%) 
viloyatlarida jamiangan. Sanoat salo-hiyati energetika, (jolra va rangli metallurgiya, kimyo va 
neftkimyo  sanoati  (asosan,  o'g'itlar  ishlab  chiqarish),  gaz  sanoati,  neftni  qayta  ishlash 
zavodlari,  sement  va  -boshqa  qurilish  materiallari  ishlab  chiqaruvchi  korxonaJar 
obyektlaridan iborat. 
1999—2010-yillar  ifloslantiruvchi  modda  tashlamalarining  o'rtacha  5,5%  ga 
kamayishi  bilan  tavsiflanadi.  Respubiikada  statsionar  (turg'un)  manbalardan  tashlanadigan 
ifloslantiruvchi moddalar tendentsiyasi 9-rasmda keltirilgan. 
Davlat  statistik  hisoboti  ma'lumotlariga  ko'ra,  yiliga  yirik  kor-xonalardan  (IES  va 
IEM)  200  ming  tonnadan  ortiq  ifloslantiruvchi  moddalar  atmosferaga  chiqariladi.  Asosiy 
ifloslantiruvchi  moddalar  —  qattiq  chang  zarralari,  oltin-gugurt  dioksidi,  azot  oksidlari, 
uglerod oksidi, vannadiy besh oksidi va benzapiren hisoblanadi. Shu qatorda, IES va IEM lar 
tomo-nidan, eng ko'p rniqdorda  ya'ni,  tarmoq bo'yicha  —  57,6%ni,  res-pubJika bo'yicha esa 
—  44,  16%ni  tashkil  etuvchi,  121,38  ming  ton-na  oltingugurt  dioksidi  atmosferaga 
chiqariladi. 
IES  qozonlarida  yoqilg'ining  yonishi  natijasida,  ifloslantiruvchi  modda  tashlamalari 
qatorida,  respublika  bo'yicha  50%  atrofida,  bug'I  effektni  yuzaga  keltiruvchi  uglerod  ikki 
oksidi  ham  atmosferaga  tashlanadi.  Uglerod  dioksid  tashlamasining  hosil  bo'lish  miqdori, 
yon-diriladigan  yoqilg'i  massasida  qancha  bo'lish  miqdori,  yondiriladigan  yoqilg'i  massasida 
qancha  uglerod  saqlashi  va  ishlatilishiga  bog'liq.  2003-yil.dagi  240  ming  tonnaga  nisbatan 
2004-yilda uglerod dioksidi oshib, 2964 ming tonnani tashkil etdi. 
Neft va gaz sanoati:  O'zbekistonning neft-gaz sanoati og'ir sanoatning ulkan 
tarmoqlaridan biri hisoblanib, respublika energetikasini birlamchi yonilg'i resurslari bilan 
93% ga ta'minlaydi. 
Mustaqillik davrida suyuq uglevodorodlarni qazib olish deyarli 3 barobarga ortdi, bu 
neftni import qilishdan to'la voz kechishni va res-publikada yoqilg'i mustaqilligini ta'minladi. 
Buxoro,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  viloyatlarida  neft  va  gaz  qazib  olish  amalga 
oshirilyapti,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  hududidagi  Ustyurtda  gaz  konlarini  o'zlashtirish 
olib borilmoqda. 
Neft tarkibida oltingugurt birikmalarining miqdori ko'pligi (2,7% gacha) va tabiiy gaz 
va neftda toksik hamda zanglash-agressiv oltingugurt vodorodining aralashmalari mavjudligi 
respublikamiz  konlarini  ajratib  turuvchi  tabiiy  xususiyat  hisoblanadi,  .bu  dastlabki 
xomashyoni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. 
Metallurgiya: Metallurgiya sanoati tashlamalariga barcha turg'un  manba-lardan  
atmosferaga tashlanadigan tashlamalar umumiy miqdorining taxminan 15%i to'g'ri keladi. 
Tabiatni  muhofaza  qilish  bo'yicha  o'tkazilayotgan  chora-tadbirlarga  qaramay, 
«OTMK» OAJ respublikada atmosfera havosini ifloslantiruvchi yirik manba bo'lib qolmoqda. 
Respublika bo'yicha barcha  turg'un manbalar tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning 12% 
va  oltingugurt  dioksidining  26%i  ushbu  tashkilot  hisobiga  to'g'ri  keladi.  2004-yilda 
atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish hajmi 106,2 tonnani tashkil etdi. 
Ba'zi  yillarda,  Olmaliq  shahrida  atmosfera  havosini  oltingugurt  dioksidi  bilan 
ifloslantirish darajasi sanitariya-gigienik me'yorlardan 5 barobar oshgan. 
Kimyoviy ifloslantiruvchilar 


Kimyoviy  ishlab  chiqarish  va  texnika  taraqqiyoti  davrida  atmosfera  havosining 
ifloslanishi  Respublikaning  Olmaliq,  Chirchiq,  Farg‘ona  va  Navoiy  viloyatlarida  ayniqsa 
sezilarli  darajada  ortganligi  hech  kimga  sir  emas.  Birgina  Navoiy  viloyatida    atmosfera 
havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin. Ikki yuz mingga yaqin aholisi 
bo‘lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko‘plab sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatadi 
.  Ishlab  chiqarishning  texnologik  jarayonlarida  har  yili  637,6  ming  tonna  zararli  moddalar 
hosil bo‘lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi 
 Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qilib,  
tozalash  uskunalarining  ishlash  samaradorligi  92,9%  ga  tehgdir.  Tashlanadigan  zararli 
moddalarning  asosiy  miqdori  (94%)  yirik  sanoat  korxonalariga  to‘g‘ri  kelib,  bu  ko‘rsatkich 
o‘tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan.  
Navoiy  issiqlik  elektr  stansiyasi  korxonalarida  gaz  yoqishda  hosil  bo‘ladigan  azot 
oksidlarini  tozalash  inshootlarini  loyihalash  ko‘zda  tutilgan,  ammo  ushbu  moddalarning 
me‘yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik 
hajmi 2,5 million tonnadan oshiq bo‘lib, jami 43,5 million tonna chiqindilar to‘planib qolgan. 
Shundan  yiliga  62  ming  sanoat  chiqindisi,  46  ming  tonna  maishiy  chiqindilar  qayta 
ishlanmoqda.  Shuningdek,  viloyatda  24,7  ming  gektar  yerning  ustki  qatlam  strukturasi 
buzilgan  bo‘lib,  shundan  5,7  ming  gektar  yer  rekultivatsiyani  talab  qiladi.  Hozirgacha  2,1 
ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.  
Qurilish sanoati: Ohangaron, Navoiy, Bekobod, Buxorodagi qurilish va sement ish-
lab chiqarish, sanoati — asosiy chang chiqaruvchi manbalar hisobla-nadi. Atmosfera  
havosini chang  bilan ifloslanish darajasi sanitariya -gigienik me'yorlardan oshadi.  
Kimyo  sanoati:  Olmaliq,  Andijon,  Qo'qon,  Navoiy,  Farg'ona,  Chirchiq  va 
Samarqandda 
kimyo 
sanoati 
ob‘yektlarining 
tashlamalari, 
turg'un 
manbalardan         
tashlanayotgan tashlamalar umumiy hajmining bor-yo'g'i 3% ni tashkil etadi. 
 Asosiy  ifloslantiruvchi  moddalar  —  ammiak,  ftorli  vodorod,  azot  dioksidi  va  fenol 
bo‘lib,  quyida      Andijon,  Farg'ona,  Navoiy  shaharlarida  atmosfera  havosini  ammiak  va  fenoi 
bilan  ifloslanish  darajasi  dinamikasi  keltirilgan.  Oziq-ovqat  va  yengil  sanoat  tarmoqlari  esa 
havoni yuqori bo'lmagan darajada ifloslantiradi. 
Sanoat obyektlarida atmosfera havosini yuqori darajada ifloslanti-rishga asosiy sabab, 
ifloslantirishni  karnaytiruvchi  texnologiyalarining  eskirib  qolganligini  va  samarasizligi  yoki 
umuman  qo'llartmasligidir.  Bundan  tashqari,  ishlab  chiqarish  texnologiyalari  zamonaviy 
talablarga javob bermaydi va modernizatsiyalashtirish yoki almashtirishga muhtoj. 
Ko'chma  manbalarning  atmosfera  havosini  ifloslantirishi:  Respublikaning 
atmosfera  havosini  ifloslantirishda  ko'chma  manbalarning  tashlamalari  asosiy  manba  bo'lib 
qolmoqda.  2010-yilda  ko'chma  manbalar  tashla-malar  miqdori  umumiy  hajmidagi 
ifloslantiruvchi  moddalarda  tashlamalarning  67%  ini  yoki  1310,9  ming  tonnani  tashkil  etdi. 
Ko'chma  manba  tashlamalari  bilan  ko'proq,  ya'ni  80%dan  ortiqroq  iflos-langan  shaharlarga 
Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Farg'ona  kiradi.  1996-yildan  2001-yilgacha  bo'lgan  davr 
ichida  ifloslan-tiruvchi  modda  tash-lamalarining  1316  ming  tonnadan  1593  ming  tonnaga 
ortishi kuzatildi, bu shaxsiy avtomobil transporti sonining o'sishi bilan bog'iiq bo'lgan. 2001-
yildan boshlab, avtotransportdan ifloslantiruvchi modda tashlamalarning har yili o'rtacha 3—
5% ga pasayishi kuzatilmoqda. 
Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishini kuzatish: Hozirgi kunda 
avtotransportlar havo atmosferasini eng ifloslantiruv-chi manbalardan biri hisoblanadi. 
Atmosferaga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori avtorriobiilar soni, ko'cha harakatining 
tuzilishiga, avtomobil magistral yo'llarining joylashiga, ular foydalanadigan yoqilg'i turlari va 
boshqa omillarga bog'liq bo'ladi. 
Benzin  bilan  yuradigan  avtomobillar  havo  issiq  paytlarda  uglevodorod  bug'larini 
tashlaydi. Mana shu zaharli bug'larning oldini olish uchun uzluksiz mashina dvigatellarining 
zaharli gaz tashlanmasi tekshi-rilib turadi. Tekshirishlar natijasi havoga tashlanayotgan toksik 
gazlar miqdori yuqori ekanligini ko'rsatsa o'sha mashinani ishlatishga ruxsat berilmaydi. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə