Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
Pul massasi
– bu muomalaga chiqarilgan metall tangalar va qog‘oz 
pullar (xazina va bank biletlari) ning jami miqdoridir.
Pul muvozanatiga ta’sir 
qiluvchi omillar
Pulga bo‘lgan talab 
Pul taklif qilish ko‘lami 


59
bajarish uchun mavjud bo‘lgan pul massasi, eng avvalo, bank sektori 
tomonidan taklif qilinadigan pulga va pulga bo‘lgan talabga, ya’ni no-
bank sektorning o‘z ixtiyorida muayyan pul massasining bo‘lishiga 
intilishi yoki talab qilib olinuvchi omonatlarga bog‘liq (11-chizma). 
Ko‘rib turibmizki, pul massasi oddiy tushuncha emas va u umumiy 
qabul qilingan tasavvurga mos kelmaydi. Odatda, kishilar pulni avvalo 
naqd mablag‘ – qog‘oz kupyuralar va mayda chaqa tangalar deb hisoblash-
ga o‘rganishgan. Aslida esa naqd pullarning umumiy pul massasidagi 
ulushi juda kam bo‘lib, korxonalar orasidagi, chakana savdodagi bitimlar-
ning asosiy qismi rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida bank hisobva-
raqlaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Mamlakatda rivojlanish va pul muomalasi barqarorligi darajasi 
bilan pul massasidagi naqd pul ulushini bir-biriga bevosita bog‘liq deb 
hisoblash mumkin. Masalan, AQSh va boshqa rivojlangan mamla-
katlarda bu ko‘rsatkich «VISA» kabi ilg‘or tizimlar qanchalik keng 
tarqalganiga qarab 5-10 foizdan oshmaydi. MDH davlatlarida va bizning 
respublikamizda, xususan, bu ulush darajasi 30 foizdan oshib, pul tizi-
mini moslashuvchanlikdan mahrum etgan va xilma-xil suiiste’mol-
liklarga nisbatan ta’sirchan qilib qo‘ygan. 
[45]
. Har bir pul tizimining asosiy tarkibiy qismlari tarixan shakl-
langan va tegishli mamlakatlarning qonun hujjatlarida rasmiy mustah-
kamlangan. Pul massasi tarkibi aktiv va passiv qismdan iborat (12-chiz-
ma). 
Bulardan tashqari, pul massasi bevosita xarid yoki to‘lov vositasi 
sifatida foydalanish mumkin bo‘lmagan tarkibiy qismlarni ham qamrab 
oladi. Bularga: 
– muddatli hisobvaraqlardagi, jamg‘arma omonatlardagi va tijorat 
banklaridagi depozit sertifikatlar 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə