Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

1.4.
 
Bank ishi va uning davlat tomonidan 
 muvofiqlashtirilishi 
 
[15].
Banklar moliya tizimida mablag‘larni iste’molchilarning ta-
labi, ehtiyoji va imkoniyatiga ko‘ra kreditlar berish bilan shug‘ul-
lanadilar, shuningdek, faoliyatlarini tartibga solib turuvchi «O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa ko‘pgina me’yoriy hujjatlarga bo‘y-
sunishlari lozim. 
Yangi tashkil qilinayotgan har qanday bank O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy bankining ruxsatnomasisiz o‘z faoliyatini boshlay ol-
maydi. 
Banklar faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turish zaru-
riyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
1.
Banklar jamoatchilik mablag‘larining eng ishonchli saqlanadigan 
joyidir. Lekin o‘z mablag‘larini saqlash xohishiga ega bo‘lganlarning 
ko‘pchiligi bankning ishonchliligini baholashda va moliyaviy masala-
larda yetarli ma’lumotga ega emaslar. Shu tufayli, banklar faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi organlar banklar moliyaviy holatini tahlil qilish 
uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plashga mas’uldirlar. Bu 
bilan ular omonatchilarni himoya qilib, ularning moddiy zarar ko‘rish-
larining oldini oladilar. 
2.
Davlat tomonidan vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladigan taftish-
lar natijasida bank mablag‘larining noqonuniy sarf qilinishi, firibgarlik, 
qalloblik, birovning haqiga xiyonat qilish va suiiste’molliklarning oldini 
oladilar. 
3.
Omonatchilar qo‘yilmalarining asosiy qismi qisqa muddatli de-
pozitlardan iborat bo‘ladi. Shu bilan birga, banklar yirik hajmdagi uzoq 
muddatli kredit berish va mablag‘larni investitsiyalarga yo‘nal-tirish bi-
lan ham shug‘ullanadilar. Bu o‘z navbatida banklarni o‘z omo-natchilari 
oldida juda ayanchli ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Bu o‘rin-da banklar 
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarishni ta’minlash 
zaruriyati yuzaga keladi. 
4.
Banklar arzon narxdagi depozitlarni kreditlarga yo‘naltirish bilan 
mamlakat iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadilar, chunki jamg‘a-
rilgan pul massalari iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, 
pul qadrsizlanishining oldini oladi yoki unga imkoniyat yaratib beradi. 
Shuning uchun nazorat organlarining muomaladagi pul hajmini nazorat 
qilishi o‘ta muhimdir. 


26
5.
Banklar xususiy shaxslarning iste’mol va investitsiya ehtiyoj-
larini qondirish uchun mablag‘larni kreditga beradilar. Banklarning bu 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish va tartibga solishning ahami-
yati shundaki, xususiy shaxslar manfaatlari himoya qilinadi va ularning 
hayot tarzi yaxshilanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bizning mam-
lakatda kishilarning yoshi, jinsi, millatiga va irqiga qarab kredit berish 
yoki bermaslikni hal qilish qattiq taqiqlangan. 
[16].
Nima uchun banklarning faoliyati davlat tomonidan qattiq na-
zorat qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, av-
valo, xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan joydir. 
Davlat banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali ha-
misha omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qi-
lishga va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan oqi-
batlardan saqlashga harakat qiladi. 
Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab korxo-
nalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy ahvolda 
qolishlari mumkin. 
Bankning operatsiyalari va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kredit-
larning sifati va miqdori, bank sarmoyasining yetarliligi, mijozlarga 
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati doimo nazoratchilar tomonidan 
puxta tekshiriladi. 
Banklar kreditlar berish yoki to‘sqinliksiz sarf qilinadigan depozitlar 
hisobiga o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirish yo‘li bilan pul 
ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli ham qattiq nazorat ostida 
bo‘ladilar. Hosil qilinayotgan pul miqdorining o‘zgarishi iqtisodiyot ho-
latiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni pul qadrsizlanishining kuchayganligi yoki 
ortganligi aniqlanadi. 
Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana bir sababi shuki, 
ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo‘l bilan 
iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar. 
[17].
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunla-
riga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahka-
masining qarorlariga, xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qo-
nunlarga amal qiladi. 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qo-


27
nun 1995-yil 21-dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonun esa 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan. 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonun 9 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 60 ta moddadan iborat. 
Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi va 
asosiy vazifalari, hisobdorligi, mustaqilligi, tashkiliy tuzilishi, hukumat 
organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruvning vakolat-
lari, pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tijorat banklarini qayta 
moliyaviy ta’minlash, valutani tartibga solish, bajaradigan operatsiyalar, 
majburiy zaxira talablari, banklarni nazorat qilish va ular faoliyatini 
tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga nisbatan qo‘llaydigan chora 
va sanksiyalar va banklar bilan o‘zaro munosabatlar belgilangan. 
Markaziy bank me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish 
huquqidan to‘liq foydalangan holda, bu yo‘nalishda o‘z faoliyatini juda 
faollashtirmoqda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimidagi banklar faoliyatini tartibga soluvchi huj-
jatlar to‘plami tayyorlangan bo‘lib, bu to‘plam Respublika banklarida 
bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, banklarni ro‘yxatga olish va ular-
ning faoliyatini litsenziyalash, banklarning chet el valutalari bilan bajar-
adigan operatsiyalari, hisob-kitoblarni amalga oshirish, faktoring, moli-
yaviy lizing, konsalting operatsiyalarini amalga oshirish, qimmatli qo-
g‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish tartiblari va boshqalarni o‘z ichiga 
oladi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun 6 bobdan va 44 
moddadan tashkil topgan. 
Bu qonunda bank faoliyatining subyektlari va ular faoliyatining 
huquqiy asosi, banklar operatsiyalari, banklarni tashkil qilish va tuga-
tish, banklarning mustaqilligi, davlat va banklarning mas’uliyatini che-
garalab qo‘yilishi, ularning pul mablag‘larini zaxiralash va umumiy 
iqtisodiy me’yorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari, bankka aloqador 
shaxslar bilan tuziladigan bitimlardagi chegaralar, banklarning hisobot 
va boshqa axborotlarni taqdim etish majburiyatlari, banklarning o‘z 
mijozlari oldidagi javobgarligi, banklarda hisob-kitob va ularni nazorat 
qilish tartiblari belgilangan. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, banklar 
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil qilinadi. Bank ustavida bankning 
(to‘la va qisqartirilgan) nomi va manzili, operatsiyalari ro‘yxati, bosh-
qaruv organlari, ularni tashkil qilish tartibi, bank auditini o‘tkazish tar-
tibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə