Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

«arzon pullar» 
siyosatini
 
yoki pul-kredit siyosatida
 ekspansiyani 
qo‘llaydi. 
Pulga talabning oshishi 
“Arzon pullar”
yoki 
ekspansiya siyosatini yuritishga 
olib keladi 
Bunda odatda: 
– kreditlash ko‘lami kengayadi; 
– muomaladagi pul miqdorining o‘sishi ustidan nazorat susayadi; 
soliq stavkalari qisqaradi
– foiz stavkalari darajasi pasayadi. 
Pul taklif qilishning ko‘payishi uchun Markaziy bank tijorat 
banklaridagi ortiqcha zaxiralarning o‘sishi haqida qayg‘urishi kerak. 
Bunday holda qanday aniq chora-tadbirlar ko‘rilmog‘i kerak? 
Birinchidan
, ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish 
operatsiyalarini kengaytirish zarur
Ikkinchidan
, zaxiralash normasini shunday pasaytirish kerakki, bu 
hol o‘z-o‘zidan zarur zaxiralarni ortiqcha zaxiralar holatiga o‘tkazadi va 
pul mul’tiplikatorining miqdorini ko‘paytiradi; 
Uchinchidan
, tijorat banklarini Markaziy bankdan qarz olish 
vositasida o‘z zaxiralarini ko‘paytirishga undash uchun hisob stavkasini 
pasaytirish muhimdir. 
Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan bunday siyosiy qarorlar 
turkumi 
arzon pullar siyosati
deb ataladi. Bu siyosatni amalga 


72
oshirishdan maqsad jami xarajatlar hajmini va ish bilan bandlikni 
ko‘paytirish uchun kreditni arzon va oson olish mumkin bo‘ladigan qilib 
qo‘yishdan iborat. 
Iqtisodiyotdagi nomutanosibliklar kuchayib, inflatsiya darajasi 
yuqori bo‘lgan, chayqovchilik kengaygan bir sharoitda Markaziy bank 
pul massasini chegaralash yordamida konyunkturani «qizib ketishi»ning 
oldini olishga harakat qiladi. Bunda Markaziy bank quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshiradi: 
– tijorat banklarining zaxiralarini qirqish yo‘li bilan pul massasini 
qisqartirish uchun ochiq bozorda tijorat banklari va aholiga davlat qimmatli 
qog‘ozlarini sotish bo‘yicha operatsiyalar kengaytiriladi
– tijorat banklarini ortiqcha zaxiralardan o‘z-o‘zidan ozod qilish hamda 
pul multiplikatorini kamaytirish maqsadida zaxiralash me’yori oshiriladi; 
– tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olish vositasida o‘z 
zaxiralarini ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqishni kamaytirish maqsadida hisob 
stavkalari ko‘paytiriladi.
Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan bu chora-tadbirlar jami 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə