Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarning



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə4/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarning

ishlash prinsiplari


Rele himoyasi va avtomatika qurilmalari shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejimlarning xarakterli belgilaridan foydalanib bajariladi. Masalan, qisqa tutashuvning xarakterli belgilari tokning ortishi va kuchlanishning pasayishidir. SHikastlangan elementni aniqlash usuli bo‘yicha himoyalar nisbiy va absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoyalarga bo‘linadi. Hisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoyalarga tok , yo‘naltirilgan tok va masofa himoyalari kiradi. Tokning o‘zgarishidan ta’sirlanib ishlaydigan himoyaga tok himoyasi deb ataladi. SHikastlanish vaqtidagi tokning yo‘nalishiga asosan ishlaydigan himoyaga yo‘naltirilgan tok himoyasi deb ataladi. Kuchlanish va tokning nisbatiga asosan ishlaydigan himoyaga masofa himoyasi deb ataladi. Kuchlanish o‘zgarishiga asosan ishlaydigan himoyaga kuchlanish himoyasi deyiladi. Asolyut tanlashga ega bo‘lgan himoyalar himoyalanayotgan ob’ektning kirishi va chiqishidagi (boshlanishi va so‘nggidagi) bir xil elektr kattaliklarini taqqoslashga asoslangan. Ularga ko‘ndalang va bo‘ylama differensial himoyalar kiradi. Avtomatik chastotaviy engillashtirish qurilmasi (ACHE) chastota o‘zgarishiga asosan ishlaydi. ACHE qurilmasi uchun kirish signali bo‘lib, asosan, chastotaga proporsional kuchlanish hisoblanadi. Avtomatik qayta ulash (AQU) va rezervni avtomatik ulash (RAU) qurilmalarining kirishlariga diskret signallar beriladi. Bu signallar rele himoyasining ishlaganligi va viklyuchatellarning holati to‘g‘risidagi informatsiyaga ega bo‘ladi.




RH va A qurilmalarining funksional qismlari


Himoya qurilmalarini bajarishning prinsiplari xilma-xildir. Lekin, ko‘pchilik hollarda ular avtonom bo‘ladi va himoyalanayotgan elementning tok va (yoki) kuchlanishlaridan foydalaniladigan qilib bajariladi.





K.3-rasm. Qisqa tutashuvlardan avtonom himoyaning umulashgan sxemasi

Umuman olganda himoyaning funksional sxemasi (K-3-rasm) quyidagi organlardan tashkil topgan bo‘ladi:



  • o‘lchash organi (O‘O) o‘lchovchi relelardan tashkil topgan bo‘lib, himoya qilinadigan ob’ektning holatini uzluksiz nazorat qiladi va himoya qurilmalarini ishga tushish va tushmaslik shartini o‘lchash o‘zgartkichlaridan (masalan, tok va kuchlanish transformatorlaridan) keladigan signal orqali aniqlaydi;

  • mantiqiy organ (MO) ma’lum bir shartni bajarish uchun O‘Odan olingan signalga asosan mantiqiy signal ishlab chiqadi va ijro organiga uzatadi;

  • ijro organi (IO) mantiqiy organ signali asosida himoya qilinadigan ob’ektni boshqarish signalini ishlab chiqadi va uni kommutatsiya apparatiga, masalan, viklyuchatelga uzatadi;

  • signal beruvchi organ. Signal beruvchi organga axborot MO va IO laridan kelishi mumkin. Ushbu organ normal bo‘lmagan rejimlar yuzaga kelganligi to‘g‘risid yoki himoya komplekti yoki uning ayrim qismlari ishlaganligi to‘g‘risida signal beradi;

  • ta’minlash manbasi himoyalarning mantiqiy organlarini va o‘lchash organlarini ham (masalan, yarim o‘tkazgichli elementlardan foydalanib bajarilgan himoyalarda) tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular ko‘pchilik hollarda ta’minlash bloklari ko‘rinishida tayyorlanadi va operativ tok manbasi bo‘lib hisoblanadi.




Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə