Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-modda. Markaziy bankning pul belgilarini chiqarishdagi  vakolatlari.  34-modda



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

33-modda.
Markaziy bankning pul belgilarini chiqarishdagi 
vakolatlari. 
34-modda.
Pul belgilarini tayyorlash va saqlash. 
35-modda
. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga 
qo‘yiladigan talabla
r.
36- modda.
To‘lovlarni amalga oshirish. 
37- modda.
Shikastlangan pul belgilari. 
38- modda.
Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish. 
39- modda. 
Pul belgilarini muomaladan qaytarib olish. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov 
sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga 
chiqarishda mutlaq huquqqa ega (33-modda). Ularni qalbakilashtirish va 
noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka 
sabab bo‘ladi. 
Muomalada bo‘lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning 
qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’-


57
minlanadi. Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, 
yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini 
qoplamaydi. 
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, 
shuningdek, ularning dizaynini Oliy Majlisning Kengashi bilan kelish-
gan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalar dizayni Markaziy bankning 
mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va 
tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, 
ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. 
Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko‘ra bir nomi-
nal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz 
yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Muomaladagi pul belgi-
laridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar xususida mazkur Qonunning 
35-moddasida quyidagicha yozilgan: 
«Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O‘zbekis-
ton Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlariga yozil-
gan qiymati bo‘yicha qabul qilinish, shuningdek, hisobvaraq, omonatga 
o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir». 
Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi
muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek, bosma 
qoliplar va bo‘yoqlar saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, 
naqd pullarni saqlash, tashish va inkassa qilish, shuningdek, ularni yo‘q 
qilib yuborish qoidalarini belgilaydi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə