Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bank faoliyati uchun litsenziyalar berish



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Bank faoliyati uchun litsenziyalar berish
chog‘ida ustav kapitali 
to‘g‘ri tashkil etilganligi va uning manbalari, uning belgilangan 
talablarga muvofiqligi tekshiriladi, bank bajarishni nazarda tutayotgan 
bo‘lajak operatsiyalar doirasi, shuningdek, bankning maqsadi, vazifalari 
va strategiyasi aniqlanadi. 
Banklarning iqtisodiy normativlarga rioya qilishi ustidan 
nazoratni
nazorat organlari taqdim etilayotgan hisobotlarni tahlil qilish 
orqali amalga oshiradi. Belgilab qo‘yilgan normativlarga rioya qilinma-
ganda nazorat organlari iqtisodiy jazo choralarini qo‘llaydi.
Nazorat organlari tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni joylarda 
tekshiruv ishlarini tashkil etish yo‘li bilan olib boradi. Tekshiruvlar ikki 
xil bo‘lishi mumkin (18-chizma). 
18-chizma.
Banklarni tekshirish usullari. 
Kompleks tekshiruv
ko‘pi bilan 30 kun muddatda amalga oshi-
riladi va bankning barcha asosiy operatsiyalarini, operatsiya kunining 
o‘z vaqtida tugallanishini hamda kundalik balansning tuzilishini nazarda 
tutadi, hamma tijorat banklari ikki yilda kamida bir marta kompleks 
tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. 
Tanlab tekshirish
15 kungacha muddat bilan cheklangan va u bank 
faoliyatining ayrim (odatda, tartibbuzarlik ehtimol ko‘proq kutilgan) 
sohalarini qamrab oladi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma 3 
nusxada tuzilib, ularning har birini tekshiruv rahbari, tekshirilayotgan 
bankning rahbari va bosh buxgalteri hamda boshqa mansabdor shaxslar 
imzolaydi. Dalolatnoma nusxalaridan biri tekshirilayotgan bank rah-
bariyatiga topshiriladi.
Bankning majburiy-iqtisodiy normativlarga rioya etishi amaldagi 
Tekshiruv usullari 
Kompleks tekshirish 
Tanlab tekshirish 


79
qonun hujjatlari va iqtisodiy normativlarni hisoblab chiqish tartibi 
haqidagi ko‘rsatmalar asosida tekshiriladi. Banklar faoliyatiga qo‘yila-
digan yagona talablarning mavjudligi alohida olingan har bir bankning 
ham, butun bank tizimining ham barqaror va qat’iy ishlashi uchun 
sharoit yaratib berish imkonini tug‘diradi. 
[60]
. Bankning kredit portfeli qisqa muddatli, uzoq muddatli va 
muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha balans hisobvaraqlaridagi mablag‘-
larning qoldiqlaridan tashkil topadi. Bu majmua o‘zining mutlaq va 
nisbiy, ya’ni miqdoriy va sifat tomonlariga ega (19-chizma). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə