Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
16-chizma.
Markaziy bank tomonidan pul taklifining
boshqarilish chizmasi. 
Zaxiralar
Pul taklifi
Foiz 
stavkasi 
Barqaror baholar 
Past darajadagi 
ishsizlik 
YaIM ning real 
o‘sishi 
Bozor operatsiyalari 
Qayta moliyalashtirish 
stavkasi 
Talab qilinadigan 
zaxira darajasi 


68
Mazkur chizma asosida Markaziy bank pul taklifini nazorat qiladi 
va kreditlash shartlarini belgilab oladi. 
[48]

Pul bozori
– bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif 
ta’siri ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul 
bozorida pul tovarga o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan 
shu xususiyati bilan pul bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. 
Pul bozorida pul nominal foiz normasi birligiga ega bo‘lgan muqobil 
likvid vosita bilan almashinadi (2-grafik). 
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, taklif chizig‘i (Sm) vertikal to‘g‘ri 
chiziq shakliga ega. Buning sababi shundaki, Markaziy bank muoma-
ladagi pul massasini nazorat qiluvchi organ sifatida foiz stavkasining 
o‘zgarib turishidan qat’iy nazar pul taklifini o‘zgarmas darajada ushlab 
turishga harakat qiladi. Har qanday turdagi bozorga o‘xshab pul bozo-
rida ham talab va taklif chizig‘i bir-biri bilan kesishadi. Grafigimizda bu 
kesishish nuqtasi E bilan belgilangan bo‘lib, aholi va firmalar foiz stav-
kasi faqat 6,9 % bo‘lgan taqdirdagina o‘z ixtiyorlarida 150 mln. so‘mlik 
pulni saqlab turishlari mumkin. 
Foiz stavkasi nisbatan past bo‘lgan hollarda ular o‘z portfellaridagi 
pullar miqdorini ko‘paytirishga harakat qiladilar va shu orqali qimmatli 
qog‘ozlar bahosini pasaytirishga, foiz stavkasini oshirishga intilib, pul 
bozorida pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanatiga erishadilar va 
aksincha.
Nominal foiz stavkasi % 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə