Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

«pulni boshqarish»
tizimi egalladi. 
[53]
. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonunning 40-moddasida valutani tartibga solish xususida quyidagilar 
yozilgan. 
Markaziy bank valutani tartibga solish va valutani nazorat qilish 
davlat organidir. Markaziy bank: 
– O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy 


75
bo‘lgan valutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi
– banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valutasida 
operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib 
oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi
– banklar uchun ochiq valuta mavqeyi limitlarini va boshqa iqtisodiy 
normativlarni belgilaydi; 
– milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini 
belgilaydi; 
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va 
boshqaradi. 
Markaziy bank o‘z nomidan yoki hukumat topshirig‘iga ko‘ra 
O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring 
(tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, xizmatlar uchun o‘zaro majburiyat 
talablarini, ya’ni bir-biriga beradigan pullarni hisobga olish bilan naqd 
pulsiz hisob-kitob qilish tizimi) muassasalari bilan kliring hamda to‘lov 
bitimlari, shuningdek, har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir (41-
modda). 
Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar 
quyidagilarni: 
– oltin va boshqa qimmatbaho metallarni; 
– naqd chet el valutasini; 
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va 
depozitlarda bo‘lgan chet el valutasi qoldiqlarini; 
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari 
chiqargan yoki kafolatlagan chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqar-
isida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro 
amaliyotga muvofiq chet el valutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish-
ga haqlidir (43-modda). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə