Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[52] .  Oltin andozasi (standarti)



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

[52]

Oltin andozasi (standarti) 
– bu pul tizimi bo‘lib, unda oltin 
umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydi va erkin zarb qilinadigan oltin 
tangalar yoki oltinga almashtiriladigan qiymat belgilari muomalada 
bo‘ladi. 
Oltin andozasi (standarti) quyidagi beshta iqtisodiy holatning 
namoyon bo‘lishini anglatadi: 
1.
Oltin tangalar muomalada bemalol harakatda bo‘ladi. 
2.
Pulning barcha vazifalarini oltin bajara oladi. 
3.
Oltin tangalar erkin zarb etiladi. 
4.
Qiymat belgilari oltinga bemalol almashtiriladi. 
5.
Jismoniy shaxslar va davlatlar o‘rtasida oltin cheklanmagan 
miqdorda harakat qila oladi. 
1976-yil 1 yanvardan boshlab Xalqaro valuta fondi tomonidan 


74
oltinning qat’iy belgilangan jahon bahosi bekor qilindi. Ungacha to‘la 
qiymatga ega oltin tangalar haqiqiy muomalada bo‘lar, qog‘oz pullar 
chiqarish esa Markaziy bank yoki xazinadagi markazlashtirilgan oltin 
zaxirasining miqdori bilan qonunan bog‘lab qo‘yilgan edi. 
Oltin andoza sharoitida pul muomalasini tartibga solish tizimi 
o‘zining ancha kam harakatliligi va moslanuvchan emasligi bilan ajralib 
turar edi. Pul chiqarish jarayoni mamlakat aholi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning pulga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji bilan emas, mamlakatga 
nodir metallarning kelish yoki mamlakatdan chiqib ketishi bilan mexa-
nik tarzda belgilanar edi. 
Oltin standart mexanizmining amal qilishi xalq xo‘jaligida pulning 
yetishmasligini kuchaytirar edi, chunki tanglik davrida mamlakatdan 
oltinning chiqib ketishi pul emissiyasiga ehtiyoj eng yuqori nuqtaga 
chiqqan ayni vaqtda muqarrar sur’atda keskin qisqarishiga olib kelar edi. 
Shunga qaramay, oltin andoza davridagi pul tizimi milliy pul 
birligining barqarorligini o‘z-o‘zidan ta’minlab turganligini qayd etish 
kerak. Bu barqarorlik quyidagicha ta’minlanar edi: 
Oltin andoza oltinning barqaror va qat’iy belgilab qo‘yilgan narxini 
taqozo etadi. Agar pul belgilarining soni haddan tashqari ko‘payib ketgan 
bo‘lsa, biroq oltinning narxi belgilab qo‘yilgan darajada qolaversa, mijozlar 
uchun «ortiqcha» pulga xazinadan nisbatan arzonlashgan oltinni sotib olish 
foydali edi va shu tariqa xazina ortiqcha pul belgilarini muomaladan 
chiqarib olar edi. 
Aksincha, pul belgilarining soni haddan tashqari kamayib, ular normal 
xo‘jalik aylanmasi uchun yetarli bo‘lmay qolganida oltinning narxi oshar va 
odamlar xazinaga o‘zlarining qimmatlashgan oltinlarini sotar edilar. 
1976-1978-yillarda Yamaykada to‘rtinchi jahon valuta tizimini 
yuzaga keltirish maqsadida o‘tkazilgan davlatlararo kelishuvga asosan 
oltinni demonetizatsiya qilish, ya’ni uning pulning barcha vazifalarini 
bajarishdan mahrum etishga qaror qilindi. Uning o‘rnini Markaziy 
banklarning pul siyosati tamoyillariga asoslangan murakkab va ko‘p 
bosqichli 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə