Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə8/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.1.2. Transreaktorlar


Elektr stansiyalar va sistemalar quvvatining ortishi natijasida qisqa tutashuv toklari va ularning davriy bo‘lmagan tashkil etuvchilarning so‘nish vaqt doimiysining ortishi o‘tish jarayoni vaqtida tok transformatorlarining to‘yinishi, birlamchi tok transformatsiyasining buzilish va rele himoyasining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. To‘yinishni kamaytirish uchun transreaktorlardan, ya’ni magnit o‘zagida havoli oraliq bo‘lgan transformatorlardan foydalanish mumkin. Transreaktorning birlamchi cho‘lg‘ami xuddi tok transformatorlari singari birlamchi tok zanjiriga ketma - ket ulanadi (1.1-rasm ). Transreaktorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga katta yuklama qarshiligi ulanadi, ya’ni transreaktor tok transformatorlaridan farqli ravishda salt yurish rejimiga yaqin rejimda ishlaydi. Ikkilamchi tok juda kichik bo‘lganligi sababli F magnit oqimni faqat birlamchi - cho‘lg‘amning magnitlovchi kuchi I W hosil qiladi deb hisoblashimiz mumkin


F = I W / Rm


Transreaktorning ikkilamchi cho‘lg‘amida F1 oqim E2 E.YU.K ni hosil qiladi
e2=4,44 W1 F1m = K1 F1m=KI1.
Induksiya konuniga asosan E2 vektor F1 va I1 vektorlardan 90°ga farq qiladi, kompleks shaklda E=-jkI1. Havoli oraliq  ning mavjudligi transreaktor magnit o‘zagi magnit qarshiligi Rm ning katta bo‘lishiga va magnit oqim F1 ning kamayishiga olib keladi. Natijada magnit uzakning tuyinishi cheklanadi.



1.1-rasm. Transreaktor va uning vektor diagrammasi


1.1.3. Tez to‘yinuvchi tok transformatorlari


Differensial himoya davriy bo‘lmagan toklar ta’sirida noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Buning oldini olish uchun differensial rele tez to‘yinuvchi tok transformatori (TTT) orqali ulanadi. TTT ning parametrlari davriy bo‘lmagan toklarni o‘tkazmaydigan va sinusoidal (davriy) toklarni yaxshi o‘tkazadigan qilib tanlanadi. TTT ning birlamchi cho‘lg‘amidan tok o‘tganda (1.2-rasm, a) uning ikkilamchi cho‘lg‘amida induksiya konuniga asosan E2 e.yu.k. hosil bo‘ladi


E2=-dF/dt
Davriy bo‘lmagan tok Idb ta’sirida t vaqt ichida magnit oqimining o‘zgarishi ‑ Fdb juda kichik bo‘ladi. (3-rasm,b), ya’ni
E2=-dF/dt=0
Davriy (sinusoidal) tok Id ta’sirida magnit oqimining o‘zgarishi nisbatan katta, ya’ni davriy tok T T T orqali yaxshi transformatsiyalanadi. Natijada TTT orqali ulangan diferensial himoya qisqatutashuv toki tarkibida davriy bo‘lmagan tashkil etuvchilar bo‘lganda ishlamay turadi va ular so‘nib faqat davriy tashkil etuvchilar qolganda to‘g‘ri ishlaydi.



1.2-rasm. Tez to‘yinuvchi transformator va uning xarakteristikasi



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə